2. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya tugallangan ilmiy ish bo‘lishi va unda: ✅muhim ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy yoki amaliy muammolar yechimi keltirilgan


Download 38.5 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi38.5 Kb.
#1793314
Bog'liq
Disertatsiya yozilish qoidasi


1. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya bilimlarning tegishli sohasida muhim ahamiyatga ega masalaning yangi yechimidan iborat yoki dolzarb ilmiy masalaning yechimiga qaratilgan ilmiy asoslangan ilmiy-texnik yoki ijtimoiy-iqtisodiy tavsiyalar ishlab chiqilgan tugallangan ilmiy ish bo‘lishi lozim.
2. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya tugallangan ilmiy ish bo‘lishi va unda:
✅muhim ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy yoki amaliy muammolar yechimi keltirilgan;
✅yoki tegishli fan sohasining istiqbolli yo‘nalishini rivojlantirish uchun yirik yutuq sifatida baholanadigan yangi nazariy qoidalar kompleksi ishlab chiqilgan;
✅yoki joriy etilishi fan va texnika, ijtimoiy-siyosiy soha yoki iqtisodiyot tarmog‘ining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadigan nazariy-metodologik va uslubiy asoslar, ilmiy asoslangan texnik, iqtisodiy yoki texnologik yechimlar ishlab chiqilgan (takomillashtirilgan) bo‘lishi lozim.
3. Dissertatsiya talabgor tomonidan shaxsan tayyorlangan, oshkora himoya uchun ilmiy jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilayotgan yangi ilmiy holatlar va amaliy natijalarning majmuini o‘z ichiga olgan, mohiyati jihatidan ichki birlikka ega, mazmunan yaxlit va tugallangan bo‘lishi hamda talabgorning shaxsan fanga qo‘shgan hissasini aks ettirishi lozim.
4. Nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyada olingan ilmiy xulosalardan fanda foydalanilganligi, amaliy ahamiyatga molik dissertatsiyada esa, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy-siyosiy sohaning dolzarb muammolari yechimlari hamda ilmiy natijalaridan amaliyotda foydalanilganligi, foydalanishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettirilishi lozim. (https://lex.uz/docs/3244217)
5. Dissertatsiya natijalarining fanga, amaliyotga tatbiq etilganligi, tashkilotlar tomonidan joriy etish uchun qabul qilinganligi yuzasidan asosli hujjatlar Ilmiy kengashda muhokama etilib, attestatsiya ishiga ilova qilinadi. Ushbu hujjatlar tashkilotlarning ilmiy-texnikaviy kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilgan, ma’qullangan va ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
6. Ilmiy ma’ruza shaklida faqat fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyani yoqlashga ruxsat beriladi.
7. Ilmiy ma’ruza shaklidagi dissertatsiya izlanuvchi bajargan ilmiy ishlar va asarlarda e’lon qilingan, ushbu fan tarmog‘ining mutaxassislariga ma’lum bo‘lgan fan va amaliyot uchun katta ahamiyatga molik natijalari umumlashtirilgan bayonidan iborat bo‘lib, doktorlik dissertatsiyasi avtoreferatining ikki barobar hajmida rasmiylashtiriladi.
8. Ilmiy ishning ahamiyati, ilmiy ma’ruza shaklida dissertatsiyani himoya qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar izlanuvchining asosiy tadqiqotlari o‘tkazilgan muassasa tomonidan beriladi. Ilmiy ma’ruza shaklidagi dissertatsiyani himoya qilish uchun OAK Rayosatining ruxsati bo‘lishi zarur.
9. Dissertatsiya mavzusi respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari bilan bog‘liq hamda jahon ilmiy-texnologik taraqqiyoti tendensiyalariga muvofiq dolzarb bo‘lishi lozim.
10. Dissertatsiya mavzusi ilmiy yoki ta’lim tashkiloti kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
11. Dissertatsiya himoyaga qabul qilingunga qadar uning mavzusiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
12. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya kirish qismi, kamida to‘rtta bob, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan shaklda rasmiylashtiriladi.
13. Dissertatsiyaning matni 100 varaqdan (varaqning oldi va orqa tomoniga matn tushiriladi) oshmasligi kerak (foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kirmaydi).
14. (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya kirish qismi, kamida uchta bob, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan shaklda rasmiylashtiriladi.
15. Dissertatsiyaning matni 60 varaqdan (varaqning oldi va orqa tomoniga matn tushiriladi) oshmasligi kerak (foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kirmaydi).
16. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi dissertatsiya hajmi ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin.
17. Dissertatsiyaning titul varag‘i va dissertatsiya avtoreferati muqovasining orqa tomonida bitta ilmiy rahbar (konsultant) ko‘rsatiladi.
18. Zarur hollarda OAK ruxsati bilan ikkinchi ilmiy rahbar yoki ilmiy konsultant ham ko‘rsatilishi mumkin, ixtisosliklar tutashligida bajarilgan dissertatsiyalar uchun OAK ruxsati talab etilmaydi.
19. Ilmiy kengash tomonidan dissertatsiya himoyaga qabul qilinganidan so‘ng dissertatsiyaga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin emas.
20. Dissertatsiya tadqiqotida zamonaviy talablarga javob beradigan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
21. Dissertatsiyada foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, izlanuvchining xohishiga ko‘ra, alifbo, sistematik yoki matnda havola qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi. Foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni ro‘yxatga kiritish taqiqlanadi.
22. Dissertatsiyada foydalanilgan materiallarning manbasi, ularning muallifi va nomi to‘liq ko‘rsatilishi, shuningdek hammualliflarning g‘oya yoki ishlanmalaridan foydalanilgan taqdirda, dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida bu haqda qayd etilishi shart.
23. Izlanuvchi hammualliflikda yaratilgan (yozilgan) ilmiy ishidagi faqat o‘zining hissasini dissertatsiyasiga kiritishi mumkin.
24. O‘zganing materialidan uning muallifi va manbasini ko‘rsatmasdan foydalanilgan hollarda dissertatsiya u qaysi bosqichda ko‘rilayotgan bo‘lishidan qat’i nazar muhokamadan olib tashlanadi va talabgor ushbu mavzu bo‘yicha dissertatsiyani qayta himoya qilish huquqidan mahrum etiladi.
Download 38.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling