2. Elektromexanikaning qonunlari va uning asosiy ko‘rsatkichlari


Download 224.25 Kb.
bet1/17
Sana19.04.2023
Hajmi224.25 Kb.
#1365111
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Bobur aka fanidan javoblar


1.Avtomatlashtirishning roli.
Xalq xo‘jaligining barcha sohalarida, fanda, maishiy xo‘jalikda va inson faoliyatining barcha jabxalarida turli xil mashinalar, mexanizmlar va qurilmalardan foydalaniladi. Ular orqali materiallarga, ishlov berish pretmetlariga taosir ko‘rsatiladi yoki ishchi jarayon deb atalmish boshqa vazifalar bajarilib ishlar osonlashtiriladi, soddalashtiriladi. Zamonaviy amaliyotda maxsus mashinalar, moslamalar va qurilmalardan foydalanmay turib ko‘p ishchi jarayonlarni mutlaqo amalga oshirib bo‘lmaydi. Masalan, xar qanday mexanik jarayonni amalga oshirish uchun yuritma orqali bajariladigan mashina yoki mexanizmni ishchi organni xarakatga keltirish kerak. Ammo yuritma energiyaning qandaydir turini, ko‘rinishini mexanik ishga aylantiradi, yoki boshqacha qilib aytganda elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi. Shunga e’tibor berish kerakki, samarali akkumulyasiya qilinishi tufayli, uzatishning soddaligi, energiyani to‘play olinishi va tarqatish mumkinligi sababli elektr enegiyasi boshqa turdagi energiyalarga nisbatan juda ko‘p qo‘llaniladi. Elektryuritmaning yuqorida aytib o‘tilgan vazifalari bilangina chegaralanib qolish noto‘g‘ridir. Yuritma energiyani o‘zgartirishni maqsadga muvofiq xolda, yo‘naltirilgan xolda amalga oshirish lozim. Shuning uchun uning tarkibiga shu vazifalarni boshqaruvchi qurilmalarni kirishi lozim bo‘ladi. Undan tashqari, qonuniy ravishda, bu maqsadlar elektryuritmalarda avtomatik tarzda amalga oshirilishi kerak. Elektryuritma deb shunday elektromexanik tizimlga aylanadiki, ular orqali mashinalarning ishchi organlari xarakatga keltirilishi, jarayonlarni maqsadga muvofiq ravishda boshqarish lozim bo‘lib uzatuvchi, elektrodvigatelli, o‘zgartirgichli, boshqaruvchi va informatsion qurilmalardan tashkil topgan.


2.Elektromexanikaning qonunlari va uning asosiy ko‘rsatkichlari.
Magnit kuch ta’sirida elektr toki yoki elektr zaryadlarning harakati paydo bo‘lishi muqarrarligi fizika kursidan ma’lum. Har xil qutbli magnitlar orasiga joylashtirilgan simli ramka o‘z o‘qi atrofida aylantirilganida magnit kuchlar ta’sirida simdagi ozod elektronlar ramkaning bir tomoniga yo‘naladi. Shunday qilib, ramkaning bir chekkasida elektronlar miqdori oshib, ikkinshi shekkasida elektronlarning etishmovshiligi yuzaga keladi. Bu esa elektr yurituvshi kushni yuzaga keltiradi va bu kuch elektronlarni yopiq elektr zanjir bo‘ylab ma’lum bir yo‘nalishda harakatlantirishga majbur qiladi. Quvvati va konstruktiv tuzilishi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar barcha elektr mashinalar shu asosda ishlaydi. Sanoat mashina va mexanizmlariga o‘rnatilgan elektr mashinalar konstruktiv jihatdan bir muncha murakkabdir. Bitta simli ramka o‘rniga elektr mashinada ko‘p ramkalar bo‘lib, ular umumiy chulg‘amga birlashtirilgan bo‘ladi. Katta quvvatli elektr mashinalarda tabiiy magnit o‘rniga po‘lat o‘zakka chulg‘am o‘ralib, unga alohida o‘zgarmas tok manbaidan tok yuborilib yanada quvvatli suniy magnit hosil qilinadi. Katta quvvatli elektr mashinalarda tok hosil qiladigan chulg‘amlar mashinaning qo‘zg‘almas qismi, ya’ni statorida joylashtirilgan bo‘ladi. Elektr mashinaning qo‘zg‘aluvchi qismida – rotorida sun’iy magnit kuchlarini hosil qiluvshi chulgam joylashtiriladi. Elektr stansiyalardagi gidro yoki bug‘ turbinalari elektr mashinalarning rotorlarini aylantirib stator chulg’amlarida elektr energiya hosil qilinadi. Elektr energiya hosil qiluvshi elektr mashinalar generatorlar deb ataladi. Elektr qeneratorlarning stator chulgamlari uchlariga simlar ulanadi va bu simlar orqali elektr toki iste’molchilarga uzatiladi. Iste’molchilar o‘zlarinig ehtiyojlariga ko‘ra elektr energiyani mexanik, issiqlik, yoruglik, tovush, tasvir va boshqa turdagi energiyaga o‘zgartiradilar.

Download 224.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling