1 yanvar 1 aprel 1 iyul 1 oktyabr 1 yanvar
Zaxira 2015 2015 2015 2015 2016
100 120 111 140 106
O‘rtacha xronologik formulasidan foydalangan holda quyidagini
topamiz:
Sch = (100/2+120+111+140+106/2)/(5-1) = 118,5 ming so‘m.
Olingan miqdorning iqtisodiy talqini quyidagicha: 2016 yil
davomida korxona har kuni o‘rtacha 118,5 ming so‘mga teng tovar
zaxirasiga ega bo‘lgan.
Iqtisodiy tahlilda guruhlash usuli
Guruhlash – bu ma’lumotlar majmuini uning tarkibi yoki komponentlari
o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganish maqsadida guruhlarga
ajratishdir.
Iqtisodiy hodisalarni ilmiy tasniflash, ularni turdosh guruh yoki
guruhchalarga birlashtirishni ularni batafsil o‘rganish asosidagina
amalga oshirish mumkin. Tasodifiy belgilariga ko‘ra hodisalarni
guruhlash mumkin emas: ularning siyosiy-iqtisodiy tabiatini
tushuntirish zarur. Ko‘rsatkichlarga ta’sir qiluvchi omillar va sabablar
haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. Tahlil maqsadiga bog‘liq
ravishda tipologik, tkzilmaviy va analitik (sabab-oqibat) guruhlashdan
foydalaniladi. Tipologik guruhlashga misollar – faoliyat turi bo‘yicha
aholi guruhlari, mulkchilik shakli bo‘yicha korxonalar guruhlari va b.
Tuzilmaviy guruhlar ko‘rsatkichlarning ichki tuzilishi, ularning
alohida qismlari nisbatini o‘rganishga imkon beradi. Ularning yordamida
kasb-kori, mehnat staji, yoshi, mehnat me’yorlarini bajarishi bo‘yicha
ishchilar tarkibi; mahsulot tannarxi tarkibi va boshqalar o‘rganiladi.
Analitik guruhlar (mohiyatan tipologik va tuzilmaviyni o‘zida
qamrab oluvchi) o‘rganilayotgan hodisalar, obyektlar va ko‘rsatkichlar
o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro munosabatlarni aniqlashga
mo‘ljallangan. Pri postroenii Analitik guruhlarni tuzishda ikki o‘zaro
aloqador ko‘rsatkichlardan biri boshqasiga ta’sir qiluvchi omil sifatida,
boshqasi esa birinchisining ta’siri natijasi sifatida ko‘rib chiqiladi.
Lekin har bir aniq holat uchun omilli va natijaviy alomatlarning o‘zaro
bog‘liqligi o‘zgarishi mumkinligini nazarda tutish talab qilinadi (omilli
alomat natijaviy sifatida namoyon bo‘lishi mumkin va aksincha).
Do'stlaringiz bilan baham: |