Ma'ruza Mavzu Temirbeton mahsulotlari va Konstruksiyalarini armaturalash. Reja
Download 17.89 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
- Po’latli armatura klassifikatsiyasi.
14-15-Ma'ruza Mavzu.. Temirbeton mahsulotlari va Konstruksiyalarini armaturalash. Reja 1.Temirbeton mahsulotlari va konstruksiyalarini armaturalash. 2.Armaturaning sinflanishi. 3.Temirbeton mahsulotlari va konstruksiyalarini loyihalash. 4.Armaturani tortish usullari. Quyma temirbeton texnologiyasi Tayanch so’zlar: po’latli armatura, qizdirib prokatlangan, termik mustahkamlangan, sovuq holda tortilgan, novdali (prutkoviy) va o’ramli (buxta) po’lat armaturalar. Temir-beton mahsulotlari va konstruksiyalarini armaturalash. Beton, boshqa tosh materiallari kabi egilish va cho’zilishga qarshiligi past, lekin armatura bilan birgalikda uning mexanik xususiyatlari yaxshilanadi. Betonning mexanik xususiyatlarini yaxshilanishiga armatura bilan betonni yaxshi tishlashishi tufayli bo’lib, bu ikki material orasidagi yukni ratsional bo’linishini ta’minlaydi. Birgalikda ishlashni muhimligi, po’lat va betonning issiqlikdan kengayish, qiymatini yaqinligi bo’lib, kontakt zonasida haroratning o’zgarishida ichki kuchlanish kamayadi va bundan tashqari beton armaturani korroziyadan mustahkam saqlaydi. Shuning uchun beton konstruksiyalari armaturalanadi. Tishlashishni oshirish uchun davriy profilli, shuningdek, payvandlangan to’r va karkaslar qo’llaniladi. Po’latli armatura klassifikatsiyasi. Betonni armaturalash uchun asosan uglerodli va past legirlangan po’lat armaturadan foydalaniladi. Po’lat armatura quyidagicha klassifikatsiyalanadi: asosiy texnologiyasi bo’yicha – qizdirib prokatlangan, termik mustahkamlangan, sovuq holda tortilgan; konstruksiyada qo’llash sharoitiga ko’ra – zo’riqtirilgan va zo’riqtirilmagan; profili bo’yicha-silliq va davriy profilli; kimyoviy tarkibi bo’yicha – asosiy kimyoviy elementlarni tarkibida aniqlanishicha markalarga ajratiladi; xususiyati bo’yicha yumshoq va qattiq; yetkazib berish sharoiti bo’yicha – novdali (prutkoviy) va o’ramli (buxta) po’lat armaturalar. Novdali po’lat sterjenlar uzunligi 6-12 m ko’rinishida, alohida buyurtma uchun 18 gacha va hatto 25 m gacha, diametri 10 mm dan ortiq, og’irligi 5 t gacha bo’lgan pachkalar holida yetkaziladi. Diametri 10 mm dan kam va uzunligi 200 m gacha bo’lgan shuningdek o’rama simli armaturalarni o’ralgan (buxta) holida yetkazib beriladi. Mamlakatimiz sanoatlarida har xil fizika-mexanik xossalarga ega bo’lgan 3-90 mm diametrda po’latli armatura ishlab chiqariladi (2.16-jadval). Download 17.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling