2. Dasturning asosiy ish soxalari va tushunchalari. Macromedia Flash dasturining ish qurollar soxasi
Download 203.19 Kb.
|
2. Dasturning asosiy ish soxalari va tushunchalari. Macromedia F-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Кadr (Frames - Кadr)
- Belgilar (Symbol - Simvol)
Кatlam (Layer - Sloy) - xar bir grafik muxarrirlaridek Flash dasturida ham qatlamlardan foydalanamiz. Qaysi qatlam yuqorida joylashgan bo’lsa shu qatlam ob’ektlar boshqalar ustida ko’rsatiladi. Кatlamni ko’rinmas yoki o’zgartiruvchan emas xolatga o’tkazish mumkin. Кatlamlar oddiy, harakat traektoriya qatlami yoki maska (paydo bo’lish) qatlam ko’rinishida bo’lishi mumkin. Bir vaqtdagi bir nechta xar hil harakatlar uchun xar hil qatlamlar kerak.
Кadr (Frames - Кadr) - Flash va ko’pkina animasion muxarrirlar hamda video montaj dasturlar asosida kadrlar ketma ketligi joylashgan. Кadrni siz o’zingiz chizib yaratishingiz yoki dastur uni o’zi avtomatik yaratishi mumkin. Кadrlar ichida boshqaruv kadr (keyframes - klyuchevoy kadr) tushunchasi mavjud bo’lib, u harakat traektoriyasining nuqtalarini belgilaydi. Avtomatik yaratilgan kadrlar esa ikki hil bo’ladi: shakllar geometriyasini o’zgarishi (shape tweening) yoki boshqaruv kadrlar o’zgarishi (motion tweening) asosida yaratilgan kadrlar . Кadrlar ustidan bajariladigan asosiy amallar F7 yoki Vstavka menyusida Vstavit pustoy klyuchevoy kadr (Insert blank keyfrme) - aktiv qatlamda yangi bo’sh boshqaruv kadr yaratish. F6 yoki Vstavka menyusida Кlyuchevoy kadr (Insert keyframe) - aktiv qatlamda keyingi boshqaruv kadrini yaratish Shift+F6 yoki Vstavka menyusida Ochistit klyuchevoy kadr (Clear keyframe) - aktiv qatlamda tanlangan boshqaruv kadrini tozalash F5 yoki Vstavka menyusida Кadr (Insert frame) - aktiv qatlamda bo’sh kadrini yaratish Shift+F5 yoki Vstavka menyusida Udalit kadr (Remove frames) - aktiv qatlamda tanlangan kadrini tozalash Belgilar (Symbol - Simvol) - Flash dasturning asosiy elementlaridan biri. U oddiy grafik yoki bir nechta qatlamdan iborat murakab grafik tasvir (graphic), animasiyalashgan klip (movie clip) yoki aktiv tugma (button) ko’rinishida bo’lishi mumkin. Har bitta belgi o’z ichiga bir nechta boshqa belgilarni olishi mumkin bo’lganligi sababli Flash dasturida ishlash juda qulay. Yangi belgi yaratish uchun Ctrl+F8 yoki Vstavka menyusida Novыy simvol (New symbol) buyrig’ini tanlaymiz. Natijada yangi belgining yaratish muloqot oynasi chiqadi, ushbu oynada biz belgi turini (grafik tasvir - graphic, yoki aktiv tugma - button) tanlaymiz va OК tugmasini bosamiz. Yangi belgini boshqa yo’l bilan ham yaratish mumkin. Agar biror bir tasvir qismini sichqoncha bilan tanlab F8 yoki Vstavka menyusida Preobrazovat v simvol (Convert to Symbol) buyrig’ini tanlasangiz, u xolda Flash shu tasvir asosida siz tanlagan turiga mansub yangi belgi yaratadi Belgining turlari Grafik tasvir (graphic) - bitta kadrdar va bitta yoki bir nechta qatlamlardan iborat belgi. Aktiv tugma (button) – to’rtta kadrdan (Up, Over, Down, Hit) va bitta yoki bir nechta qatlamlardan iborat belgi. Up - tugma oddiy ko’rinishi, Over - sichqoncha kursori tugmaga ko’rsatib turgan ko’rinishi, Down - sichqoncha kursori tugmaga ko’rsatib bosilib tugran ko’rinishi, Hit - tugma aktivlashish soxaning ko’rinishi. Animasiyalashgan klip (movie clip) - cheklanmagan kadrdar va qatlamlardan iborat belgi. Ushbu belgi o’z ichiga bir nechta boshqa belgilarni (grafik tasvirlar, aktiv tugmalar va boshqa animasion kliplarni) olishi mumkin. Download 203.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling