Iqtisodiy tahlil metodi va uning xususiyatlari
Download 93.5 Kb.
|
IQTISODIY TAHLIL METODI VA UNING XUSUSIYATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kvartal I II III IV
Kvartal I II III IV
Tushum xi, so‘m 587612 630544 691406 601417 xi ning har bir qiymatidan 587612 ni ayirib tashlash, keyin esa “qoldiq”lar bo‘yicha o‘rtachani hisoblash mumkin: 0 42932 103794 13805 (0+42932+103794+13805) / 4 = 40133 so‘m. Izlanayotgan kvartalda sotishning o‘rtacha miqdori quyidagiga teng bo‘ladi: X = 40133+587612 = 627745 so‘m. o‘rtacha arifmetikdan tashqari o‘rtacha miqdorlarning boshqa shakllari ham qo‘llaniladi. Birinchi navbatda bu o‘rtacha geometrik bo‘lib, u miqdorni emas, balki miqdorlarning individual qiymatlari ko‘paytmasini o‘zgarmas saqlashga imkon beradi: n geom n X x * x *...x 1 2 = . O‘rtacha geometrik asosan o‘sish sur’atini o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Misol, 2016 yilning to‘rt kvartali davomida korxona mahsulot ishlab chiqarishida foydalanilgan xomashyo narxining o‘sish sur’ati har xil bo‘lgan. Yilning to‘rt kvartali uchun ma’lumotlar bo‘yicha yil uchun o‘rtacha kvartallik narx o‘sish sur’atini topish talab qilinadi. Kvartal I II III IV O‘sish sur’ati 1,05 1,09 2,01 1,56 Narx o‘sish sur’ati quyidagini tashkil qilgan: 1,05·1,09·2,01·1,56 = 3,59 Agar o‘rtacha o‘sish sur’atini hisoblash uchun o‘rtacha arifmetik formulasidan foydalanilsa, yillik o‘sish sur’ati o‘rtacha 1,43 martani tashkil qilganligini ko‘ramiz: (1,05+1,09+2,01+1,56)/4 = 1,43. Olingan qiymat o‘sish sur’atining haqiqiy manzarasini berishi ehtimoldan uzoq, chunki agar har kvartalda narxlar 1,43 marta oshgan, deb taxmin qilinsa, u holda yillik o‘sish sur’ati 4,15 martani tashkil qilishi lozim: 1,43*1,43*1,43*1,43 = 4,15 marta. Bunday qarama-qarshilik yuzaga kelmasligi uchun bir yilda o‘rtacha kvartallik narx o‘sish sur’atini hisoblash uchun o‘rtacha geometrik formulasidan foydalanish talab qilinadi: 4 1,05•1,09 • 2,01•1,56 = 1,38 Iqtisodiy tahlilda o‘rtacha xronologik usul ham keng qo‘llaniladi. Korxonalarni tavsiflash uchun oraliq va oniy ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Birinchisiga misol sifatida tovar aylanmasi, foyda, qandaydir davr uchun tushumlar hajmi; ikkinchisiga esa – muayyan sana uchun zaxiralar, asosiy mablag‘lar va ishlovchilar soni haqida ma’lumotlarni keltirish mumkin. Oraliq ko‘rsatkichlarni o‘rtachalashtirish uchun ko‘pincha o‘rtacha arifmetik formulasi qo‘llanilsa, oniy ko‘rsatkichlarni o‘rtachalashtirish uchun aynan o‘rtacha xronologik formulasidan foydalaniladi. Agar X1,…,Xn oniy ko‘rsatkichlar qatori berilgan bo‘lsa, u holda mazkur qator uchun o‘rtacha xronologik Sch quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: Sch = (X1/2+X2+...+Xn-1+Xn/2)/ n-1 Misol, 2016 yildagi do‘konda tovar zaxirasining o‘rtacha miqdorini topish talab qilinadi, agar har bir kvartal boshi uchun zaxiralar haqida quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa (ming so‘m): Download 93.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling