Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi


Download 232.29 Kb.
bet1/19
Sana18.06.2023
Hajmi232.29 Kb.
#1591052
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Tashkiliy tuzilmalarning zamonaviy turlari



Reja:

I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1. Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi
2.2. Tashkilotlar faoliyatini turkumlashtirish. Tashkiliy tuzilmalarning turlari
2.3. Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar. Tashkilotlar- ning yangi turlari
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Kirish

Jamiyat har xil tashkilotlarning juda katta miqdoridan tashkil topadi. Ko'pchilik kishilar o'zlarining butun ongli hayotlari davomida o'zlari a'zosi bo'lgan yoki ular bilan aloqaga kirishgan u yoki bu tashkilotlar bilan bog'langandirlar.
Ammo tashkilotning o'zi nima va ushbu tashkilot uchun qaysi umumiy alomatlar xosdir?
Tashkilotni vazifalarni hal qilish va ma'lum maqsadlarga erishish uchun birlishgan shaxslar guruhi sifatida belgilash mumkin.
Tashkilot deb atalishi uchun qandaydir guruh quyidagi majburiy talablarga javob berishi kerak:

  • juda bo'lmaganda, o'zini ushbu guruhning a'zosi deb hisoblaydigan ikkita shaxsni mavjud bo'lishi;

  • juda bo'lmaganda guruhning barcha a'zolari o'zlari uchun umumiy deb qabul qilingan bitta maqsadni mavjud bo'lishi;

  • maqsad (maqsadlar)ga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh a'zolarini mavjud bo'lishi.

Alohidagi, hususiy jihatlardan abstraktlashtirilgan holda aytish mumkinki, har qanday tashkilotning asosiy tashkil qiluvchilari unga kiruvchi odamlar, u amalga oshirishi uchun tashkil qilingan va mavjud bo'lgan maqsadlar va tashkilot salohiyatini shakllantiruvchi va harakatga keltiruvchi boshqaruvdan iboratdir.
Zamonaviy tashkilotni tashqi muhit bilan resurslarni almashtirishga qodir ochiq tizim sifatida tasavvur etish mumkin. Kirishda u tashqi muhitdan resurslarni oladi, chiqishga yaratilgan mahsulotni beradi. SHuning uchun har qanday tashkilot uchta jarayonni amalga oshiradi:
-tashqi muhitdan resurslarni olish; -mahsulotni ishlab chiqarish; -uni tashqi muhitga topshirish.
Bu jarayonlar tashkilot uchun hayotiy muhimdirlar. Buning ustiga, tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyati uchun ular o'rtasidagi ma'lum muvozanatni ushlab turish zarur. Bunda asosiy rol boshqaruvga tegishlidir.


  1. Download 232.29 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling