2. Elektromexanikaning qonunlari va uning asosiy ko‘rsatkichlari


Download 224.25 Kb.
bet5/17
Sana19.04.2023
Hajmi224.25 Kb.
#1365111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Bobur aka fanidan javoblar

8.Asinxron mashinalar tavfsifi.
O‘zgaruvchan tok mashinalari xalq xo‘jaligida asosan elektr energiyani ishlab chiqarish va uni mexanik energiyaga o‘zgartirish maqsadlarida keng qo‘llaniladi. Ko‘p fazali o‘zgaruvchan tok mashinalarining barchasi aylanuvchan magnit maydon prinsipiga asoslanganligi sababli, ularning nazariyasi bir-biriga o‘xshaydi. Bir fazali o‘zgaruvchan tok mashinalari ko‘p fazali mashinalarga nisbatan kam qo‘llaniladi. O‘zgaruvchan tok mashinalari uchta asosiy ko‘rinishda qo‘llaniladi; asinxron, sinxron va kollektorli o‘zgaruvchan tok mashinalari. O‘zgaruvchan tok mashinalarining hamma turlari o‘zgaruvchan sinusoidal tokda ishlaydi. Asinxron mashinalarning rotorlari aylanuvchan magnit maydonga nisbatan asinxron tezlikda aylanadi. Asinxron mashinalar amalda asosan motor rejimlarida ham ko‘p qo‘llanadi.Sinxron mashinalarning rotori aylanayotgan magnit maydon bilan bir xil ya’ni, sinxron tezlikda va magnit maydon yo‘nalishi bo‘yicha aylanadi. Shuning uchun sinxron mashina deb nomlanadi: sinxron mashinalar asosan generator sifatida keng qo‘llanilib, keyingi paytlarda dvigatel rejimida ham foydalanilmoqda. Kollektorli o‘zgaruvchan tok mashinalarining aylanuvchan qismlari magnit maydonga nisbatan asinxron tezlik bilan aylanib, asinxron mashinaga o‘xshaydi, lekin ularda kollektor o‘rnatilganligi sababli va ulardagi elektromagnit jarayonlar ham boshqacha bo‘lganligi sababli kollektorli o‘zgaruvchan tok mashinalar guruhini tashkil etadi. Asinxron mashinaning qo‘zg‘almas qismi stator va qo‘zg‘aluvchan qismi rotor deb ataladi. Stator bilan rotorning magnit o‘zaklari qalinligi 0,35÷0,5 mm elektrotexnik magnit yumshoq po‘latdan tayyorlanadi. Magnit o‘zakni yig‘ishdan oldin bu po‘lat plastinalarning ikkala tomonlari moyli konifolli lak bilan qoplanadi. Lakning qalinligi mashinaning nominal kuchlanishiga bog‘liq. Kichik quvvatli asinxron mashinalarning magnit o‘zaklarini tayyorlashda po‘lat plastinalar lak bilan qoplanmaydi, chunki ular uchun plastinalar yuzasidagi oksid plenka bir-biridan izolyasiya qilishga etarli. Statorning magnit o‘zagining ichki va rotorning magnit o‘zagini tashqi yuzalarida pazlar hosil qilinib, ularda stator va rotorning cho‘lg‘amlari joylashtiriladi. Stator cho‘lg‘ami uch fazali qilib tayyorlanadi va manbaga ulanadi, shuning uchun birlamchi cho‘lg‘am deb ataladi. Faza rotorli asinxron mashinalarning rotor cho‘lg‘amlarining fazalar soni stator cho‘lg‘amining fazalar soniga teng bo‘lib, bu Cho‘lg‘amlarning oxirlari yulduz sxemada ulanib, uchlari esa valda o‘rnatilgan kantakt halqalarga ulanadi. Kontakt halqalar yordamida rotorning cho‘lg‘amlari cho‘tkalar orqali uch fazali ishga tushirish yoki tezligini rostlash reostatiga ulanadi. Rotor cho‘lg‘amining qutblar soni stator cho‘lg‘amining magnit maydonini qutblar soniga teng.



Download 224.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling