2. Elektron hukumat: Janubiy Koreya tajribasi Gongkong, Yaponiya, hamda Singapur davlatlari misolida


Download 27.9 Kb.
bet1/2
Sana03.02.2023
Hajmi27.9 Kb.
#1154268
  1   2

Elektron hukumat tizimini yaratish bo’yicha xorijiy tajribalar.
Reja

  1. Elektron hukumat tizimini yaratish bo`yicha xorijiy tajribalar
    2. Elektron hukumat: Janubiy Koreya tajribasi
    3. Gongkong, Yaponiya, hamda Singapur davlatlari misolida

Osiyoning yuksak taraqqiy etgan mamlakatlari — Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (E-Government Development Index, EGDI) bo‘yicha ham (reytingda 2, 11 va 14-o‘rinlarni egallagan) jahon yetakchilari sanaladi. Xitoy esa 2020 yilda EGDI ko‘rsatkichi juda yuqori guruhga Osiyoning yetti mamlakati qatorida birinchi marotaba qo‘shildi.


Janubiy Koreya Respublikasi
Janubiy Koreya onlayn xizmatlar ko‘rsatishda dunyoda yetakchi (1.000 ball, OSI), Osiyoda eng yuqori EGDI ko‘rsatkichiga ega. Hukumatning elektron hukumat strategiyalari har besh yilda joriy etilib, sohani rivojlantirish rejalari bilan mustahkamlab boriladi.
Elektron hukumatning 2020 yilgi bosh rejasi davlat siyosatining empirik asoslangani, ilmiy asosga qurilgani va fuqarolar uchun ochiq, innovatsion hukumatga erishishga yo‘naltirilganligini kafolatlaydi. Bundan tashqari, «Aqlli hukumat» bosh rejasi davlat boshqaruvida innovatsiyalar uchun sun’iy intellekt (SI) va ma’lumotlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish bazasini qurish, shuningdek, fuqarolarning, ayniqsa, eng kam himoyalangan guruhlarning o‘ziga xos ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan xizmatlarni proaktiv taqdim etish uchun asos yaratadi.
Aqlli hukumatni amalga oshirish strategiyasi barqaror raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratishga yo‘naltirilgan ma’lumotlar va sun’iy intellektni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi Ma’lumotlar va sun’iy intellekt iqtisodiyotini rivojlantirish rejasida aks ettirilgan. Blokcheyn sohasini rivojlantirish bosh rejasi, «Aqlli shahar»ni amalga oshirish strategiyasi va Yangi sanoat-texnologik yo‘l xaritasi kabi davlat mexanizmlari jamiyat manfaatlari hamda davlat boshqaruvini yaxshilashga xizmat qiluvchi yangi texnologiyalarni jadal rivojlantirishda yordam bermoqda.
Mavjud tashabbuslarga qo‘shimcha ravishda, Hukumat elektron ishtirok (e-People), ochiq ma’lumotlar (data.go.kr) va elektron xaridlar (KONEPS) uchun platformalarni taqdim etadi.
Mamlakatning elektron hukumatga oid qonunchilik bazasi shaxsiy ma’lumotlarni, axborotlarni, shaxslarning raqamli xavfsizligi va raqamli identifikatsiyalashga qaratilgan («Raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonun, 2017 yil). Bugungi kunda O‘zbekistonda «Elektron hukumat» degan tushuncha kundalik turmushimizdan chuqur o‘rin egallamoqda. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bu borada Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi direktori Ruslan Sultonovning so‘zlarini e’lon qilgan.
– Bugungi kunda elektron hukumat tizimi Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur, Norvegiya, Kanada, Niderlandiya, Daniya hamda Germaniya singari mamlakatlarda samaradorligini ko‘rsatmoqda, – deydi R.Sultonov. – Ayniqsa, Janubiy Koreya kuchli uchlikka kiradi. Ushbu mamlakatlarda juda ko‘plab davlat xizmatlaridan uydan chiqmagan holda, onlayn rejimida foydalanish mumkin. Davlat organlariga so‘rovlarga javoblar, turli to‘lovlar, rasmiy hujjatlarning namunasini olish, ularni to‘ldirish, elektron imzo bilan yuborish, oliy o‘quv yurtlarida masofadan turib tahsil olish, ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat etish va boshqalar shular jumlasidandir.
O‘zbekistonda 2013 yildan buyon «Elektron hukumat» degan tushuncha kundalik turmushimizdan chuqur o‘rin egallamoqda. Zero, axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatda kechayotgan jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, islohotlar samaradorligini oshirmoqda. Aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi, yangidan-yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. To‘g‘ri, aholining hammasi ham bu haqda to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, vaqt o‘tishi bilan ushbu tizim jamiyat hayotining butun jabhasini qamrab olishini dunyo tajribasi ko‘rsatmoqda.
Bugungi O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari hamkorlikda elektron hukumat doirasida loyihalarni amalga oshirish va ularni kelgusida rivojlantirishga bag‘ishlangan forumda memorandum imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish Markazi hamda Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va xavfsizligi vazirligi bilan imzolangan memorandumda beshta asosiy yo‘nalish belgilab olindi.
O‘zbekistonda yagona ma’lumotlarni qayta ishlash bazasini tashkil etish, ikki tomonlama kadrlar tayyorlash, turli treninglar o‘tkazish, shular sirasidandir.
Qayd etish joizki, elektron hukumatni joriy etishda biz Janubiy Koreya loyihasidan foydalangan edik. Hozirda uni yangilash va rivojlantirish kun talabiga aylanmoqda. Zero, kamchiliklarni bartaraf etib, yangi yutuqlarni tizimga joriy etishimizni ta’minlaydi. Singapur
Davlat texnologiyalari agentligi — Singapurda elektron davlat xizmatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga mas’ul tashkilot.
Singapur 2014 yildan elektron hukumatning ajralmas qismi — Smart Nation tashabbusiga kirishdi. 2018 yilda ma’lumotlardan yaxshiroq foydalanish, yangi texnologiyalarni egallash, Smart Nation strategiyasini qo‘llab-quvvatlash, raqamli iqtisodiyot va raqamli jamiyatni barpo etishga qaratilgan ulkan katta sa’y-harakatlarni amalga oshirish uchun Elektron hukumat loyihasi ishlab chiqildi.
Singapurda elektron ishtirok (reach.gov.sg), elektron xizmatlar (citizenconnectcentre.sg), ochiq ma’lumotlar (data.gov.sg) va davlat xaridlari (gebiz.gov.sg)ga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan portallarga kirishni ta’minlovchi yagona oyna ko‘rinishidagi davlat portali (Gov.sg) mavjud.
Mamlakat hukumati, bundan tashqari, fuqarolar uchun ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalarini rejalashtirish va kuzatib borish hamda davlat xizmatlari bilan bog‘liq muammolar haqida xabar berish uchun raqamli platformalarni yo‘lga qo‘ygan.
Singapurda Elektron hukumat bilan bog‘liq huquqiy mexanizmlar 2012 yilda qabul qilingan Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun, shuningdek, kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Download 27.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling