Iqtisodiy tahlil metodi va uning xususiyatlari


murakkab (kompleks) va tarkibiy qismlarga ajratilmaydigan sodda


Download 93.5 Kb.
bet4/11
Sana17.02.2023
Hajmi93.5 Kb.
#1208795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
IQTISODIY TAHLIL METODI VA UNING XUSUSIYATLARI

murakkab (kompleks) va tarkibiy qismlarga ajratilmaydigan sodda
(elementli) turlarga ajratiladi. Murakkab omilga mehnat unumdorligini,
sodda omillarga hisobot davrida ish kunlari sonini misol sifatida
keltirish mumkin.
Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan usullar
Iqtisodiy tahlil jarayonida iqtisodiy axborotlarni analitik qayta ishlashda
qator o‘ziga xos usul va uslublar qo‘llaniladi. Iqtisodiy tahlilning
usullarini ikki guruhga ajratish mumkin: an’anaviy va matematik.
Birinchisiga shunday usullar kiritiladiki, ular iqtisodiy tahlil
maxsus bilimlarning ixtisoslashgan tarmog‘i sifatida, mustaqil o‘quv
kursi sifatida yuzaga kelgan vaqtdan boshlab qo‘llanilgan. Ko‘plab
matematik usullar keyinroq, iqtisodiyotda tezkor EHMlardan
foydalanish yo‘lga qo‘yilgan vaqtdan analitik ishlanmalar doirasiga
kirgan. Iqtisodiy tahlilning asosiy an’anaviy usul va uslublari sirasiga
mutlaq, nisbiy va o‘rtacha miqdorlardan foydalanish, taqqoslash,
guruhlash, balans metodi, zanjirli o‘rin almashtirish usuli, mutlaq va
23
nisbiy farqlar, indeks usullarini kiritish mumkin. U yoki bu
ko‘rsatkichlar, iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va vaziyatlar tahlili
mutlaq miqdorlardan (qiymat bo‘yicha yoki natural o‘lchovlarda ishlab
chiqarish hajmi, tovar aylanmasi hajmi, muomala xarajatlari va sarfxarajatlar
miqdori, foyda miqdori) foydalanishdan boshlanadi.
Buxgalteriya hisobi va statistikada bo‘lgani kabi tahlilda ham mutlaq
miqdorlarsiz ish yuritish mumkin emas. Lekin ular buxgalteriya
hisobida asosiy o‘lchagichlar hisoblansa, tahlilda ko‘pincha o‘rtacha va
nisbiy miqdorlarni hisoblash uchun baza sifatida foydalaniladi.
Nisbiy miqdorlar analitikligi, tuzilmaviy tartib ko‘rsatkichlarini
o‘rganishda ham yaxshi namoyon bo‘ladi. Jamining qismini jamining
butun olinganiga nisbatini aks ettirarkan, ular butun jamini ham, uning
qismini ham yaqqol tasvirlaydi (masalan, yalpi mahsulotda tayyor
mahsulot, qo‘shimcha mahsulotlar va tugallanmagan ishlab
chiqarishning ulushi).
Tahlil jarayonida o‘rtacha miqdorlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ularning «analitik kuchi» o‘xshash, bir turdagi ko‘rsatkichlar,
hodisalar va jarayonlarni mutanosib majmuada umumlashtirishdan
iborat. Ular xususiydan umumiyga, tasodifiydan qonuniyatliga o‘tishga
imkon beradi; ularsiz o‘rganilayotgan belgini turli majmualar bo‘yicha
taqqoslash, turlanayotgan ko‘rsatkichlarni vaqt bo‘yicha o‘zgarishlarini
tavsiflashning iloji yo‘q: ular alohida qiymat va tebranishlar
tasodifiyligini mavhumlashtirishga imkon beradi.
Analitik hisob-kitoblarda, zaruratga ko‘ra, “o‘rtacha”larning turli
shakllari qo‘llaniladi: o‘rtacha arifmetik, o‘rtacha tortilgan, o‘rtacha
xronologik va b.

Download 93.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling