2. Erkin saylovlar fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi
Download 18.14 Kb.
|
2-mavzu seminar
Seminar№2 O`zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari va mahalliy o`z-o`zini boshqarish. SАYLOV HUQUQI ERKINLIGI - FUQАROLIK JАMIYaTINING ShАRTI. Reja:
1.Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda demokratik institutlarning tutgan o`rni. 2.Erkin saylovlar fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi. 3.Oʼzbekiston qonunchiligida xalqaro saylov standartlariga asoslanishi. 4.Erkin saylovlarni oʼtkazishda ommaviy axborot vositatalarining roli
Tayanch iboralar: fuqarolik jamiyati institutlari, kodeks ,xuquqiy mexanizm . Rivojlangan G`arb davlatlarida fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi Fuqarolik jamiyati bir vaqtning o`zida muayyan g`oya va mafkura, aniq asosga ega bo`lgan voqelikni qamrab olmasada uning amaliy xarakteri bilan bog`liq holda namoyon bo`ladi. Chunki bunday o`z-o`zini institutsional boshqaruv shakli bir tomondan, shaxsiy erkinlik, o`zaro munosabatning turi va predmetini erkin tanlashga imkon beruvchi ijtimoiy munosabatlarning aniq sohasi va qizqishlarni sub’ektiv qondirish usuli sifatida talqin qilinsa, boshqa tomondan, yuzaga kelgan aniq voqea-hodisaga o`ziga xos “kuchli va mustaqil shaxs” nuqtai nazaridan yondoshish imkonini beruvchi ijtimoiy tizim sifatida rivojlanib boradi. Fuqarolarning saylovlarda va boshqa siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi fuqarolik jamiyatining muhim mezonlaridan biridir. «Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda boʼlgan huquqiy meʼyorlarning nechogʼliq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning oʼz xohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli boʼlib, oʼta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir» . Demokratik saylovlar orqali demokratik mezonlar amalga tatbiq etiladi, xalqning ishonchli vakili hokimiyat tepasiga keladi, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanadi, orzu-umidlari roʼyobga chiqadi.
1.Xuquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatining muxim mezonlaridan birini ko`rsating. A)Jamiyatda axoli huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasining yuksakligi B) Axolining isloxotlardan xabardor ekanligi S)Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha qonunning mavjudligi D) Axolining huquqiy madaniyati darajasining yuksakligi
2.2017-2021 yillarda qabul qilingan qonun xujjatlarini axoli va ijrochilarga o`z vaqtida etkazishning samarali tizimini yaratish maqsadida qanday huquqiy xujjat loyixasini ishlab chikish nazarda tutilgan? A)Jurnalistning kasbiy faoliyatini ximoya qilish tug`risidagi qonun B) Jamoatchilik nazorati tug`risidagi qonun S)Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha qonun D)Huquqiy axborotni tarkatish va undan foydalanishni ta’minlash tug`risidagi qonun
3.2017-2021 yillarda fuqarolarning uzini uzi boshkarish organlari xodimlari xamda axolining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularga qabul qilingan yangi qonun xujjatlarining mazmun-moxiyatini tushuntirish maksadida maxallalarda qanday ishlar amalga oshirish kuzda tutilgan? A)Xaftada uch marta «Jinoyatdan saqlaning!» o`quv mashg`ulotini joriy etish va doimiy o`tkazib borish B) X,aftada bir marta «Huquqiy bilimlar» o`quv mashg`ulotini joriy etish va doimiy o`tkazib borish haftada ikki marta «Diniy ekstremizm va terrorizm - yoshlar kelajagiga taxdid» mavzularida uchrashuv va davra suxbatlarini tashkil etish S) Xaftada bir marta «Maxallamiz jinoyatchilikka qarshi turadi» aksiyalarini o`tkazish
4. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili? A. Senat B. Qonunchilik palatasi C. Ombudsman
5.Respublika» degan suz kaysi tildan olingan va uning asl mazmuni nimani anglatadi A) Yaxudiycha «Xalklar podshosi»; B) Misrcha «kuyosh shu’lasi»; S) Eroncha «Oltin suv»; D) Lotincha «Umumxalk ishi»; 6.Saylov kodeksi qachon qabul qilingan? A) 2019 yil 25.06 B) 2019 yil 25.07 S) 2019 yil 25.08 D) 2019 yil 25.010. 7. Saylov kodeksi nechta moddadan iborat? A) 103 B) 106 S)128 D) 104. 8. Oldindan ovoz berish saylovga qancha muddat qolganda boshlanadi? A) 8 B) 7 S)3 D) 10 9. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida nechta deputat bor? A) 135 B) 120 S) 250 D) 150
Savollar: 1.Fuqarolik jamiyati shakllantirish va rivojlantirishda demokratik institutlarning tutgan oʼrni nimalardan iborat? 2. Respublikada ijtimoiy-siyosiy xayotidagi oʼzgarishlar 3.Mustaqillik dekloratsiyasi va uning axamiyati 4.Rivojlangan Sharq mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotini modernizatsiyalashda fuqarolik jamiyati instutlarining oʼrni. 5.. Fuqarolik jamiyati tizimida mahalla va oʼzini oʼzi boshqarish organlarining oʼrni. 6.Mahalliy hokimiyat va fuqarolar oʼzini oʼzi boshqarish organlarining oʼzaro munosabatlari. 7. Fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish. 8. Fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarishini rivojlanishining konseptual asoslari. 9..Respublikamizda oʼzini-oʼzi boshqarish organlari. 10. Prezidentimiz tashshabuslari bilan tashkil etilgan mahalla va oilani qo`llab –quvvatlash vazirligi haqida nimalarni bilasiz? Saylov kodeksi qachon qabul qilingan?
11.Saylovga ta`rif bering? 12.Saylov prinsiplari nimalardan iborat? 13.Saylov senzi deb nimaga aytiladi? 14.Teng saylov xuquqiga ta`rif bering? 15.Oldindan ovoz berish saylovdan necha kun oldin boshlanadi? 16.Saylov jarayonlarini buzilish holatlari bo`yicha javobgarlik haqida nimalarni bilasiz? 17.Bu yilgi saylovda qanday yangiliklar kuzatildi?
Adabiyotlar: 1. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 –yil 7- fevraldagi PF 49-47 sonli O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha xarakatlar strategiyasi to`g`risidagi farmon.
2. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: “O‘zbekiston”, 2017 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “ O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida ” gi Farmoni // Halq so‘zi 2017.8 fevralь 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy isloxatlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5185-sonli Farmoni. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojatnomasi.T., 22 dekabrь 2017 yil. Halq so‘z gazetasining 2017 yil 23 dekabrь № 258 (6952)- soni. 6.“Mamlakatni demakratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5430-son Farmoni. T.: 2018 yil 4 may. 7.Saylov kodeksi. 2019- yil 25 iyun.
Elektron ta’lim resurslari: 1. www.press-service. 2. www.zivoncl. 3. www.xs.uz 4. www.nimfogo./ 5. www.xdp.uz 6. www.adolat.uz 7. www.uzlidep.uz 8. www.milliytiklanisli. Download 18.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling