2. Detalning xizmat vazifasi 3
Detalning xizmat vazifasi
Download 0.56 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Detal tuzilishining texnologiklikligi va uning miqdoriy ko‘rsatkichlari
2. Detalning xizmat vazifasiVal detali sanoatda, xalq xo‘jaligida mashina, mexanizm va uzellarda juda ko‘plab foydalaniladi. “Val” detali Po‘lat 50 GOST 7805-88 dan tayoorlanadi va bu material o‘rniga Po‘lat 55, Po‘lat 50G, Po‘lat 50G2, Po‘lat 45 lardan foydalanishimiz mumkin. “Val” detali og‘irligi KOMPAS dasturi bo‘yicha 0,9kg tashkil qladi. Bizga berilgan “Val” detalimizda A, B, V, G, D, F, Ye, A1, yuzalar mavjud bo‘lib G va Ye yuzalarda shponka arikchasi bo‘lib yuza tozaligi Ra=2,5mkm ni tashkil qiladi, D va B yuzalarga pashivnik qotirilgani uchun Ra=1,25mkm ni tashkil qiladi, Ye yuzada markaz bo‘lib bu zvyozdochka bilan maxkamlash uchun xizmat qiladi va zvyozdochkani valdan chiqib ketmasligni tamirlaydi. Ushbu yuza tozaligini hosil qilish uchun mexanik ishlov berish jarayonida tokarlik qora va toza ishlov berish va doiraviy jilvirlash dastgoxida qora va toza ishlov berish talab etiladi. Detalimizning qolgan yuzalari ish jarayonida muxim ahamiyat kasb etmaganligi sababli yuza tozaliklari Rz=40 mkm ni tashkil qiladi. Berilgan val detali Po‘lat 50 materialidan GOST 7850 – 88 bo‘yicha tayyorlanadi. Po‘lat tarkibida uglerod va bir qator doimiy yoki o‘zgarmas aralashmalardan: C=0.47-0.55%, Mn=0.5-0.8%, Si=0.17-0.37%, S=0.04%, R=0.035%, Cr=0.25%, As=0.08%, Cu=0.25%, va boshqalardan tashkil topgan ko‘p tarkibli qotishma hisoblanadi. Po‘lat 50 materialining GOST 7850-88 bo‘yicha o‘rtacha fizik va mexanik xossalar 1-jadval.
Materialni mumkin bo‘lgan almashtirish fizik-mexanik xossalarini keltiramiz. Detal materialining almashtirish mumkin bo‘lgan variantlari 2-jadval.
Detalni tayyorlashda bajarilgan bunday talab mexanizm ish faoliyati davomida detalning aniq ishlashi va uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlaydi. 3. Detal tuzilishining texnologiklikligi va uning miqdoriy ko‘rsatkichlari Ishlab chiqarish ob’yekti bo‘lgan mahsulot konstruksiyasini texnologikligi quyidagi nuqtai nazarlar bo‘yicha taxlil qilinadi. Qo‘llaniladigan materialning markasi va olinish usuli turi xom–ashyoni ko‘rinishi va tayyorlash uslublari. Detalning ishchi chizmasini taxlil qilish shuni ko‘rsatadiki detalni ishchi vazifasini o‘zgartirmagan holda uni tuzilishi elementlarini qisqartirish imkoniyati yo‘q. Detal tuzilishi xom–ashyo olishni rasional usullaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Zagotovka tuzilishi va mustaxkamligi va uni unumdorligini yuqori bo‘lgan ishlov berish usullaridan foydalanishni chegaralanmaydi. Materialni ishlov beriluvchanligi lezviyali va obraziv asboblardan foydalanishga imkon beradi. Texnologiklik va aniqlik bo‘yicha taxlil texnologik jarayon marshrutini tuzish dastgohlarni nazorat ishlarini aniqlashga negiz bo‘lib qoladi. Detal konstrusiyasini texnologikligi –– konstrusiyasini shunday xossalari yig‘indisiki bunda bir xil sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan bir xil sharoitda tayyorlangan va ekspluatasiya qilinadigan o‘xshash konstruksiyasiga ega bo‘lgan maxsulotga nisbatan yanada samarador texnologiyalar bilan ishlov berish ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Detalni texnologilikka taxlil qilish ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni muxim masalasidir. Loyixalanayotgan detalni chizmasini taxlili shuni ko‘rsatadiki detalni ishchi vazifasini o‘zgartirmagan holda uni tuzilishi elementlarini qisqartirish imkoni yo‘q. Ishlov berishda qiyinchilik tug‘diradigan va maqsadga muvofiq bo‘lmagan yuzalar G va Ye bo‘lib bu yuzalarda shponka ariqchasi bo‘lib ishlov berishda maxsus moslamadan foydalanamiz. Bajarilgan taxlil quyidagi koeffisentlarni aniqlashga imkon beradi. Konstruktiv elementlarni unifikasiyasini koeffisenti. bu yerda: Qy.e va Qe unifikasiyalangan konstruktiv elementlar soni va detalni hamma elementlar soni Materiallardan foydalanish koeffisenti. q––detal og‘irligi, q=0.9 kg Q––zagotovka og‘irligi, Q =1.4 kg. . Ishlov berish aniqligi koeffisenti. bu yerda: Yuzalar g‘adir–budurlik koeffisenti. bu yerda: Bajarilgan taxlil yig‘uv birikmaning berilgan detalni to‘g‘ri loyixalashga imkon beradi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling