16-mavzu. Yo‘l tarmog’i transport jarayoni infratuzilmasielementi sifatida


Download 1.65 Mb.
bet1/6
Sana20.08.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1668642
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
16 mavzu Yo‘l tarmog’i transport jarayoni infratuzilmasielementi


16-mavzu. Yo‘l tarmog’i transport jarayoni infratuzilmasielementi sifatida
1. Transport tarmog’ining asosiy tushunchalari.
2. Avtomobil yo‘l tarmoqlarining joriy holati va rivojlantirish istiqbollari.
3. Tarmoq modelida transport jarayonlarini modellashtirish.
1. Transport tarmog’ining asosiy tushunchalari
XX-asr boshlarida viloyatda asosan shag’al yotqizilgan yo’llar mavjud bo’lib, ular ot-arava karvoni bilan yuk va passajirlar tashishga mo’ljallangan edi. 1920 yillarga qadar yo’l ishlari bilan muntazam shug’ullanuvchi davlat tashkiloti bo’lmagan. 1925 yili viloyat yo’l boshqarmasi tashkil etilgan bo’lib, u viloyat yo’l qurilishi va ulardan foydalanishga oid masalalar bilan shug’ullangan.
1940 yilda Respublika hukumati qarori bilan uzunligi 708 km bo’lgan Toshkent-Termiz “Katta O’zbek” trakti nomli avtomobilь yo’lini qurish boshlandi va 4 oy mobaynida mazkur qurilish tugatildi. “Katta O’zbek” trakti avtomobilь yo’lining 376 km uzunligi Toshkent, 222 km yo’l Samarqand, 162 km yo’l esa Buxoro viloyati mehnatkashlari tomonidan qurib bitkazildi. Bugungi kunda ushbu avtomobilь yo’li tubdan qayta rekonstruktsiya qilinib, xalqaro talablarga javob beruvchi avtomobilь magistraliga aylantirilmoqda. Viloyat hududida umumfoydalanuvdagi takomillashgan qattiq qoplamali avtomobilь yo’l tarmoqlari tumanlar bo’yicha taqsimlanishi 1-jadvalda keltirilgan1 bo’lib, uning tumanlar kesimidagi ulushi Paretto diagrammasi asosida (1-rasm) keltirilgan.
1-jadval
Viloyat hududida umumfoydalanuvdagi qattiq qoplamali avtomobilь yo’l tarmoqlari tumanlar bo’yicha taqsimlanishi

Tumanlar

Umumfoydalanish avtomobilь yo’llari uzunligi, km.

Tumanlar

Umumfoydalanish avtomobilь yo’llari uzunligi, km.

Termiz

228

Muzrabod

158

Angor

113

Oltinsoy

195

Bandixon

78

Sariosiyo

230

Boysun

324

Uzun

175

Denov

209

SHerobod

351

Jarqo’rg’on

168

SHo’rchi

148

Qumqo’rg’on

198

Qiziriq

119

Viloyat bo’yicha

2694

2018 yilning 1 martidan O’zbekiston va Tojikiston rahbarlari o’rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning aniq misoli o’laroq o’zbek-tojik davlat chegarasi orqali 9 ta o’tish punktlari ochildi.





1-rasm. Umum foydalanuvdagi qattiq qoplamali avtomobilь yo’l uzunligi bo’yicha ustunlik.
Xususan, Samarqand viloyatidagi «Jartepa» («Sarazm»), Jizzax viloyatidagi «Kushkent» («O’ratepa») va «Uchqo’rg’on» («Havotog’»), Sirdaryo viloyatidagi «Xovosobod» («Zafarobod»), Toshkent viloyatidagi «Bekobod» («Xashtyak»), Namangan viloyatidagi «Pop» («Navbunyod»), Farg’ona viloyatidagi «Ravot» («Ravot»), Surxondaryo viloyatidagi «Gulbahor» («Ayvaj») kabi avtomobilь yo’llaridagi punktlar, shuningdek, temir yo’l chizig’idagi «Amuzang» («Hoshadi») punkti ochildi.
koleyali yo’llarni qurish istiqbollari tahlil etilgan.
Mamlakatimizdagi iqtisodiy tarmoqlarning rivojlantirishda yo‘l sohasining roli katta bo‘lib, u ishlab chiqarish sohasi va ijtimoiy infratuzilmaning kalatidir. O‘zbekiston Respublikasini jahon hamjamiyatiga integratsiyasini faollashtirish maqsadida uni yuqori darajadagi avtomagistrallar bilan ta’minlash, trasport kommunikatsiyalarini a’lo darajada rivojlantirishni talab etadi, bu esa birinchi navbatda avtomobil yo‘llarini ustivor tarzda rivojlantirib borishni taqoza etadi. O‘zbekistonning jahon bozoriga chiqishi uchun transport yo‘laklarini shakillantirish bo‘yicha ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda hamda respublika va uzoq-yaqin chet el mamlakatlari avtomobil yo‘llari intigratsiyasi va hamkorlik bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.
Avtotransport korxonalaridagi mehnat unumdorligi ko‘p jihatdan yo‘l sharoiti va uning holatiga bog‘liq bo‘ladi. t.f.d., prof. B.A.Xo‘jayev tadqiqotlarida avtomobil yo‘llarining avtomobil transporti vositalari ishiga ta’siri o‘rganilgan (2-jadval).

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling