- Bugun profilaktika yuqumli kasalliklarning paydo bo'lishi va tarqalishini oldini olishdan ogoh etuvchi eng samarali chora-tadbirlardan hisoblanadi. Maxsus profilaktika (vaktsinasiya) — bu aholi o'ziga profilaktik emlanish yo'li bilan u yoki bu infeksiyaga nisbatan qarshilik ko'rsatish demakdir. Oxirgi 40 yilda profilaktik emlanish qizamiq, difteriya, ko'k yo'tal, poliomielit, epidemik parotit, “V” gipateti, qizilcha, sil, gripp, epidemik parotit va qoqshol kabi yuqumli kasalliklar bilan kurashishda muhim ahamiyat kasb etdi.
- Maxsus profilaktika usullarini qo’llash tufayli asosiy yuqumli kasalliklar er yuzidan mutlaqo kamaytirildi, hatto tugatildi ham. Buning hammasi vaksinani qo’llash evaziga amalga oshirildi. Chinchechak (natural`naya ospa) izsiz yo’qotildi, shol (poliomielit), qizamiq, ko’kyo’tal, difteriya, tepki kabi kasalliklar esa minimal darajaga tushirildi. Darhaqiqat, har qanday yuqumli kasalliklarning oldini olish, ya’ni yo’lini qirqishda vaksina, immunzardob va immunoglobulinlar muhim ahamiyatga ega. Bular ichida eng salmoqlisi vaksinadir.
Vaksina (lotinchada vaccine — sigir) terminini tibbiyotga birinchi bo'lib Lui Paster XIXasrda kiritgan. Umuman olganda ayniqsa Osiyo xalqalari orasida azal-azaldan, mexanizmini tushunmasalar ham, ko'pgina yuqumli kasalliklarga ilon, chayon zahriga qarshi emlash usullarini qo'llab kelishgan. Ingliz olimi e. Jenner birinchi bo'lib “tirik” vaksinani kashf etishga muvaffaq bo'lgan va undan odamlarni chinchechak kasalligidan himoya qilish uchun foydalandi. U emlash uchun qo'zg'atuvchini (sigirlar chechagi virusi) sigir sog'uvchi ayollarning qo'liga chiqqan pufakchalar ichidagi suyuqlikdan olgan. Sigir chechagi virusi odam chechagi virusi bilan bir-biriga juda o'xshash, lekin sigir chechagi virusining zaharlilik darajasi odamnikidan ancha past. Olim sigir sog'uvchi ayollarning boshqalarga nisbatan kasalikka chalinmasligini payqab qolgan, keyinroq sigir chechagi tirik viruslari bilan odamlarni emlash joriy qilingan. Lekin ular butun olomonni emlash texnikasini amalga oshirmaganlar. - Vaksina (lotinchada vaccine — sigir) terminini tibbiyotga birinchi bo'lib Lui Paster XIXasrda kiritgan. Umuman olganda ayniqsa Osiyo xalqalari orasida azal-azaldan, mexanizmini tushunmasalar ham, ko'pgina yuqumli kasalliklarga ilon, chayon zahriga qarshi emlash usullarini qo'llab kelishgan. Ingliz olimi e. Jenner birinchi bo'lib “tirik” vaksinani kashf etishga muvaffaq bo'lgan va undan odamlarni chinchechak kasalligidan himoya qilish uchun foydalandi. U emlash uchun qo'zg'atuvchini (sigirlar chechagi virusi) sigir sog'uvchi ayollarning qo'liga chiqqan pufakchalar ichidagi suyuqlikdan olgan. Sigir chechagi virusi odam chechagi virusi bilan bir-biriga juda o'xshash, lekin sigir chechagi virusining zaharlilik darajasi odamnikidan ancha past. Olim sigir sog'uvchi ayollarning boshqalarga nisbatan kasalikka chalinmasligini payqab qolgan, keyinroq sigir chechagi tirik viruslari bilan odamlarni emlash joriy qilingan. Lekin ular butun olomonni emlash texnikasini amalga oshirmaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |