2-davolash ishi fakulteti


Yangilanishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]


Download 57.3 Kb.
bet2/5
Sana31.01.2024
Hajmi57.3 Kb.
#1829411
1   2   3   4   5
Bog'liq
Informatika telegram tarmog\'i

Yangilanishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]


Telegram dasturi 2021-yil mart oyida cheksiz foydalanuvchilarni qoʻshgan holda muloqot qilish imkonini beruvchi ovozli chatni taqdim etdi[2]. Iyul oyida esa 30 kishiik videokonferensiyasida har bir ishtirokchi oʻz ekranidan skrin koʻrsata olish imkoniyatiga ega boʻldi[3]. Avgust oyi oxirida esa Telegram Ovozli va Video chatlarni Jonli efirlar[4] deya nomladi. Sentabr oyidagi yangilanishda esa Jonli efirlarni yozib olish imkoniyatini ham taqdim etdi[5]. Shunday qilib biz 2021-yilni Reaksiyalar, Yashirin matn, Tarjimon va QR-Kodlar bilan tugatdik.[1]
2022 -yil mart oyida telegram yana bir yangilanishni eʼlon qildi. Bunda koʻra telegram botlarini yaratishda yangi dasturlash tili (JavaScript) qoʻshildi. Endi telegram botlar saytlardan deyarli farq qilmaydi deb xabar qiladi telegram oʻz rasmiy saytida. Bundan tashqari telegram yangi emojilar, stikerlar va toʻgʻridan toʻgʻri kanallar va guruhlardagi postlarni telegramdan chiqmagan xolatda boshqa tillarga tarjim qilish imkoniyati ham yaratdi.
2022-yil 21-iyun kuni Telegram foydalanuvchilari soni 700 milliondan oshganini eʼlon qildi va shu munosabat bilan Telegram Premium obunasini eʼlon qildi.Telegram Premium obunasi oʻz ichiga bir qancha qulayliklarni jamlaydi. Shu jumladan, oʻzaro har birining hajmi 4 GB gacha fayl (video, audio, tasvir va boshqa) lar almashinish imkoniyati, katta tezlikda fayllar yuklanishi, xabarlar tarkibidagi bejirim animatsion emojilar, 1 000 ta gacha (oddiy versiyasida 500 ta gacha) kanallarga va katta guruhlarga aʼzo boʻla olish, 20 ta gacha chatlar jildlari, 10 ta gacha (oddiy versiyasida 5 ta gacha) qadalgan chatlar, 400 ta gacha (oddiy versiyasida 200 ta gacha) saqlangan animatsiya (gif) lar, "Oʻzingiz haqingizda " boʻlimida uzunroq tavsif, ovozli habarlarni matn shaklida qabul qilish, noyob stikerlar va reaksiyalar jamlanmalari, nikneym oxiridagi premium belgisi va boshqa koʻplab funksiyalar. 29-avgust 2022-yil holatiga koʻra Telegram rasmiy saytidan yuklab olingan ilovasi uchun premium obuna narxi bir oyga 3.99 AQSH Dollarini tashkil qiladi


Bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ommalashayotgan, jumladan, bizning yurtimizda ham deyarli har bitta internet foydalanuvchisiga yaxshi tanish bo‘lgan Telegram messenjeri bundan bir necha yil muqaddam rossiyalik dasturchi aka-ukalar tomonidan yaratilgan.
Telegram messenjeriga VKontakte ijtimoiy tarmog‘ini yaratgan aka-uka Pavel va Nikolay Durovlar tomonidan asos solingan. Pavel Durovning qayd etishicha, u 2011 yildan boshlab o‘zaro xabarlar va fayllar almashishga yordam beradigan messenjer yaratish ustida jiddiy bosh qotirgan. Aslida, Telegram avvalida ijtimoiy messenjer vazifasini bajarishga mo‘ljallanmagan, balki u ikkala aka-uka orasida o‘zaro suhbat uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilgan edi, deb yozadi Telegram-Free nashri.
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling