2-dars. Iqtisodiy tahlilning metodi va usullari
Download 48.69 Kb.
|
2-dars. Iqtisodiy tahlilning metodi va usullari-fayllar.org
2-dars. Iqtisodiy tahlilning metodi va usullari 2-DARS. IQTISODIY TAHLILNING METODI VA USULLARI 1. Iqtisodiy tahlil metodi, uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan usullar 2.1. Taqqoslash usuli 2.2 Nisbiy va o’rtacha miqdorlardan foydalanish 2.3 Iqtisodiy tahlilda guruhlash usuli 2.4 Iqtisodiy tahlilda balans usuli 2.5 Zanjirli o’rin almashtirish usuli 2.6. Mutlaq farqlar usuli 2.7. Nisbiy farqlar usuli 2.8. Indeks metodi 2.9. Korrelyatsion tahlil usullari 2.10. Integral usul va uning iqtisodiy tahlilda qo’llanishi 1. Iqtisodiy tahlil metodi, uning o’ziga xos xususiyatlari. Keng ma’noda metod – real voqelikni o’rganishdagi yondashuv uslubi, tabiat va jamiyatni tadqiq etish uslubi. Dialektika metodi umumiy tadqiqot metodi sanalib, birinchidan, barcha hodisalar o’zaro aloqadorlikda va o’zaro shartlangan tarzda o’rganilishi, ikkinchidan barcha hodisalar harakatda, o’zgarish va rivojlanishda o’rganilishini anglatadi. Dialektika har bir jarayon, har bir hodisani yaxlit va qarama-qarshiliklar kurashi sifatida ko’rib chiqishni uqtiradi. Bundan ichki qarama-qarshiliklarni, har bir hodisa, har bir jarayonning salbiy va ijobiy jihatlarini o’rganish zarurati kelib chiqadi. Bu ham tahlilning o’ziga xos qirralaridan biridir. Masalan, ilmiy texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi o’sishi, rentabellik va boshqa ko’rsatkichlar oshishida ijobiy natija beradi, lekin bunda uning atrof-muhitni ifloslantirish, ishsizlikning ortishi va boshqa salbiy jihatlarini ham hisobga olishimiz lozim. Tahlilda dialektik metoddan foydalanish korxonalar xo’jalik faoliyatini o’rganish barcha o’zaro aloqalarni hisobga olgan holda olib borilishi lozimligini anglatadi. Agar boshqalaridan ajratilgan holda ko’rib chiqilsa, hech bir hodisa to’g’ri tushunilishi mumkin emas. Ma’lumki, yangi texnika joriy qilinishi bilan ishlab chiqarish xarajatlari, demakki, mahsulot tannarxi ham ortadi. Lekin bunda mehnat unumdorligi o’sadi. Bu esa, o’z navbatida, mehnat haqini tejash va mahsulotlar tannarxini pasaytirishga imkon beradi. Demak, u yoki bu iqtisodiy hodisani tushunish va to’g’ri baholash uchun uning boshqa hodisalar bilan barcha o’zaro aloqadorligi va bog’liqligini o’rganish zarur. Bu tahlil metodining metodologik qirralaridan biri sanaladi. Tahlilning muhim metodologik jihatlaridan biri shuki, u nafaqat sabab-oqibat aloqalarini o’rnatishga, balki ularga miqdoriy tavsif berishga imkon beradi, ya’ni faoliyat natijasiga omillar ta’sirini aniqlashni ta’minlaydi. Bu iqtisodiyot holatini aniq baholab, uning natijalari bo’yicha xulosa hamda tavsiyalarni asoslashga imkon beradi. Tahlilda sabab aloqalarini o’rganish va o’lchashni induktsiya va deduktsiya metodi bilan amalga oshirish mumkin. Iqtisodiy tahlilda dialektik metoddan foydalanish har bir jarayon, har bir iqtisodiy hodisani tizim sifatida, o’zaro bog’liq ko’plab elementlarning majmui sifatida ko’rib chiqish lozimligini anglatadi. Bundan tahlil ob’ektlarini o’rganishga tizimli yondashuv zarurati kelib chiqadi, bu ham uning xarakterli jihatlaridan biri sanaladi. Tizimli yondashuv o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni elementlarga maksimal detallashtirish (xususiy tahlil), ularni tizimlashtirish va sintezni nazarda tutadi. Hodisalarni detallashtirish o’rganilayotgan ob’ektda eng muhim va asosiy jihatlarni aniqlash uchun zarur darajada olib boriladi. U ob’ekt va tahlil maqsadiga bog’liq bo’ladi. Shunday qilib, tahlil metodi korxonalar faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida reja ko’rsatkichlari tizimi, hisob, hisobot va boshqa axborot manbalarini maxsus usullar asosida qayta ishlash yo’li bilan korxonalar faoliyati natijalariga omillar ta’sirini tizimli, kompleks o’rganish, o’lchash va umumlashtirishni o’zida aks ettiradi. Tahlilda tadqiq etiladigan omillar turli alomatlari bo’yicha tasniflanishi mumkin, bu natijaviy ko’rsatkichlar miqdorini shakllantirishda har bir omilning o’rni va ahamiyatini aniqroq baholashga imkon beradi.
Download 48.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling