2-e biologiya Talabasi bayramova Zulfiyaning immunitet va vaksinatsiya mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi


Download 0.96 Mb.
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1542297
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bayramova Zulfiya Immunitet va Vaksinatsiya

Vaksina

  • Vaksina
  • Vaksina bu yuqumli kasalliklarga qarshi immunitetni yaratish uchun mo‘ljallangan tibbiy preparat. Vaksina zaiflashgan yoki o‘ldirilgan mikroorganizmlardan yoki ularning genetik muhandislik yoki kimyoviy vositalar yordamida olingan antigenalaridan tayyorlanadi.
  • Emlash tamoyillari
  • Emlash organizmda maʼlum xotira hujayralari paydo bo‘lishi orqali moslashuvchan immunitet reaksiyasini rag‘batlantiradi. Keyinchalik shu agent bilan infeksiyalanish tezkor immun reaksiyasini keltirib chiqaradi.
  • ➖ Tirik vaksinalar. Jonli vaksinalar zararsiz zaiflashgan mikroorganizmlarning shtammlari asosida tayyorlanadi. Vaksinaning shtammlari emlangan inson tanasida ko‘payadi va emlash infeksiyasi jarayonini keltirib chiqaradi. Emlangan insonlarning aksariyatida emlash infeksiyasi aniq klinik belgilarsiz o‘tadi va barqaror immunitetning shakllanishiga olib keladi. Jonli vaksinalar qatoriga quyidagilar kiradi: qizilcha, qizamiq, poliomiyelit, sil kasalligi, tepkiga qarshi emlash vaksinalari.
  • ➖ Korpuskulyar vaksinalar. Korpuskulyar vaksinalar zaiflashgan yoki o‘ldirilgan mikroblarni (virionlarni) o‘z ichiga oladi.
  • ➖ Kimyoviy vaksinalar. Kimyoviy vaksinalar mikrobial hujayralardan olingan antigen tarkibiy qismlardan yaratiladi. Bunda, mikroorganizmning immunogen xususiyatlarini aniqlaydigan antigenlar ajratib olinadi.

➖ Rekombinant vaksinalar. Ushbu vaksinalarni ishlab chiqarish uchun genetik muhandislik usullar qo‘llanilib, antigen ishlab chiqaradigan xamirturush hujayralariga mikroorganizmning genetik materiali kiritiladi. Xamirturushni o‘stirgandan so‘ng, kerakli antigen ajratib olinadi, so‘ng tozalanib vaksina tayyorlanadi. Bunday vaksinalarning misoli - gepatit B vaksinasi, shuningdek, odam papilloma virusiga qarshi vaksina.

  • ➖ Rekombinant vaksinalar. Ushbu vaksinalarni ishlab chiqarish uchun genetik muhandislik usullar qo‘llanilib, antigen ishlab chiqaradigan xamirturush hujayralariga mikroorganizmning genetik materiali kiritiladi. Xamirturushni o‘stirgandan so‘ng, kerakli antigen ajratib olinadi, so‘ng tozalanib vaksina tayyorlanadi. Bunday vaksinalarning misoli - gepatit B vaksinasi, shuningdek, odam papilloma virusiga qarshi vaksina.
  • Odam va hayvonning yuqumli kasalliklarigi qarshi immunoprofilaktika va immunoterapiya maqsadida faol immunitet hosil qilishi uchun ishlatiladigan biologik moddalar “vaksinalar” deyiladi. Vaksinalar bir nechta muhim talablarga javob berishi, chunonchi organizm uchun zararsiz, unga yuborilganda tana haroratini oshirmasligi (apirogen), yuqori darajada immunogen, oson yo’l bilan olinadigan, uzoq vaqtgacha sifati buzilmay va emlashga qulay bo’lishi kerak. Vaksinalar maxsus tanlab olingan viruslarning yoki mikroorganizmlarning shtammlaridan tayyorlanadi. Bunday shtammlar vaksina shtammlari deyiladi. Ular boshqa shu turdagi shtammlardan avirulentligi (zahari past) va yuqor darajada immunitetligi (kuchli immunitet chaqiradi) bilan farq qiladi.
  • Vaksina unchalik kuchli bo’lmagan viruslardan tayyorlanadi. Lekin ularning immunitet chaqirish xususiyati juda yuqori bo’lishi kerak. Bunday toifadagi viruslar maxsus oziqli muhitlarda, qulay sharoitda qayta-qayta ekib o’stiriladi va nazorat qilib boriladi. Viruslar bir necha bor qayta ekilganida ular o’zining patogenligini, ya’ni kasallik chaqirish xususiyatini yo’qotib boradi. Ammo kuchli immunitet chaqirish odatini kamaytirmasligi kerak. Virus zarrachalari laboratoriya sharoitida tovuq embirionlari (tuxum ichida), odam yoki maymun hujayra kul`turalarida ko’paytiriladi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling