411 B -Guruh talabasi Mirzakarimov Kamoliddin
Toshkent Tibbiyot akademiyasi SIMULYATSION O’QITISH Kafedrasi
Mavzu:Bachadondan tashqari homiladorlik. Tez yordam algoritmi. Bachadondan tashqari homiladorlik (Ektopik) qachonki, embrion bachadonning ichki qavatidan boshqa joyga o’rnashgan holatida sodir bo’ladi. Bu hayot uchun xavfli asoratlarga olib kelishi mumkin. Ko’pincha ektopik homiladorlikda embrion bachadon naylari (fallopiya nayi)ga o’rnashgan bo’ladi, ammo u tuxumdon yoki qorin bo’shlig’ida ham bo’lishi mumkin. - Bachadondan tashqari homiladorlik homilador ayol uchun halokatli hattoki, o’limga olib kelishi ham mumkin.
- Masalan, bachadon naychasi yorilishi, jiddiy qon yo’qotish va shok holatiga olib keladi. Bunday holatda tez davolanish muhim. Biroq bunda embrionni saqlab qolib bo’lmaydi.
- Qorin bo’shlig’ida og’riq — bu ko’pincha tos suyagining pastki qismida paydo bo’ladi;
- Vaginal qon ketish — qon hayz davridagi qonga nisbatan holati suyuqroq, ochroq yoki to’qroq rangdagi ajralma bo’ladi. U shuningdek, yopishqoqligi kam bo’lishi ham mumkin;
- Yelkada og’riq — bu holat ichki qon ketishini ko’rsatadi. Qon ketish diafragma nervini qo’zg’atib, sohada og’riq paydo bo’lishiga sabab bo’ladi;
- Hushdan ketish yoki kollaps — bu holat jiddiy qon yo’qotish holatidan so’ng kelib chiqishi mumkin.
Diagnostika
BTH asoratlari
- Ichki qon ketish: bu shok va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Qachonki davolash kechiktirilganda, bu xavf ortadi.
- Bachadon (Fallop) naylarining shikastlanishi: bu kelajakda homilador bo’lishda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin.
- Bitta fallop naychasini olib tashlash natijasida ham homilador bo’lish mumkin. Agar ikalasi ham olib tashlansa, odamlar uchun homilador bo’lishda in vitro urug’lantirish yagona imkoniyat bo’lib qoladi
Davolash - Xirurgik. Ichki qon ketish belgilari bo’lgan barcha favqulodda vaziyatlarda jarrohlik aralashuviga murojaat qilinadi. Aksariyat hollarda laparoskopik operatsiya o’tkaziladi, bunda faqat homilalik tuxumi yoki yorilish qayd qilinganda bachadon naylari olib tashlanadi;
- Kimyoterapiya. Metotreksat bilan davolash homiladorlikning dastlabki davrida samarali bo’ladi. Bunda preparat homilalik tuxumining rivojlanishini to’xtatadi va so’riltirib yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |