2. Elektromexanikaning qonunlari va uning asosiy ko‘rsatkichlari


Transformatorning cho‘lg‘amlarni ulash


Download 224.25 Kb.
bet3/17
Sana19.04.2023
Hajmi224.25 Kb.
#1365111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Bobur aka fanidan javoblar

5.Transformatorning cho‘lg‘amlarni ulash.
Cho‘lg‘amlari keltirilgan transformatorlarning aktiv va induktiv qarshiliklarini xam keltirish koeffitsienti orqali aniqlash mumkin. Ikkilamchi cho‘lg‘am birlamchi cho‘lg‘amga keltirilganda quvvatlar o‘zgarmasligi uchun xaqiqiy va keltirilgan cho‘lg‘amlarning mislaridagi quvvat isroflari xam o‘zgarmasligi kerak.
(3.5)
bundan va (3.5) ni hisobga olib, keltirilgan cho‘lg‘amning aktiv qarshiligini aniqlaymiz,
(3.6)
ya’ni keltirilgan transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amini aktiv qarshiligi r`2 ning qiymatini aniqlash uchun xaqiqiy transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amini aktiv qarshiligi r2 ni transformatsiyalash koeffitsientining kvadrati marta oshirish kerak. Fizik nuqtai nazardan qaralganda, cho‘lg‘amning o‘ramlar soni K marta o‘zgarganda, masalan ortsa cho‘lg‘amni uzunligi xam K marta ortadi cho‘lg‘amdagi tokning zichligi o‘zgarmaydi deb taxmin qilinganda (chunki, K marta kamayadi), o‘ramning ko‘ndalang kesim yuzasi K marta kamayadi, shuning uchun aktiv qarshilik K2 marta ortadi. Ixtiyoriy altakning induktiv qarshiligi x=L=2fL ifoda yordamida aniqlanadi. Bunda L- konturning induktivligi. Induktivlik L – konturdan o‘tayotgan 1A tok xosil qilgan magnit maydonning xar bir o‘ramni kesib o‘tishlar yiindisidan xosil bo‘ladi. Agar o‘ramlar soni K marta oshsa, u xolda magnit o‘zakning magnit o‘tkazuvchanligi o‘zgarmas bo‘lganda, F(I=1A) xam K marta oshadi, shu tufayli L=(I=1A) xam K marta ortadi.
(3.7)
6.Transformatorlarda quvvat isrofi.
Transformator va avtotransformatorlardagi aktiv va reaktiv quvvat isrofi salt yurish quvvat isrofiga (GT va VT-o‘tkazuvchanliklardagi) va qisqa tutashuv quvvat isrofiga ∆Rt, ∆QT (chulg‘amlar karshiligi RT va XT dagi) bo‘linadi. Transformatorlarni e’tiborga olib, uzatish liniyalarini hisoblashda, o‘tkazuvchanliklar GT va VT tegishli yuklama ko‘rinishda hisobga olinib, uzatilayotgan quvvat tenglamasiga (balansiga) kiradi. 1.Transformator po‘latidagi qayta magnitlash uchun va uyurtma toklar tufayli bo‘ladigan aktiv quvvat isrofi (aktiv o‘tkazuvchanlik GT ga bog‘liq) transformatorlar xujjatida beriladigan nominal kuchlanish U da salt yurishdagi isrofi orqali topiladi.
Bunda, YK cho‘lg‘amidagi salt yurish toki sababli ajraladigan quvvat juda kam bo‘lganligi uchun quyidagi ifoda to‘g‘ri bo‘ladi.
(4.1)
2.Transformator magnitlanishidagi reaktiv quvvat (Q reaktiv o‘tkazuvchanlik VT ga bog‘liq) nominal tokka nisbatan foiz hisobida ifodalanadigan transformatorning salt yurish tokidan topiladi. Salt yurish tokining aktiv qismi juda kichik bo‘lganligi uchun Ipul=0 deb faraz qilsak, magnitlanish quvvati quyidagiga teng bo‘ladi.
(4.2)
3. Cho‘lg‘amlarni qizdiradigan qisqa tutashuvdagi aktiv quvvat isrofini (bu isrof misdagi quvvat isrofi deb aytiladi) ifoda (11.3) orqali aniqlangan qarshilik yordamida topish mumkin, ya’ni:
(4.3)
4. Shunga o‘xshash reaktiv quvvat isrofini (4.4) ifoda yordamida aniqlab, magnit oqimini yoyilishidan yuzaga keladigan reaktiv quvvat isrofi topiladi:
(4.4)
Bunda (4.3) va (4.4) ifodalardagi nominal kuchlanish transformatorning bevosita hisoblanayotgan liniyaga ulangan tarafidagi kuchlanishdir. Ifoda (4.4) boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, I=IN bo‘lganda qisqa tutashuv isrofi:




Download 224.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling