2. Eritmalarning bug‘ bosimi. Raul qonuni
Download 84,47 Kb. Pdf ko'rish
|
2-5 compressed
299. 1,5 l suvda 1,5 mol osh tuzi eritilgan. 313 K da toza suvning bug‘ bosimi 7375,37 Pa
bo‘lsa, shu haroratda eritmaning bug‘ bosimi qanday bo‘ladi? 300. 120 g suvda 51,3 g shakar eritilgan eritma 372,5 K da qaynay boshlaydi. Shu eritma qanday bosimga ega bo‘ladi? Shu haroratda toza suvning bug‘ bosimi 99540 Pa gateng deb olinsin. 301. 117 g benzolda 6,4 g naftalin eritilgan. Eritma 353 K da qaynay boshlaydi. Shu huroratda toza benzolning bug‘ bosimi 100500 Pa ga teng bo‘lsa, eritmaning bug` bosimi qanday bo'ladi? 302. 90 g suvda 1,5 g glitserin (C 3 H 8 O 3 ) eritilgan eritma 372 K da qaynaydi. Shu Imroratda toza suvning bug‘ bosimi 99751,96 Pa ga teng, eritma qanday bug‘ bosimga ega bo‘ladi? 303. Mochevina [CO(NH 2 ) 2 ] ning 20% li eritmasi 298 K da 311744 Pa bosimga ega, shu haroratda toza suvning bug‘ bosimi 3167,73 Pa bo‘lsa, eritmadagi moehevinaning mol/1 konsentratsiyasi qancha bo'ladi? 304. Eritmaning bug‘ bosimini 399,7 Pa ga kamavtirish uchun 300 K da 4,5 g glitserin qancha suvda erishi kerak? Shu haroratda toza suvning bug‘ bosimi 3565 Pa ga teng, deb qabul qilinsin. 305. 313 K da 14 g benzolda 6 g naftaiin eritilgan. Agar shu haroratda toza benzolning bug‘ bosimi 24144,6 Pa bo‘isa, eritmaning bug‘ bosimi qancha bo‘lishi kerak? 306. 203 K da anilinni efirda eritilib 5% li eritma tayyorlangan. Shu haroratda toza efirning bug‘ bosimi 58920 Pabofisa, eritmaning bug‘ bosimi qanday bo`ladi? 307. 343 K da eritmaning bug‘ bosimi 30470 Pa bo‘lishi uchun, 27 g suvda necha gramm shakar eritiladi? Shu haroratda toza suvning bug‘ bosimi 31157,4 Pa ga teng, deb olinsin. 308. 293 K da toza efiming bug‘ bosimi 58940 Pa bolsa, 100 g efirda 10 g benzaldegid (C 6 H 5 CHO) eritilgan eritmaning bug‘ bosimi, shu haroratda qancha boladi? 309. 100 g suvda 13 g noelektrolit eritilgan; eritmaning 301 K dagi bug‘ bosimi 3642 Pa ga teng. Shu haroratda toza suvning bug‘ bosimi 3780 Pa bo‘lsa, eritmadagi noelektrolitning molekulyar massasi qancha? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling