2. Elektromexanikaning qonunlari va uning asosiy ko‘rsatkichlari


O‘zgarmas tok motorlarini boshqarish usullari


Download 224.25 Kb.
bet13/17
Sana19.04.2023
Hajmi224.25 Kb.
#1365111
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Bobur aka fanidan javoblar

22.O‘zgarmas tok motorlarini boshqarish usullari.
O‘zgarmas tok dvigatellarini boshqarish usullari: 1) yakor kerakli tezlikka erishishi uchun valda yetarli yurgizib yuboruvchi moment hosil bo‘lishi; 2) yakor cho‘lg‘amlarida dvigatel uchun xavfli bo‘lgan ishga kiritish toklarini hosil bo‘lmasligini ta’minlash kerak. O‘zgarmas tok dvigatellari quyidagi asosiy uch xil usulda ishga tushiriladi:
1. Dvigatelni manbaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash; 2.Yakor cho‘lg‘amiga qo‘shimcha yurgizish qarshiliklarini yoki reostatlarni ulash. 3.Yakor cho‘lg‘amidagi kuchlanishni pasaytirish yordamida yurgizish. Agar n=0 bo‘lsa, Ea=0 bo‘lib (11.1) dan yakordagi ishga kiritish toki bo‘ladi. Iit= (11.1).
Umuman o‘zgarmas tok dvigatellarida Ra=0,02  0,1 bo‘lganligi sababli ishga tushirish toki Iit=(50  10) In ga tenglashishi mumkin. Shuning uchun yakor cho‘lg‘amini to‘g‘ridan-to‘g‘ri manbaga ulash usuli yakor cho‘lg‘amining aktiv qarshiligi katta bo‘lgan kichik quvvatli o‘zgarmas tok dvigatellarida qo‘llaniladi.



11.1-rasm. Parallel qo‘zatish cho‘lg‘amli dvigatelni yurgizish sxemasi
a) reostat yordamida yurgizish; b) qarshiliklar yordamida yurgizish
O‘zgarmas tok dvigatellarining yakor cho‘lg‘amida qo‘shimcha qarshiliklar yoki reostatlar ulab ishga tushirish usuli ko‘p qo‘llaniladi. Bu xolda ishga tushirishning boshlanishida n=0 da Rit - yurgizish reostati yoki yurgizish qarshiliklarining hamma bosqichlari yakor cho‘lg‘amiga ulanganda, yakor tokining ishga tushirish jarayonidagi qiymati (11.2) dan quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
23.Soha rivojlanishiga asos solgan kashfiyotlar va olimlar.

Maxsus elektromexanik o‘zgartkichlarda energiyani tejash fani rivojlanishining dastlabki bosqichlarida juda sodda avtomatik o‘zgartirgichlar qo‘llanilagan edi. Maxsus elektromexanik o’zgartgichlar xaqidagi birinchi ma’lumotlar 1975 yilda X.Gyugens soatga yurishi uchun mayatnikli sozlagichli o‘ylab topib tadbiq etdi. Sozlash va boshqarish masalalarini avtomatik usulga o‘tkazish shuning uchun ham zarur ediki, bora-bora insoniyat xayot faoliyati davomida yaratilayotgan har bir texnik qurilma konstruktiv jihatdan pishiq va puxta, dinamik jihatdan esa mustahkam bo‘lmog‘i zarur edi. Bu shartli terminlar bo‘lib, uning asosida esa quyidagilar yotadi: tizim o‘ziga topshirilgan vazifani talab qilingan darajadagi aniqlikda bajarmog‘i lozim, bunda har qanday inersionlik xususiyatlarga qaramay, halaqit va toydiruvchi ta’sirlar to‘sqinlik qila olmasligi kerak. Shu sababli sozlagichlarni ixtiro qilish jarayoni yuqori aniqlikdagi mexanizmlar-soatlar konstruktorlari tomonidan dastlabki ixtirolari bilan teng boshlana bordi.


Avtomatik boshqarishning nazariyoti va amaliyoti faqatgina XVIII va XIX asrlarga kelib, Evropada sanoat to‘ntarishi yuz berishi natijasida avj olib rivojlanib ketti.Shu davrning dastlabki, sanoat tomonidan ishlab chiqilgan, sozlagichlariga 1965 yili I.I.Polzunov tomonidan Barnaul shaxrida qurilgan bug‘ mashinasining po‘kakli sozlagichi, 1984 yilda ingliz mexanigi Dj. Uatt patent olgan bug‘ mashinasining markazdan qochuvchi sozlagichi, 1808 yili J.Jakkar tomonidan yasalgan to‘quv dastgohidagi birinchi dasturli qurilmalar edi. Bu sozlagichlar oqimi va ixtirolari uchun katta yo‘l ochib berdilar. SHundan keyin aka-uka Simenslar sozlagichlari, injener J.Ponselening yuklama bo‘yicha sozlagichi, qattiq teskari bog‘lanishli injener. L.Farkoning servomotori, egiluvchan teskari bog‘lanishli (izodrom) sozlagichlar paydo bo‘ldi.



Download 224.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling