2. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari tarkibida 19 ta Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari


O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi daromadlari


Download 60.09 Kb.
bet3/7
Sana16.06.2023
Hajmi60.09 Kb.
#1497857
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
17 Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg\'armalari byudjetlari

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi daromadlari:
O’zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag’lari;
vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni joylashtirishdan olingan daromadlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi daromadlari:
hisobot choragining so’nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo’yicha tejalgan mablag’lar, kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno;
faoliyat ixtisosligi bo’yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
budjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag’larning bir qismi;
belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag’lar;
homiylikdan olingan mablag’lar hisobidan shakllantiriladi.
Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasiga budjet tashkilotlarining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va ularni ishlab chiqarish bo’yicha xarajatlar o’rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi daromadlari:
tibbiyot tashkilotiga ajratiladigan budjet mablag’lari umumiy hajmining 5 foizigacha bo’lgan miqdorda budjetdan ajratiladigan mablag’lar;
faoliyat ixtisosligi bo’yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
hisobot choragining so’nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo’yicha tejalgan mablag’lar, kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno;
tibbiyot tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag’larning bir qismi;
belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag’lar;
homiylikdan olingan mablag’lar hisobidan shakllantiriladi.
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasiga tibbiyot tashkilotlarining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va ularni ishlab chiqarish bo’yicha xarajatlar o’rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.

Download 60.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling