Iqtisodiy tahlil metodi va uning xususiyatlari


Download 93.5 Kb.
bet11/11
Sana17.02.2023
Hajmi93.5 Kb.
#1208795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
IQTISODIY TAHLIL METODI VA UNING XUSUSIYATLARI

balans og‘ishlarni tuzish yo‘li bilan
amalga oshiriladi: alohida xususiy ko‘rsatkichlar o‘zgarishi ta’siridagi
Mazkur xususiy ko‘rsatkich ta’siri ostida umumlashtiruvchi
ko‘rsatkich o‘zgarish miqdori hisoblash uchun qabul qilingan o‘rin
almashtirishlar ketma-ketligiga bog‘liq bo‘lib, u ixtiyoriy bo‘lishi
mumkin emas, balki omillarning birgalikda ta’siri jarayonida o‘zaro
aloqadorlikning oldindan sifatli tahliliga asoslangan bo‘lishi lozim.
Xususiy ko‘rsatkichlarning bazis miqdorlarini haqiqiysiga
almashtirish ketma-ketligi haqida masalaning to‘g‘ri hal etilishi barcha
xususiy ko‘rsatkichlarni miqdor, tuzilma va sifat ko‘rsatkichlariga
ajratish imkonini beradi. Dastlab miqdor va tuzilmaning xususiy
ko‘rsatkichlari miqdori o‘zgaradi, keyin esa sifat ko‘rsatkichlarini o‘rin
almashtirish bajariladi. Biroq ko‘pincha bir vaqtning o‘zida bir emas,
balki bir nechta miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini o‘lchashga to‘g‘ri
keladi. Bu holda o‘rin almashtirishlar ketma-ketligini aniqlash uchun
qaysi ko‘rsatkich asosiy, boshqalariga bog‘liq emas, qaysilari – hosila
ekanligi aniqlanadi. Bunday holatlarda o‘rin almashtirish asosiydan
boshlanadi, keyin esa oldingisiga bog‘liq keyingi ko‘rsatkichni o‘rin
almashtirishga o‘tiladi.
Masalan, mahsulot hajmining bazis davrdan og‘ishiga (Q) ishchilar
soni (Is), ish kunlari miqdori (Ik) va ish kunining o‘rtacha davomiyligi
(D) o‘zgarishining ta’sirini aniqlash talab qilinadi. Mazkur holatda
ishchilar soni asosiy miqdoriy ko‘rsatkich hisoblanadi, ish kunlarining
o‘rtacha soni ularning ishga kelgan kunlari soniga, ish kunining
o‘rtacha davomiyligi esa ishchilar soni, ularning ishga kelgan kunlari
va har bir ishchining ish kuni davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan
ikkinchi ko‘rsatkich birinchisiga, uchinchisi esa – birinchi va
ikkinchiga bog‘liqligi kelib chiqadi. Hisoblash formulasida ushbu
ko‘rsatkichlarning miqdorlarini almashtirish (o‘rin almashtirish)
mazkur miqdoriy ko‘rsatkichlarning bir-biriga bog‘liqligi hisobga
olingan holda amalga oshiriladi.
Hisob-kitobga bir ishchining o‘rtacha soatlik ishlab chiqarishini
(MUs ning sifat ko‘rsatkichi) ham kiritamiz. Ko‘rib chiqilayotgan
ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi aloqa quyidagi hisoblash formulasi bilan
ifodalanadi:
Is × Ik × D × MUs = YaM.
Download 93.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling