Iqtisodiy tahlil metodi va uning xususiyatlari


sabab-oqibat aloqalarini o‘rnatishga, balki ularga miqdoriy tavsif


Download 93.5 Kb.
bet2/11
Sana17.02.2023
Hajmi93.5 Kb.
#1208795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
IQTISODIY TAHLIL METODI VA UNING XUSUSIYATLARI

sabab-oqibat aloqalarini o‘rnatishga, balki ularga miqdoriy tavsif
berishga imkon beradi, ya’ni faoliyat natijasiga omillar ta’sirini
aniqlashni ta’minlaydi. Bu iqtisodiyot holatini aniq baholab, uning
natijalari bo‘yicha xulosa hamda tavsiyalarni asoslashga imkon beradi.
Tahlilda sabab aloqalarini o‘rganish va o‘lchashni induksiya va
deduksiya metodi bilan amalga oshirish mumkin.
Iqtisodiy tahlilda dialektik metoddan foydalanish har bir jarayon,
har bir iqtisodiy hodisani tizim sifatida, o‘zaro bog‘liq ko‘plab
elementlarning majmuyi sifatida ko‘rib chiqish lozimligini
anglatadi. Bundan tahlil obyektlarini o‘rganishga tizimli yondashuv
zarurati kelib chiqadi, bu ham uning xarakterli jihatlaridan biri
sanaladi. Tizimli yondashuv o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni
elementlarga maksimal detallashtirish (xususiy tahlil), ularni
tizimlashtirish va sintezni nazarda tutadi.
Hodisalarni detallashtirish o‘rganilayotgan obyektda eng muhim
va asosiy jihatlarni aniqlash uchun zarur darajada olib boriladi. U
obyekt va tahlil maqsadiga bog‘liq bo‘ladi.
Shunday qilib, tahlil metodi korxonalar faoliyat samaradorligini
oshirish maqsadida reja ko‘rsatkichlari tizimi, hisob, hisobot va boshqa
axborot manbalarini maxsus usullar asosida qayta ishlash yo‘li bilan
korxonalar faoliyati natijalariga omillar ta’sirini tizimli, kompleks
o‘rganish, o‘lchash va umumlashtirishni o‘zida aks ettiradi.
Tahlilda tadqiq etiladigan omillar turli alomatlari bo‘yicha
tasniflanishi mumkin, bu natijaviy ko‘rsatkichlar miqdorini shakllantirishda har bir omilning o‘rni va ahamiyatini aniqroq baholashga imkon beradi.
O‘z tabiatiga ko‘ra omillar tabiiy-iqlim, ijtimoiy-iqtisodiy, ishlab
chiqarish-iqtisodiy kabilarga ajratiladi.
Tabiiy-iqlim omillari qishloq xo‘jaligi, kon sanoati, o‘rmon
xo‘jaligi va boshqa tarmoqlar faoliyat natijalariga ulkan ta’sir
ko‘rsatadi. Ularning ta’sirini hisobga olish xo‘jalik subyektlari faoliyat
natijalarini aniqroq baholashga imkon beradi.

Download 93.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling