2. Elektromexanikaning qonunlari va uning asosiy ko‘rsatkichlari


Transformatorning foydali ish koeffitsienti


Download 224.25 Kb.
bet4/17
Sana19.04.2023
Hajmi224.25 Kb.
#1365111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Bobur aka fanidan javoblar

7.Transformatorning foydali ish koeffitsienti.
Transformatorni quvvat isroflari cho‘lg‘amlaridagi elektrik isroflarga va magnit o‘zakdagi magnit isroflarga bo‘linadi. Cho‘lg‘amlardagi uyurma toklar hisobiga hosil bo‘lgan quvvat isroflari uncha katta bo‘lmaganligi sababli ularni cho‘lg‘amlardagi elektrik isroflarga qo‘shib hisoblanadi. Bundan tashqari transformatorning rostlovchi cho‘lg‘amlarida va konstruktiv elementlarida sochilish magnit oqimi hisobiga uyurma toklar hosil bo‘ladi va qo‘shimcha quvvat isroflarini keltirib chiqaradi. Quvvatning bu isroflari tokning kvadratiga proporsional bo‘lganligi sababli ularni ham elektrik isroflarga qo‘shib hisoblanadi. Qisqa tutashuv qarshiligining aktiv tashkil etuvchisini tajribada aniqlangan qiymati, yuqoridagi qo‘shimcha isroflarni ham o‘z ichiga oladi. Quvvatning magnit isroflari yuklama o‘zgarganda biroz o‘zgarishi mumkin, shuning uchun davlat standarti magnit isroflarni salt ishlash rejimining quvvati R0 ga teng deb qabul qilishni tavsiya etadi. Quvvatning qo‘shimcha elektrik isroflarini transformatorning cho‘lg‘amlaridagi qisqa tutashuv quvvati Rq ga teng deb hisoblanadi. Agar transformatorning yuklamasi nominal yuklamadan farq qilsa, u holda yuklamaning IIn qiymatlaridagi elektrik isroflarni Rk ga teng deb qabul qilinadi, bu erda Kyuk yuklanish koeffitsienti deyilib, quyidagicha aniqlanadi.
Kyuk =I2/I2n. (4.15)
Shunday qilib, nominal kuchlanish ostida ishlayotgan transformatordagi quvvat isroflarining yig’indisi, R=Rmg+Rel=R0+K2yuk Rk (4.16)
Isteomolchiga uzatilaetgan foydali quvvatni Davlat standarti bo‘yicha quyidagicha hisoblanadi. R2=Kyuk Snsos2 (4.17)
Bu formulada yuklama o‘zgarganda ikkilamchi kuchlanishni bir oz o‘zgarishini hisobga olinmaydi. Yuqorida aytib o‘tilganlariga asosan transformatorning foydali ish koeffitsienti
= (4.18)
Transformatordagi o‘zgaruvchi quvvat isroflar, yaoni elektr isroflar o‘zgarmas, magnit isroflarga teng bo‘lganda foydali ish koeffitsienti eng katta qiymatiga erishadi.



Download 224.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling