2-dars. Mavzu: Fonetika. Test savollari 2018-yil 1-variant Tuzuvchi N. Ahrorov
Download 19.1 Kb.
|
Hujjat (1)
2-dars . Mavzu: Fonetika. Test savollari 2018-yil 1-variant Tuzuvchi N. Ahrorov 1.Faqat jarangsiz undoshlardan tashkil topgan so’zni toping. A) taraqqiyot B) tafakkur C) shovqin D) huquq 2.Ona tili-bu millatning ruhidir. Undoshlarning hosil bo’lish o’rniga ko‘ra miqdori to’g‘ri berilgan qatorni belgilang. A) 10 ta tiloldi, 2 ta lab-lab, 1 ta tilorqa, 1 ta bo‘g‘iz B) 11 ta tiloldi, 2 ta lab-lab, 1 ta tilorqa, 1 ta bo‘g‘iz C) 10 ta tiloldi, 2 ta lab-lab, 1 ta tilorqa, 1 ta chuqur tilorqa D) 9 ta tiloldi, 2 ta lab-lab, 1 ta tilo’rta, 1 ta tilorqa, 1 ta bo‘g‘iz 3.Qaysi qatorda jarangsiz jufti bor jarangli undoshlardan iborat so’z berilgan? A) paxta B) zavod C) bog‘bon D) sassiz 4.Qaysi qatordagi so‘zlarning undoshlari tiloldi tovushlardan iborat? A) diyda, joynamoz, latofat B) dilozor, jondor, larza C) jirttaki, laparchi, lahza D) latta, nojins, jodugar 5.Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari faqat ovozdorlardan iborat? A) mosh, mos, makon B) jang, mo’g‘ul, nav C) malol, marom, marmar D) marshal, mars, makon 6. O’pkadan chiqayotgan havoning og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchrashi yoki uchramasligiga ko’ra tovushlar qanday turga bo’linadi? A) jarangli va jarangsiz tovushlar B) portlovchi va sirg’aluvchi tovushlar C) unli va undosh tovushlar D) lab va lab-tish tovushlari 7. Qaysi qatorda quyi tor unlilar fonema vazifasini bajargan? A) sirop-serob solih-soliq B) sutxo`r-sutxo`r,so`kmoq-suqmoq C) tang-tong, uzuk-uzik D) undosh-undash, ana-ona 8. Ilm egallashga harakat qilish har bir mo'min va mo'mina uchun farz. Hadisda aytilishicha, bir soatgina ilm o'rganish bir kechalik ibodatdan yaxshi, bir kunlik dars esa uch oy tutilgan nafl ro'zadan afzaldir. Ushbu gaplarda hosil bo‘lish usuliga ko‘ra bir guruhga kiruvchi undoshlardan tash kil topgan so'zlar soni nechta? A) 2 B) 4 C)1 D) 3 9. «0‘» tovushi qaysi so'zlarda torroq talaffuz qilinadi? A) xo'roz, ro'mol B) jo'ra, mo'tabar C) bo'ri, qo'ri D) so'lim, ro‘mol 10. x undoshiga to'g'ri tavsif berilgan javobni toping. A) til o'rta, portlovchi, jarangli undosh B) til o'rta, sirg'aluvchi, jarangsiz undosh C) til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh D) til orqa, sirg'aluvchi, jarangsiz undosh 11. Til va lab undoshlari yonma-yon kelgan so'zlarni belgilang. 1) blok; 2) drama; 3) sabr; 4) fransuz; 5) boks; 6) aft; 7) psixolog; 8) barcha; 9) baxsh; 10) dafn. A) 2, 3,4, 7, 8, 9, 10 B) 1, 3, 4, 6, 7, 10 C)1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 9 D) 1, 4, 5,6,8, 9, 10 12. Jarangli jufti mavjud bo'lgan til oldi jarangsiz undoshlarini aniqlang. A) z , j, d B) k, t, s, ch C) t, p, s D) t, s, sh, ch 13. Quyida berilgan sozlardan so'z ma'nosini jarangsiz undosh o'rinda jarangli sirg'alovchi til undoshi orqali farqlash mumkin bo'lganlarini aniqlang. 1)dars; 2) abzal; 3) yaroqli; 4) siqim; 5) soliq; A) 1,2, 3, 4, 5 B) 1, 3,4 C) 2, 5 D) 1, 2, 3 14. Faqat yuqori tor unlilar va undoshlar bor so'zlarni toping.. A) musicha, lirika B) kampir, musiqa C) uzum, ilmiylik D) muhit, chirmovuq 15. Nutq a’zolarini aniqlang. 1. O’pka. 2. Tog’aylar. 3. Un paychalari. 4. Bo’g’iz bo’shlig’i. 5. Og’iz bo’shlig’i. 6.Burun bo’shlig’i. 7.Til. 8. Lab. 9.Tish. 10.Tovush. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 B) barchasi C) 3, 7, 8, 10 D) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 16. Qaysi qatorda nutq a’zosining ishtirok etishiga ko’ra undoshlarning turi guruhlangan? A) jarangli va jarangsiz undoshlar B) shovqinli va ovozdor undoshlar C) lab tovushlari, til oldi, til o’rta, til orqa, chuqur til orqa tovushlari va bo’g’iz tovushi D) sof va qorishiq tovush 17. O’qish, ilm olish oson emas, unga har kim ham chidayvermaydi. Gapda nechta lab undoshi mavjud? A)1 ta B) 6 ta C)3 ta D)5 ta 18. Vatan arabcha so’z bo’lib, ona yurt degan ma’noni bildiradi. Gapda nechta til tovushlari mavjud A) 24 ta B) 29 ta C) 20 ta D) 15 ta 19. Bir tup tut, tutning tagida bir tup turp. Tut turpni turtib turibdimi, turp tutni turtib turibdimi? Gapdagi burun tovushlarining sonini aniqlang. A) 8 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 5 ta 20. Undosh tovushlar tarkibiga qanday turga bo`linadi? A) jarangli va jarangsiz B) sonor va shovqinli C) portlovchi va sirg`aluvchi D)til va bo`g`iz 21. So’zlarning qay birida ng undoshi mavjud? 1) nonga; 2) ongni; 3) bong; 4) ingliz; 5) qarang; 6) tungacha; 7) ko’nglimga. A) 1,2,3,4,5,6,7 B) ng tovushi yo’q C) 2,3,4,5,7 D) 2,3,5,7 22. Hammamizga ma`lumki , O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o`zbek xalqini zulmatdan yorug`likka olib chiqdi. Berilgan gapda shovinlillar nechta? A) 30 ta B) 33 ta C) 34 ta D) 35ta 23 . Qaysi so‘zda hosil bo’lish usuliga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlar bor? A) zaruriy B) sezuvchi C) kitobxon D) xushbichim 24. Unli tovushlarning paydo bo`lishida faol ishtirok etuvchi nutq a`zolarini toping. 1. til 2. tang`lay 3.burun bo`shlig`i 4. lab 5. og’iz bo`shlig`i 6.tish 7.un paychalari 8.o`pka 9.bo`g`iz bo’shlig`i A) unlilar hosil bo`lishida nutq a`zolari qatnashmaydi B) 1,2,4,5 C) 1,4,7 D) barchasi 25. Hozirgi o`zbek tilida nechta o`zlashma tovush bor? A) 1ta B) 2ta C) 3ta D) bunday tovush yo`q 26. Qaysi so`zlarimizda “o`” unlisi torroq talaffuz etiladi? 1. ko`l, 2. jo`ra, 3. mo`tabar, 4. ro`mol, 5.bo`ri, 6. qo`ri, 7. xo`roz A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 2, 5, 6 C) 1, 2, 4, 7 D) 1, 3, 5, 7 27. O’qigan o’qdan oshar, o’qimagan turtkidan shoshar. Mazkur gapda nechta lab undoshi mavjud? A) 1 ta B) 6 ta C) 3 ta D) 5 ta 28. Qaysi qatorda “ng” tovushi ishtirok etgan so'zlar berilgan? A) shudring, yanga, dengiz B) shtanga , kongress , menga C) yanga ,senga, tanga D) tangri, bongi, miting 29. Til oldi undoshi va yuqori tor unlilardan tashkil topgan so'ziar qatorini toping. A) chuqur, ituzum, igna B) chinnigul, uzoq, kitob C) tushmoq, zarur, sifat D) tutun, tuzsiz, shirin, tinch 30. “kongress” so'zi tarkibida qanday undosh til tovushlari mavjud? A) 2 ta til orqa, 2 ta til oldi undoshlari B) 2 ta til orqa, 4 ta til oldi undoshlari C) 3 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari D) 1 ta qo'sh undosh, 2 ta qator undoshli so'z 31. “jo'ja” va “jirafa” so'zlaridagi “j” tovushlari qaysi jihatdan o'zaro farqlanadi? A) jarangli yoki jarangsizligiga ko`ra B) til oldi yoki til orqaligiga ko`ra C) portlovchi va sirg'aluvchiligiga ko'ra D) lab tovushi yoki til tovushiga ko`ra 32. Qaysi so'zda hosil bo'lish o'rniga ko'ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan? A) norasida B) mabodo C) qarg'a D) ko'rmana 33. Qaysi so'zda hosil bo'lish usuliga ko'ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan? A) suzuvchi B) bedarak C) havoyi D) dabdabali 34. Qaysi so'zda hosil bo'lish usuliga ko'ra bir guruhga mansub undosh lar qatnashgan? A)romanlar B)sezuvchi C) kitobxon D) xushbichim 35. Og'zaki nutqning tovush tizimini o'rganuvchi bo'lim ... A) fonetika B) grafika C) orfografiya D) orfoepiya 36 .Og'zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo’lakka bo'linmaydigan qismini toping. A) so'z B) asos C) tovush D) qo'shimcha 37. qol, qor, qot so'zlarining ma'nolarini farqlashga xizmat qilayotgan tovushlarni aniqlang. A) unli tovush B) jarangli undosh C) til oldi undoshi D) til orqa undoshi 38. Qaysi so'zda til undoshi lab undoshi sifatida talaffuz qilinadi? A) manmanlik B) qamchin C) ingichka D) tartib 39 . Undosh tovushlar tovush paychalarining ishtirokiga ko'ra qanday turlarga bo’linadi? A) jarangli undoshlar, jarangsiz undoshlar B) til umdoshlari va lab undoshlari C) sirg`luvchilar va qorishiqlar D) sonorlar va lab tovushlari 40. Undoshlar qaysi xususiyatiga ko'ra jarangli va jarangsiz undoshlar ga ajratiladi? A) tovush paychalarining ishtirokiga ko'ra B) tilning qayerida hosil bo`lishiga ko`ra C) labning qayera hosil bo`lishiga ko`ra D) sirg`luvchi yoki portlovchiligiga ko`ra 2-dars . Mavzu: Fonetika. Test savollari 2018-yil 2-variant Tuzuvchi N. Ahrorov 1. x va g` undoshlari qaysi xususiyatiga ko`ra bir guruhga mansub? A) Jarangli va jarangsizligiga ko`ra B) tilning qayerida hosil bo`lishiga ko`ra C) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra D) labda hosil bo`lishiga ko`ra 2. Qaysi qatordagi barcha so`zlarda jo`ja so`zidagi undoshning jarangisizi qo`llangan? A) chalg`i, kuch, shosh B) tosh, bosh, kuch C) acha, ko`cha, xipcha D) osha, qo`sha, shish 3. Qaysi qatorda hosil bo`lishiga ko`ra bir guruhdagi so`zlar berilgan? A) havoyi B) dabdabali C) bedarak D) suzuvchi 4.Tishlarimni ko`rmak istasang, Tushlaringni marvaridga ayt, Gar o`zimni ko`rmak istasang, Yovni yengib, tezroq qayt. Parchadagi fonemalarni toping. A) i, u, q B) t, k, y C) sh, k, t D) a, i, o` 5. Undoshlarning uch tasnifiga ko`ra farqlanuvchi belgilariga ega fonemalari ma`no farqlaydigan so`zlar qatorini toping. A) ko`rik, katak B) kerak, kesak, C) ko`sak, ko`mak D) kepak, kesak 6. “adolatsevarlik” so`zidagi undoshlar haqida to`g`ri hukmni toping. A) Hosil bo`lish usuliga ko`ra bir guhruga mansub undosh 3 ta B) jarangli juftiga ega undoshlar 2ta C) til oldi jaranglilar 6 ta D) hosil bo`lish o`rniga ko`ra bir guruhga kiruvchi jaranglilar 5 ta 7. Qaysi qatordaunli va portlovchi undoshlardan tarkib topgan so‘zlar berilgan? A) abadiy, telpak, qadriyat B) odob, botiq, qanoat C) dudutlatdi, qobiliyat, qorabayir D) tekintomoq, qanoat, vazifa 8. Qaysi qatorda sirg`aluvchi j tovushi berilgan? A) janob, Jamshid, Jomiy B) jar, ajin, ajdar C) G`izjduvon, gijda, mujda D) jajji, jazo, javob 9. Tarkibidagi undoshlar sonorlardan iborat qatorni toping A) mehr, keng, sen B) yomg`ir, makon, nodon C) misol, moviy, dengiz D) ro`mol, nom, lola 10. Fonemaning real talaffuz qilinadigan, quloq bilan eshitilgan ko`rinishi nima? A) fon B) allafon C) tovush D) barchasi to`g`ri 11. Tovush nutq birligi sifatida qanday xususiyatlarga ega? A) xususiylik, voqelik, mohiyat B) imkoniyat, umumiylik, hodisa C) xususiylik, voeqlik, hodisa D) xodisa, imkoniyat, mohiyat 12. Nutq tovushlarining nutq apparati qayerida va qanday yo`l bilan hosil bo`lishi nutq tovushining qanday tomoni hisoblanadi? A) akustik B) vazifaviy C) fizologik D) lingvistik 13. Qaysi qatordagi tovushlar talaffuz qilinganda havo burun bo`shlig`idan chiqadi? A) v, f, b, p B) m, n, ng C) ng, x, o` D) q, g`, h 14. dublyaj, ekipaj, garaj so`zlaridagi “j” ning jarangsiz juftini toping A) b B) d C) sh D) g 15. Nutq tovushlarining asosiy vazifasi nima? A) so`zlarni shakllantirishga xizmat qiladi B) so`zlarning ma`nolarni farqlash C) so`z shakllarini farqlash D) A va C 16. Qaysi qatordagi so`zlarning undoshlari faqat til oldi jarangsizlaridan iborat? A) sas, sitam, tatar B) sasi, soat, tutuq C) sitata, so`ta, to`tiyo D) soat, sutchi, tutash 17. Nutq tovushlarining shovqinli yoki jarangsizligini belgilab beruvchi jihati qanday tomoni hisoblanadi? A) akustik B) vazifaviy C) fizologik D) lingvistik 18. Berilgan so`zlarning qaysi biri til oldi, sirg`aluvchi undosh ishtirok etgan? 1.muvozanat 2.larza 3. faylasuf 4. shoira 5.shovul 6.salla A) 2, 5, 6 B) 1, 2, 3 C) 4, 5, 6 D) 2, 4, 6 19. Qaysi so`zlarda faqat jarangli undoshlar bor? A) pastak , ko`k sulton, ko`lmak B) bardosh, ko`klam, badnafs C) zag`izg`on, maydon, zaynab D) paxsa, sukut, sochiq 20. b va k undoshlari qaysi hususuiyatiga ko`ra bir guruhga mansub? A) lab yoki tish undoshlariga mansubligiga ko`ra B) jarangli yoki jaranglsizligiga ko`ra C) tilning qayerda hosil bo`lishigak o`ra D) portlovchi yoki sirg`aluvchiga ko`ra 21. Qaysi so`z tarkibida portlovchi undosh bor? A) yuzsiz B) vositasiz C) osha D) foizsiz 22. Hozirgi o’zbek tilida jarangsiz juftiga ega jarangli til undoshlar soni nechta? A) 7 B) 8 C) 6 D)5 23. Yam-yashil so’zida nechta unli va nechta undosh tovush bor? A) 3ta unli, 3ta undosh B) 5ta unli, 5ta undosh C) 3ta unli, 5ta undosh D) 4ta unli, 4ta undosh 24. Qaysi qatorda nutq va tovushlarning noto’g’ri izoh berilgan? A) Nutq tovushlari unli va undosh tovushlarga bo’linadi B) Unli tovushlar faqat ovozdan iborat C) unli tovushlar bo’g’izdagi un paychalarning havo oqimi ta’sirida tebranishida yuzaga keladi. D) unli tovushlarni talaffuz qilgnda, havo oqimi og’iz bo’shlig’ida qisman to’siqqa uchrab o’tadi 25. Tarkibida unli tovuslar bilan faqat jarangsiz undoshlar ishtirok etgan so’zlar qatorini toping. A) bayon, vazmin, go’zal B) bigiz, kuchuk, joziba C) ko’chat, hiqichoq, sath D) alifbe, andisha, dahshat 26. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari lab tovushlardan iborat? A) papka, shapka, popuk B) vzvod, vojib, vrach C) baraka, badbo’y, vafo D) bevafo, bomba, popup 27. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari til oldi tovushlaridan iborat? A) diyda, joynamoz, latofat B) dilozor, jondor, larza C) jirttaki, laparchi, lahza D) latta, nojins, jodugar 28 . Qaysi qatordagi so’zlrning jarangli undoshlari jarangsiz juftiga aylantirilsa, boshqa so’zlar kelib chiqadi? A) zo’r, zmbil, beva B) go’ja, jag’jag’, dud C) did, jo’ja, bibi D) dod, go’zgoz, goziy 29. Tovushni ikkinchi singnal sistemasi ekanligini ilk bor fanga ma` lum qilgan olim kim? A) V.Reshetov B) A.Pavlov C) Ferdenant de So Syur D) E.Missershmit 30. Nutq tovushlarining uch tomonidan tilshunoslik uchun eng muhimi qaysi tomini hisoblanadi? A) fizologik B) akustik C) ligvistik D) barchasi to`g`ri 31.Quyidagilarning qaysi biri og`izning ochilish darajasi belgisiga kiradi? A) lablangan lablanmaganlik B) oldi qator orqa qator C) tor unli, o`rta tor,keng unli D) bachasi 32. Qaysi qatordagi quyi keng unlilardan so'ng talaffuzda to vush orttirilishi kuzatililadigan so'zlar ko'rsatilgan? 1.dialog; 2) said; 3) voqea; 3.maorif; 5) mushoira; 6) muttassib; 7) shoir. A) 1, 2, 5 В) 1, 2, 3, 5 С) 2, 4, 5, 6, 7 D) 2, 5, 7 33. Til va lab undoshlari yon- ma-yon kelgan so'zlarni belgilang. 1) blok; 2) drama; 3) sabr; 4) fransuz; 5) boks; 6) aft; 7) psixolog; 8) barcha; 9) baxsh; 10) dafn. A) 2, 3, 4, 7, 8, 9, 10 B) 1, 3, 4, 6, 7, 10 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 9 D) 1, 4, 5, 6, 8, 9, 10 34.Qaysi so'zlarning talaffuzida bir sonor boshqa sonorga almashtirib talaffuz etiladi? A) avtobus, avtomat B) maqsad, taqsim C) Samarqand, kitob D) o'n besh, yonma-yon 35. Yopiq bo’g’inlardan biri faqat lab undoshlardan tashkil topgan so’zni belgilang? A) bodomzor B) mafkura C) bolg’a D) konduktor 36.Qaysi qatordagi so’zlarda faqat jarangli undoshlar bor? A) pastak, ko’ksulton, ko’lmak B) barbod, ko’klam, badnafs C) paxsa, sukut, sochiq D) zag‘izg‘on, jadval, mudir 37.Qaysi qatordagi so‘zlarning undoshlari faqat tilorqa undoshlaridan iborat? A) kukun, katak, grek B) egik, go‘ng, kakao C) kakku, kek, keyin D) ko‘k, gala, geolog 38. Qaysi javobdagi so’zlarda tovush va harflar soni teng emas? A) non, buyuk B) yog‘, suv C) yosh, tong D) yurak, ot 39. Quyida berilgan tez aytishlarning qaysi birida faqat lablanmagan unlilar ishtirok etgan? A) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi B) O’tkir o‘tkir o’roqda o‘t o‘rdi C) To‘p-to‘p ko‘k koptok, har bir to’pda ko‘p koptok D) Hali Vali, Soli sholi o’rdi 40. Jarangli tiloldi undoshlari qator kelgan so’zlarni belgilang. 1) qasr; 2) davr, 3) amr; 4) qadr; 5) qayd; 6) burj; 7)ganj; 8)nazm. A) 2, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 7, 8 Download 19.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling