2-davolash ishi fakulteti


Download 57.3 Kb.
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi57.3 Kb.
#1829411
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Informatika telegram tarmog\'i


TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
2-DAVOLASH ISHI FAKULTETI

117-A- gurux TALABASI

Saidahmadova Rayhonaning

INFORMATIKA
fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Saidahmadova Rayhona
MAVZU: Telegram tarmog'i
MAVZU: TELEGRAM TARMOG’I
Telegram — tezkor xabar almashish vositasi. Oddiy foydalanuvchilar matn xabarlashuvdan tashqari bir-birlariga har birining hajmi 2 GB gacha boʻlgan tasvir, video, audio va har xil fayllar yuborishlari hamda ovozli va video qoʻngʻiroqlarni amalga oshirishlari, kanal va guruhlarda ovozli hamda video chatlarda qatnashishlari mumkin.
Dastur Google, Android, Apple iOS, Microsoft Windows, Blackberry, MacOS, Linux va Windows Phone uchun mavjud.
Telegram foydalanuvchilari oʻz mobil telefon raqamlari orqali roʻyxatdan oʻtadilar. „Telegram“ loyihasi Pavel Durov tomonidan oʻylab topilgan.
Dunyodagi eng tezkor xabar almashish ilovasi. Bu bepul va xavfsiz.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Telegram 2013-yilda aka-uka Nikolay va Pavel Durovlar tomonidan ishlab chiqilgan. 2013-yilning oktabr oyida Telegramda kunlik 100,000 foydalanuvchi bor edi. 2014-yil 24-martda esa Telegram oʻzida 35 million oylik va 15 million kunlik foydalanuvchisi borligini eʼlon qildi.[manba kerak] 2014-yil dekabr oyida Telegram kunlik 1 milliard xabar yuboradigan 50 million foydalanuvchisi borligini va auditoriyasi haftasiga bir millionga koʻpayayotganini eʼlon qildi.
2018-yil martida Telegram 200 millionlik oylik faol foydalanuvchiga erishdi. Oʻtgan yili, 2020-yil aprel oyida 400 million faol foydalanuvchiga erishganligini maʼlum qildi. 2021-yil yanvar oyi esa bu koʻrsatkich 500 milliondan oshdi.
Ushbu foydalanuvchilar oʻsishi sababli esa Telegram Sentabr oyida maʼlumotlar saqlash formatini int32’dan int64’ga oʻtkazdi. Bu esa eski versiyalarni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatish majburiyatini hosil qildi va Dekabr oyida eski versiyalar ishlashdan toʻxtadi.
2013-yil 14-avgustda iOS kompaniyasi Apple foydalanuvchilariga „Telegram“ dasturini taqdim qildi. Shu yili 22-avgustda esa Android foydalanuvchilari bu dasturda foydalana boshlashdi.
Telegram dasturi MTProto protokoli asosida ishlaydi.
Telagram messenjeri obligasiyalar sotish orqali 1 milliard dollarlik sarmoya jalb qildi. Durovning maʼlum qilishicha, Telegramʼning asosiy maqsadi kelajakda oʻnlab yillar yoki asrlar davomida insoniyatga xizmat qilishi mumkin boʻlgan moliyaviy barqaror loyihaga aylanish boʻlib, 1 milliard dollar sarmoyaning jalb qilingani ushbu maqsadga erishish yoʻlidagi yana bir qadam boʻlgan. Investorlar orasida BAAning „Mubadala Investment Company“ hamda „Abu Dhabi Catalyst Partners“ kompaniyasi bor[1].

Download 57.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling