Ma'ruza Mavzu Temirbeton mahsulotlari va Konstruksiyalarini armaturalash. Reja
Temir-beton mahsulotlarini armaturalash texnologiyasi
Download 17.89 Kb.
|
1-mavzu
Temir-beton mahsulotlarini armaturalash texnologiyasi. Temir-beton konstruksiyalarni armaturalash ishlab chiqarishdagi muhim element, ma’lum darajada bino va inshootlarning uzoq muddatga chidamliligini aniqlaydi.
Konstruksiya tarkibida armaturaning holati qat’iy belgilangan. Armaturani qoplovchi va uning atrofida ishqorli muhitni hosil qiluvchi, po’lat korroziyasining oldini oluvchi, betonning himoya qatlami qalinligiga aloxida e’tibor beriladi. Mahsulotda armaturaning loyihaviy holati betonlanguncha qayd qilib turiladi. Armatura inventar moslama yoki bir marotaba qo’llanalinadigan qurilma bilan mahkamlanadi. Mahsulotni gorizontal holatda qoliplashda qotirib o’rnatuvchi sifatida inventar guruhli fiksatorlar qo’llaniladi. Qaysiki poddon qolipi bortiga teshiklar orqali ikki joyda panel uzunligi bo’yicha o’tqaziladi. Kassetali qurilmalarda to’r va karkaslarni fiksatsiyalash diametri 16-18mm li shpilьka ko’rinishdagi fiksatorlar ishlatiladi, tashqi tamondan sterjenga tayanch plastinkalar payvandlanadi, pastdan tiraladigan stollarga o’rnatiladi. Bir mahsulotga sakkizgachan fiksator ishlatiladi. Qoliplash tugashidan avval fiksatorlar kran yordamida ajratib olinadi. Ko’taruvchi ilgaklari G ko’rinishdagi sterjnlar yordamida qolip bortidagi teshiklarga kirgazib yoki vintli fiksatorlar bilan fiksatsiyalanadi. Bir marotabali fiksatorlar metall, qorishma va plastmassadan tayyorlanadi. Metall fiksatorlar shtamplangan va egilgan simdan bo’ladi. To’rlarni armaturaning bir necha joyidan kesish va uchini egish bilan fiksatsiyalanadi. Quvur turidagi mahsulotlarda armatura o’rami orasida joylashtirilgan payvandlangan sim ramkalar qo’llaniladi. Qum-sement qorishmali fiksatorlarni armaturaga biriktirmasdan taglik sifatida qo’llaniladi. Asbestsementli fiksatorlarni brus va plastika ko’rinishida tayyorlanadi. Plastmassali fiksatorlarni taglik, taglik-halqa, ilgakli taglik, g’ildirak shaklida tayyorlanadi. O’rnatiladigan detallar armatura karkasiga payvandlanadi yoki qolipga vintlanadi, kleylanadi va boshqa vositalar bilan biriktiriladi. Og’ir armatura karkaslarni mexanizatsiyalashgan usul,kran telьfer, maxsus o’ziyurar armatura o’rnatuvchi bilan joylashtiriladi. Download 17.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling