Korxonalarni mehnat qurollari bilan ta’minlanganligi
bo‘yicha guruhlash
Shunday qilib, axborotlarni to‘g‘ri guruhlash ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi
bog‘lanishni o‘rganish, o‘rganilayotgan hodisalar mohiyatini
yanada chuqurroq anglash, tahlil materiallarini tizimlashtirish, ularning
asosiylari, xarakterlilari va o‘ziga xoslarini ajratishga imkon beradi.
Iqtisodiy tahlilda balans usuli
Balans usuli – bu xo‘jalik faoliyatining o‘zaro aloqador ko‘rsatkichlarini
ularning o‘zaro ta’sirini izohlash va o‘lchash uchun,
shuningdek, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish zaxiralarini
hisoblash uchun maxsus qiyoslashdir.
Tahlilning balans usulini qo‘llashda alohida ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi
aloqa ularni turlicha qiyoslash orqali olingan natijalar tengligi
shaklida ifodalanadi. Xo‘jalik faoliyatining ikki natijasi tengligini
keltirib chiqarish yo‘li bilan uning ko‘p sonli ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirish
bo‘yicha ilk tarixiy misol buxgalteriya balansi bo‘lganligi
uchun tahlilning mazkur usuli balans metodi nomini oldi. U
korxonaning mehnat, moliyaviy resurslar, xomashyo, yoqilg‘i,
materiallar, ishlab chiqarishning asosiy vositalari va boshqalar bilan
ta’minlanganligini tahlil qilishda keng qo‘llaniladi.
Masalan, korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi aniqlangan
holda balans tuzilib, unda bir tomondan, mehnat resurslariga
ehtiyoj, boshqa tomondan – ularning haqiqatda mavjudligi ko‘rsatiladi.
Korxonalarning to‘lov qobiliyatini aniqlash uchun to‘lov
balansidan foydalanilib, unda to‘lov mablag‘larining to‘lov
majburiyatlari bilan o‘zaro nisbati aniqlanadi.
Tayyor mahsulot balansi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Qb+T = S+Qo.
Bu erda Qb – yil boshi uchun tovar qoldig‘i;
T –tovar mahsulot ishlab chiqarish;
S – sotish;
Qo– yil oxiri uchun tovar qoldig‘i.
Ba’zan balans usuli alohida omillarning natijaviy o‘krsatkich
o‘sishiga ta’sir miqdorini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Masalan, uch
omilning ikkitasi ta’siri ma’lum bo‘lsa, u holda uchinchisining ta’sirini
natijaviy ko‘rsatkichning umumiy o‘sishidan dastlabki ikki omil ta’siri
natijasini ayirib tashlab aniqlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |