2. Elektron hukumat: Janubiy Koreya tajribasi Gongkong, Yaponiya, hamda Singapur davlatlari misolida
Download 27.9 Kb.
|
1 2
Yaponiya
Yaponiyada hukumatning Raqamli o‘tish rejasi boshqaruvni takomillashtirish va fuqarolarning turmush tarzini yaxshilash maqsadida yangi texnologiyalardan foydalanish va inson resurslarini rivojlantirishga asoslangan. Mamlakat raqamli asrda o‘z yangi ma’muriy qiyofasini IT-investitsiyalarni optimallashtirish, xaridlar bo‘yicha islohotlar va elektron hukumat rejasini munitsipal (quyi) miqyosda faollashtirishga ko‘maklashish orqali shakllantirmoqda. Fan, texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha kengash elektron hukumatning axborot almashinuvi va tarqatilishiga ko‘maklashish, shuningdek, mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator tashabbuslari ustida ish olib borilmoqda. Yaponiyada elektron hukumatning markaziy portali (e-gov.go.jp) hamda elektron ishtirok (e-Testimony), ochiq ma’lumotlar (data.go.jp) va davlat xaridlari (geps.go.jp) qo‘shimcha elektron hukumat platformalari mavjud. Yaponiya elektron hukumatining huquqiy asoslari shaxsiy raqamli xavfsizlik va raqamli ma’lumotlardan foydalanish maqsadlariga qaratilgan (tegishli qonunchilik «Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish», «Elektron imzolar va sertifikatlashtirish faoliyati», «Ma’muriy organlar tasarrufidagi axborotdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlar bilan mustahkamlangan. Xitoy Xitoy — 2020 yilda EGDI ko‘rsatkichi juda yuqori guruhga ilk marotaba qo‘shilgan Osiyoning yetti mamlakatidan biri. Mamlakatning bu yutug‘ini elektron hukumat siyosati va tashabbuslari milliy va submilliy miqyosda qisman amalga oshirilgani bilan izohlash mumkin. Xitoyning «aqlli shaharlar»ni rivojlantirishga jiddiy intilishi birinchi marta 2015 yilgi Hukumat faoliyati to‘g‘risidagi hisobotda aksini topdi, elektron hukumatni rivojlantirish ushbu tashabbusning muhim qismi bo‘lganligi sababli munitsipal hukumat organlari elektron hukumat portallarini jadal sur’atlarda yaratishni boshlab yubordi. Download 27.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling