IQTISODIY TAHLIL METODI VA UNING XUSUSIYATLARI
REJA:
Iqtisodiy tahlil metodi, uning o‘ziga xos xususiyatlari
Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan usullar
Taqqoslash usuli
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va tarkibi
Iqtisodiy tahlilda guruhlash usuli
Iqtisodiy tahlil metodi, uning o‘ziga xos xususiyatlari
Keng ma’noda metod – real voqelikni o‘rganishdagi yondashuv
uslubi, tabiat va jamiyatni tadqiq etish uslubi. Dialektika metodi umumiy tadqiqot metodi sanalib, birinchidan, barcha hodisalar o‘zaro aloqadorlikda va o‘zaro shartlangan tarzda o‘rganilishi, ikkinchidan barcha hodisalar harakatda, o‘zgarish va rivojlanishda o‘rganilishini
anglatadi.
Dialektika har bir jarayon, har bir hodisani yaxlit va qaramaqarshiliklar
kurashi sifatida ko‘rib chiqishni uqtiradi. Bundan ichki qarama-qarshiliklarni, har bir hodisa, har bir jarayonning salbiy va
ijobiy jihatlarini o‘rganish zarurati kelib chiqadi. Bu ham tahlilning
o‘ziga xos qirralaridan biridir. Masalan, ilmiy texnika taraqqiyoti
mehnat unumdorligi o‘sishi, rentabellik va boshqa ko‘rsatkichlar oshishida ijobiy natija beradi, lekin bunda uning atrof-muhitni ifloslantirish, ishsizlikning ortishi va boshqa salbiy jihatlarini ham hisobga olishimiz lozim.
Tahlilda dialektik metoddan foydalanish korxonalar xo‘jalik
faoliyatini o‘rganish barcha o‘zaro aloqalarni hisobga olgan holda
olib borilishi lozimligini anglatadi. Agar boshqalaridan ajratilgan
holda ko‘rib chiqilsa, hech bir hodisa to‘g‘ri tushunilishi mumkin
emas. Ma’lumki, yangi texnika joriy qilinishi bilan ishlab chiqarish
xarajatlari, demakki, mahsulot tannarxi ham ortadi. Lekin bunda
mehnat unumdorligi o‘sadi. Bu esa, o‘z navbatida, mehnat haqini
tejash va mahsulotlar tannarxini pasaytirishga imkon beradi. Demak, u
yoki bu iqtisodiy hodisani tushunish va to‘g‘ri baholash uchun uning
boshqa hodisalar bilan barcha o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligini
o‘rganish zarur. Bu tahlil metodining metodologik qirralaridan biri
sanaladi.
Tahlilning muhim metodologik jihatlaridan biri shuki, u nafaqat
Do'stlaringiz bilan baham: |