2. Elektromexanikaning qonunlari va uning asosiy ko‘rsatkichlari


Elektr mashinalarda elektr tokining hosil bo`lishi


Download 224.25 Kb.
bet2/17
Sana19.04.2023
Hajmi224.25 Kb.
#1365111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Bobur aka fanidan javoblar

3.Elektr mashinalarda elektr tokining hosil bo`lishi.
Elektr motorlarda ham uning qozg‘almas qismi stator va undagi chulg‘am stator chulg‘ami deyiladi. Elektr motorning harakatlanuvchi qismi rotor deb ataladi. Elektr motorlar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektr motorlarga bo‘linadi.Ishlab chiqarishning shunday sohalari borki, u yerda faqat o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarni ishlatish mumkin. Masalan, rangli metallurgiya korxonalarida o‘zgarmas tokli elektroliz vannalarida sof alyuminiy, rux, mis va boshqa rangli metallar toza holda olinadi. Kimyo sanoatida ham asosan o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalar ishlatiladi. Barcha elektr tortish qurilmalarida – trolleybus, tramvay, metro, elektropoezdlarning elektr motorlari o‘zgarmas tok motorlaridir. O‘zgarmas tok motorlarini ishga tushirish, tezligini rostlash va to‘xtatish amalari o‘zgaruvchan tok motorlarnikiga nisbatan oson bajariladi. O‘zgaruvchan tok motorlari eng ko‘p qo‘llaniladigan motorlar bo‘lib (ularning asosan asinxron turi), ishlab chiqarishdagi kopgina mashina va dastgohlarda shu motorlar o‘rnatilgan. Butun dunyoda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning deyarli yarmidan kopi shu motorlarda mexanik energiyaga o‘zgartiriladi. Hozirga kelib, yarim o‘tkazgishlar texnikasi va mikroelektronikaning tez sur’atlarda rivojlanayotganligi sababli boshqariluvshi o‘zgaruvchan tok o‘zgartkichlarning keng qo‘llanilishi o‘zgaruvchan tok motorlarining qo‘llash doirasini kengaytirib yubordi.


4.Transformatorning cho‘lg‘amlarini keltirish.
Agar transformatorlarning birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlarining o‘ramlar soni teng bo‘lsa, ikkala cho‘lg‘amdagi tok va kuchlanishlarni bir xil tartibda yozish mumkin bo‘ladi. Shuning uchun real transformator o‘rniga unga ekvivalent bo‘lgan, ya’ni birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlari bir xil o‘ramlar soniga teng bo‘lgan keltirilgan transformatorni ko‘rib o‘tamiz.
Yuqorida ko‘rsatilganidek, tok, kuchlanish va boshqa o‘zgaruvchilarni kompleks shaklida vektorlar bilan ifodalash mumkinligi transformatorlarni hisoblash va ularning ish rejimlarini o‘rganishda ancha qulayliklar yaratadi. Transformatorning cho‘lg‘amlarining o‘ramlar soni teng emasligi (W2 ( W1) elektr yurituvchi kuchlar (E2 (E1), toklar (I2(I1) va cho‘lg‘amlarning boshqa ko‘pchilik parametrlarini, yaoni aktiv (r2( r1) va induktiv (x2(x1) qarshiliklarning teng bo‘lmasligiga olib keladi. Bu esa, ayniqsa, transformatsiyalash koeffitsienti katta bo‘lgan transformatorlardagi sodir bo‘layotgan jarayonlarini hisoblashni, vektor diagrammalarini qurish va undan foydalanishni qiyinlashtiradi. Bunday qiyinchiliklardan qutilish maqsadida transformatorlarning cho‘lg‘amlarini bir-biriga keltirish usulidan foydalaniladi. Ko‘pincha ikkilamchi cho‘lg‘amni birlamchiga keltiriladi. Buning uchun ikkilamchi cho‘lg‘amni qayta hisoblanadi. O‘ramlar soni W2 ga teng bo‘lgan ikkilamchi cho‘lg‘am birlamchi cho‘lg‘amga shunday keltiriladiki, yangi ekvivalent ikkilamchi cho‘lg‘amning o‘ramlarini sonini W1 ga teng deb qabul qilinadi. Soddaroq qilib aytganda, ikkilamchi cho‘lg‘amning o‘ramlar sonini W1 ga teng deb hisoblanadi.
Buning uchun real va keltirilgan cho‘lg‘amlar bir xil kattalikdagi magnit maydonni xosil qilishlari shart. Keltirilgan ikilamchi cho‘lg‘amning geometrik o‘lchamlari va tashqi ko‘rinishi real transformatornikiga o‘xshash bo‘lib, magnit o‘zakda real ikkilamchi cho‘lg‘amga o‘xshash o‘rnatilishi kerak.

Download 224.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling