Iqtisodiy tahlil metodi va uning xususiyatlari


Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va tarkibi


Download 93.5 Kb.
bet6/11
Sana17.02.2023
Hajmi93.5 Kb.
#1208795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
IQTISODIY TAHLIL METODI VA UNING XUSUSIYATLARI

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va tarkibi
Agar mutlaq miqdorlar o‘rniga o‘rtacha yoki nisbiy miqdorlar
qo‘llanilsa, qator hollarda ko‘rsatkichlar taqqoslanuvchanligiga
erishish mumkin. Korxona ishlab chiqarish bazasini hisobga olmay
turib mahsulot ishlab chiqarish hajmi, foyda miqdori kabi mutlaq
ko‘rsatkichlarni taqqoslash mumkin emas. Lekin mutlaq ko‘rsatkichlar
o‘rniga nisbiy ko‘rsatkichlar, masalan, bir ishchi uchun mahsulot ishlab
chiqarish, bir so‘m aktivga foyda miqdori olingan bo‘lsa, u holda
qiyoslash to‘laligicha to‘g‘ri hisoblanadi.
Nisbiy va o‘rtacha miqdorlardan foydalanish
Mutlaq ma’lumotlar bilan birga iqtisodiy tahlilda odatda foiz yoki
koeffitsiyentlarda ifodalanadigan nisbiy ko‘rsatkichlar keng
qo‘llaniladi. Nisbiy miqdorlar, masalan, aholi jon boshi hisobida
mahsulot ishlab chiqarishni aniqlash uchun qo‘llaniladigan reja
topshiriqlarining bajarilish darajasi, me’yorlarga rioya qilinishi, o‘sish
sur’ati va ko‘payish, tarkibi, intensivlik ko‘rsatkichlari yoki ulushini
tavsiflaydi. Bunday nisbiy ko‘rsatkichlar mutlaq sonlarda hisoblansada,
nisbiy miqdorlar toifasiga kiritiladi.
Ishlab chiqarish xodimlarining mehnat unumdorligi, mahsulot
birligiga material sarfi kabi ommaviy hodisalarni o‘rganishda o‘rtacha
miqdorlarni qo‘llash zarurati vujudga keladi.
Iqtisodiy tahlilda o‘rtacha miqdorlar bir turdagi hodisalar
majmuyini qandaydir belgi bo‘yicha umumlashtirilgan miqdoriy tavsifi
uchun foydalaniladi, ya’ni bitta son bilan obyektlarning jami majmui
tavsiflanadi. Masalan, ishchilarning o‘rtacha oylik mehnat haqi
o‘rganilayotgan ishchilar majmuining mehnatiga haq to‘lash darajasining
umumlashma tavsifi uchun qo‘llaniladi. O‘rtacha miqdorlar
yordamida turli obyektlar majmualarini qiyoslash mumkin: rentabellik
darajasi bo‘yicha tumanlar, mehnatga haq to‘lash darajasi bo‘yicha
korxonalar va hokazo.
O‘rtacha miqdorlarning keng tarqalgan shakli – o‘rtacha arifmetik
bo‘lib, uning oddiy va tortilgan turlari mavjud. O‘lchovlar haqida
bevosita ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda o‘rtacha garmonik usul
qo‘llaniladi, o‘sishning o‘rtacha sur’atini hisoblashda esa o‘rtacha
geometrikka murojaat qilinadi.
O‘rtachani hisoblashning mazkur usullari o‘rganilayotgan majmuaning
o‘ziga xos jihatlarini tavsiflash uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.
Bunda ixtiyoriy o‘rtacha tortilgan miqdor hisoblash manbasi bo‘lib
xizmat qiluvchi ma’lumotlar tarkibining hosilasi ekanligini nazarda
tutish talab etiladi. Sonlarni qatorlarga yanada teng taqsimlash barcha
qatorlar uchun yanada tipik o‘rtacha miqdorni beradi va aksincha.
Misol, 2016 yilning to‘rt kvartali uchun ma’lumotlar bo‘yicha
mahsulot sotishning o‘rtacha kvartal hajmini hisoblash.

Download 93.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling