3-jadval
Avtomobil yo‘llari kelajakdagi harakat miqdoriga nisbatan toifalari
Yo‘llarning iqtisodiy ahamiyati
|
Yo‘l toifasi
|
Kelajakdagi hisobiy harakat miqdori, dona/sut
|
Transport birligida
|
Engil avtomobilga keltirilgan
|
Avtomagistral
|
Ia (avtomagistral)
|
7000 dan yuqori
|
14000 dan yuqori
|
Tezyurar yo‘l
|
Ib (tezyurar yo‘l)
|
7000 dan yuqori
|
14000 dan yuqori
|
Oddiy yo‘l
|
II
|
3000-7000
|
6000 - 14000
|
III
|
1000-3000
|
2000 - 6000
|
IV
|
100-1000
|
200 - 2000
|
Avtomobil yo‘llari va shahar aloqa yo‘llari murakkab muhandislik inshoatlari kompleksi bo‘lib, TV ni tez harakatlanishi va harakat xavfsizligini ta’minlashlari lozim. Yo‘llar konstruktsiyasi va muhandislik inshootlari tarkiblari ular uchun belgilangan harakat tezligi va jadalligi hamda mahalliy iqlim sharoitlari va tabiat o‘zgarishlari bilan uzluksiz bog‘liqdir. Yo‘l belgilari, signallar va boshqa harakatni tartibga soluvchi jihozlar shahar yo‘llarining ajralmas qismi hisoblanadi.
Asosiy yo‘l yuzalarining eng kichik hisobiy ko‘rinuv masofasi yo‘l kategoriyalariga binoan 250 metrdan 75 metrgacha belgilanadi; bunday masofa yo‘llarning og‘ir kesimli (ya’ni pastu baland) joylarida 175 metrdan 50 metrgacha, tog‘li yerlarning murakkab qismlarida esa 100 metrdan 40 metrgacha bo‘lishi zarur. Qarama-qarshi yo‘nalishdagi avtomobillarning ko‘rinish masofalari II-IV kategoriyali yo‘llarning murakkab kesimli joylarida 350 metrdan 150 metrgacha, tog‘li joylarning murakkab bo‘laklarida esa 150 metrdan 80 metrgacha bo‘lishi ta’minlanishi zarur. Avtomobil yo‘llarining tavsifiy belgilari 4-jadvalda berilgan.
Transportning farqli sifatlaridan biri uchastkaning o‘tkazish qobiliyatini oshirishga talabning to‘xtovsiz o‘sishi hisoblanadi va uning tashish quvvatini oshirish qisqa vaqtda (sakrash shaklda) bo‘lishi mumkin. Tashish quvvatini oshirishining optimal sxemasini o‘rnatish muammosi transport fanining markaziy masalalaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |