Iqtisodiy tahlil metodi va uning xususiyatlari
Download 93,5 Kb.
|
IQTISODIY TAHLIL METODI VA UNING XUSUSIYATLARI
Taqqoslash usuli
Bilishning ilmiy usullaridan biri sifatida taqqoslash iqtisodiy tahlilda keng qo‘llaniladi. Uning mohiyati – bir turdagi obyektlar o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki farqlarni aniqlash maqsadida ularni qiyoslashdan iborat. Taqqoslash yordamida iqtisodiy hodisalardagi umumiylik va o‘ziga xosliklar aniqlanadi, tadqiq etilayotgan obyektlar darajasida o‘zgarishlar belgilanadi, ularning rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlari o‘rganiladi. Iqtisodiy tahlilda taqqoslashning quyidagi turlari qo‘llaniladi: • Haqiqatdagi hisobot ma’lumotlarini rejaviy ma’lumotlar bilan taqqoslash. Rejaning bajarilish foizini aniqlash taqqoslash natijasi hisoblanadi; • Iqtisodiy hodisalar rivojlanishidagi tendensiyalar, qonuniyatlarni aniqlash maqsadida ko‘rsatkichlarni dinamikada taqqoslash; • Tahlil qilinayotgan korxona ko‘rsatkichlarini tarmoq bo‘yicha o‘rtacha qiymatlar bilan taqqoslash; • O‘rganilayotgan korxonaning faoliyat ko‘rsatkichlarini raqobatchilarning mutanosib ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash; • optimal qarorlarni tanlash maqsadida turli boshqaruv qarorlari natijalarini taqqoslash; • samaradorligini baholash maqsadida boshqaruv qarorlari qabul qilingunga qadar va qabul qilingandan keyingi faoliyat natijalarini taqqoslash. Quyidagilar ko‘rsatkichlar taqqoslanuvchanligining majburiy sharti hisoblanadi: • hajm, qiymat, sifat va tuzilmaviy ko‘rsatkichlar birligi; • qiyoslash amalga oshirilayotgan vaqt davri birligi; • ishlab chiqarish shartlari taqqoslanuvchanligi; • ko‘rsatkichlarni hisoblash metodikasi taqqoslanuvchanligi. Taqqoslanmaydigan ko‘rsatkichlarni qiyoslash tahlil natijalari asosida noto‘g‘ri xulosa chiqarilishiga olib keladi. Shuning uchun qiyoslashni amalga oshirishdan avval ko‘rsatkichlarni taqqoslama ko‘rinishga keltirish, ya’ni qiyoslanayotgan ko‘rsatkichlarni sanab o‘tilgan omillarga muvofiq yagona asosga keltirish lozim. Agar taqqoslanmaydigan ko‘rsatkichlar qiymat bahosining turli darajasi oqibatida kelib chiqqan bo‘lsa, u holda ushbu omilni neytrallashtirish uchun ko‘rsatkichlar ayni bir narxda ifodalanadi. Masalan, yalpi mahsulot qiyoslanuvchanligini ta’minlash uchun uning hisobot va bazis davrdagi jismoniy hajmi bazis davri narxlarida ifodalanadi: Iyam = Σq1p0 / Σq0p0. Bu yerda q1 i q0 – mos ravishda hisobot va bazis davrdagi i-turdagi mahsulot ishlab chiqarishning jismoniy hajmi; p0 – i-turdagi mahsulotning bazis davrdagi narxi. Korxonalar faoliyat ko‘lami o‘zgarishi tufayli ko‘plab ko‘rsatkichlar taqqoslanmaydigan bo‘lishi mumkin. Masalan, agar hisobot yili xarajatlar miqdori (Σq1b1+a1) bazis yil xarajatlari (Σq0b0+a0) bilan taqqoslansa, u holda mazkur ko‘rsatkichlarning farqi nafaqat mahsulot tannarxi darajasining o‘zgarishi bilan, balki mahsulot ishlab chiqarish hajmidagi o‘zgarishlar bilan ham shartlangan bo‘ladi. Xarajatlarni taqqoslanma ko‘rinishga keltirish uchun hajm omilining ta’sirini neytrallash talab etiladi, buning uchun bazis davr xarajatlari miqdorini hisobot davri mahsulot ishlab chiqarishning haqiqatdagi hajmiga (Σq1b0+a0) qayta hisoblash zarur va shundan so‘ng hisobot davri xarajatlari miqdori taqqoslanadi: Iz = Σq1b1+a1 / Σq0b0+a0. Bu yerda b – i-turdagi mahsulot birligiga o‘zgaruvchan xarajatlar; a – tadqiq etilayotgan davrda jami mahsulot ishlab chiqarish uchun doimiy xarajatlar. Taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlarni bir tuzilmaga keltirish uchun mahsulot ishlab chiqarishning haqiqatdagi hajmini bazis davr tarkibiga qayta hisoblash zarur. 2.2-jadvalda keltirilgan misolda ikkala holatda ham ishlab chiqarish tarkibi va narxlar bir xil (bazis davr darajasida), faqat umumiy mahsulot ishlab chiqarish farqlanadi. Bu mahsulotning jismoniy o‘sishini to‘g‘ri baholashga imkon beradi. Download 93,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling