Sochma sement yuklash qoidalari
Download 16.27 Kb.
|
Sochma sement yuklash qoidalari
Sochma sement yuklash qoidalari O’zingiz uchun xavsiz xudud yarating xavfsizlik talablariga rioya qiling Ishlab chiqarish hududida maxsus kiyimni kiyish shart , himoya kaskasi to’g’ri kiyilgan va ipi tortilgan bolishi kerak, maxsus oyoq kiyim kiyilishi lozim, maxsus kiyimning tugmalari qadalgan va yengining ham tugmalari qadalgan bulishi kerak. Zavod hududida mashinalardan extiyot bo’ling baxtsiz xodisa ruy berishiga yo’l quymang. Zinalardan chiqib tushishda tutqichlarni ushlab chiqib tushish kerak . Sement yuklash uchun maxsus joyga chiqqanda xavfsizlik kamarini iplari uzilmagan kuymagan va ishga yaroqli ekanligini tekshiring mashina ustiga utish uchun o’rnatilgan maxsus yulakchaning tross va zanzirlari sinmagan uzinmaganligini tekshiring va uni xavfsiz ekanligiga ishonch xosil qiling. Yuqoridagi trampling ya’ni maxsus o’rnatilgan tross va konstruksiya mustahkamligini tekshiring. Mashinani ustiga utish paytida yulakchani tushirayotganda kiyimingizni ilib qolishiga yo’l qo’ymang Mashina tuxtagandan so’ng uni tormoz mexanizmi tortilganiga ishonch xosil qiling Xar bir mashina metan gaz baloni bilan jixozlangan shu sababda imkon boricha chekmang. Haydovchidan yuk xujjatini oling va undagi sement turi yuk miqdori va mashina raqamini to’g’ri ekanligini tekshiring, haydovchi imzosini tekshiring va hammasi to’g’ri ekanligiga ishoch hosil qilgach o’zingiz ham imzo quying va bitta hujjatni o’zingizda qoldiring bittasini haydovchiga qaytaring. Mashina qopqog’iga yuklovchi klapanni to’g’irlang va tushiring yuklovchi klapan to’liq ochilganligiga ishonch xosil qiling ; aks xolda semen tiqilib qolishi mumkin natejada ish samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi hamda trosning o’zilishi agarda holat jiddiy bo’lsa klapanni ko’tarib tushiruvchi matorning kuyishigacha olib kelishi mumkin, bunday holat o’zingiz va bo’linma uchun moddiy va manaviy salbiy oqibatga olib keladi uskunalar bilan ishlashda extiyotkor bo’ling. Klapan to’liq ochilgandan so’ng sementni oching buning uchun maxsus boshqaruv pultidagi yashil tugmachani bosing va sement tushayotganiga ishonch hosil qiling. Sement tushib boshlagan vaqtni belgilang va yuklash yakunlanishini kuting. Sement yuklash yakunlangandan so’ng (klapan atrofidan sement changi chiqib boshlaganda yuklashni tuxtating) sementni yopish uchun boshqaruv pultidan qizil tugmachani bosing va klapanni yo’qoriga mashinadan juda kop bo’lmagan balandlikgacha ko’taring (bunda klapanni pastga tushirish va yo’qoriga kutarish uchun boshqaruv pultidan qizil tugmachaning pastida turgan tugma klapanni yuqoriga ko’taradi uning pastidagi keyingi tugmacha klapanni pastga tushiradi). Agarda sement yopilib klapan yuqoriga ko’tarilgandan so’ng extimoliy fovqulotda xolat bolib sement oqishi tuxtamasa boshqaruv pultidagi eng yuqorida turgan qizil tuma ya’ni fovqulotda o’chirish tugmasi bosiladi, fovqulotda o’chirish tugmasi bosilganda oraliq sement bunkeriga xavo bosimi beruvchi compressor o’chadi va favqulotda o’chirish tugmasi ochilmaguncha uni qayta ishga tushirish imkonini cheklaydi; favqulotda o’chirish tugmasini ochish uchun bosilgan qizil tugmani soat strelkasi buylab ozgina burash yetarli. Sement yuklash yakunlangandan so’ng mashina ustiga to’kilgan sementni supirib tashlang va o’z joyingizga qaytib maxsus qo’shimcha yulakchanu ko’taring va mashinani ketishiga ruxsat bering. Yuklashni boshlagan vaqtingizni va yuklash yakunlangan vaqt haqida guruhga xabar bering agarda belgilangan limitdan (20 daqiqadan) oshib ketsa navbatchi Xitoylikga xabar beriladi va muammo xal qilinadi. Asosiysi xushyor va sergak bo’ling uxlamang uzoq vaqt telifondan foydalanmang va ishdan chalg’ituvchi boshqa ishlar bilan shug’ullanmang. Ko’proq narsa o’rganishga harakat qiling o’zboshimchalik bilan ish tutmang ustozlardan koproq narsa o’rganing va o’z ustingizda ko’proq ishlang. Download 16.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling