Tirik vaksinalarning kamchiligi ham mavjud: darhaqiqat organizm uchun mutlaqo irsiy jihatdan begona bo'lgan nuklein kislota (oqsil) kiritiladi. Organizmdagi avirulent shtammlar patogenlik (zaharga ta'sir etuvchi) tomonga o'zgarishi va vaksina tarkibidagi shtammlari o'stirilayotgan, ekmalardagi begona mikroorganizmlar bilan moslashishi mumkin. Tirik vaksinalarni saqlash muddati juda qisqa. Undan tashqari immuntanqisligi bor odamlarda turli xil noxush asoratlar qoldirishi xavflidir. - Tirik vaksinalarning kamchiligi ham mavjud: darhaqiqat organizm uchun mutlaqo irsiy jihatdan begona bo'lgan nuklein kislota (oqsil) kiritiladi. Organizmdagi avirulent shtammlar patogenlik (zaharga ta'sir etuvchi) tomonga o'zgarishi va vaksina tarkibidagi shtammlari o'stirilayotgan, ekmalardagi begona mikroorganizmlar bilan moslashishi mumkin. Tirik vaksinalarni saqlash muddati juda qisqa. Undan tashqari immuntanqisligi bor odamlarda turli xil noxush asoratlar qoldirishi xavflidir.
- O'ldirilgan vaktsinalar. Yuqori darajada immunitet chaqiradigan zaharli shtammlardan tayyorlanadi. Buning uchun aburulent shtammlar tanlab olinib, fiziologik eritmada suspenziya tayyorlanadi va fizik (qizdiriladi yoki kimyoviy omillar yordamida undan o'ldirilib, undan vaksina tayyorlanadi. O'ldirilgan vaksinalar tirik vaksinalardan quyidagi xususiyati bilan ustun turadi. Turg'unligi, xavfsizligi, tez va oddiy uslubda tayyorlanishi, arzonligi, uzoq vaqt saqlanishi hamda bir necha antigenlarni qo'shish mumkinligidir. Salbiy tomonlari: mikroorganizmlarning to'liq o'ldirilganligini nazorat qilish qisqa va kuchsiz immunitet chaqirishi, shuning uchun qayta rivaksinatsiya qilish parenterial yo'l bilan kiritilgani bois mahalliy immunitetning rivojlanmasligi, immunozaif organizmga kiritilganida allergik reaksiyalar berishi mumkin.
Anatoksinlar. Kasallikning rivojlanish mexanizmida enzotoksinlar (tashqi zaxar)ga ega mikroblar ko'paytirilib, ulardan ekzotoksinlar ajratib olinadi. Qizig'i shundaki, ekzotoksinlarga 0,3 foizli formalin qo'shilsa va 40 gradus issiqlikda termostatda 30 kun saqlansa, toksinning zaharlilik xususiyati mutlaqo yo'qoladi, ammo antigenlik va immunitetni saqlash xossasi saqlanib qolinadi. - Anatoksinlar. Kasallikning rivojlanish mexanizmida enzotoksinlar (tashqi zaxar)ga ega mikroblar ko'paytirilib, ulardan ekzotoksinlar ajratib olinadi. Qizig'i shundaki, ekzotoksinlarga 0,3 foizli formalin qo'shilsa va 40 gradus issiqlikda termostatda 30 kun saqlansa, toksinning zaharlilik xususiyati mutlaqo yo'qoladi, ammo antigenlik va immunitetni saqlash xossasi saqlanib qolinadi.
- Anatoksinlar salkam yuz yildan beri bo'g'ma, qoqshol va vabo kabi kasalliklarning immunoprofilaktikasida keng ishlatilmoqda. Keyingi yillarda botulizm va anaerabinfeksiyalariga qarshi antoksinlar ishlab chiqarilmoqda.
- Kimyoviy vaksinalar. Bular kimyoviy usullar yordamida bakteriya va hujayralardan yuqori darajadagi immunogenlik xuususiyatiga ega bo'lgan antigenlarni ajratib olib tayyorlanadi. Bunda patogen mikroorganizmlarning virulent antigentlaridan foydalaniladi. Natijada vaksinaning asta-sekin so'rilishi hisobiga antigenlarni uzoq vaqt immun tizimiga ta'sir etib turish ta'minlanadi. Kimyoviy vaksinaning asta-sekin so'rilishi hisobiga, antigenlarni uzoq vaqt immun tizimiga ta'sir etib turishi ta'minlanadi. Kimyoviy vaksinalarning birmuncha afzalliklari bor. Jumladan ular uzoq muddat kiritilgan joyda saqlanadi, organizmda allergik reaksiyalar chaqirmaydi, qo'shimcha asoratlar qoldirmaydi va bir necha xil mikroblar antigenlarini birlashtirib, ulardan hamkorlikda ta'sir qiladigan vaksinalar tayyorlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |