2. Fanlararo aloqalarni kompleks ravishda amalga oshirish imkoniyatlari


Download 98.49 Kb.
bet2/4
Sana08.01.2022
Hajmi98.49 Kb.
#247496
1   2   3   4
2. Ijtimoiy fanlar, biznes va huquq

3. Muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari

4. Qishloq va suv xo‘jaligi

5. Soliqni saqlash va ijtimoiy ta’minot

6. Xizmatlar

Har bir yo‘nalish uchun umumiy hisoblangan fanlarni ajratish mumkin. Xususan, sanoat kasb-hunar kollejlarida umumkasbiy fanlar sifatida chizmachilik, texnik mexanika, elektrotexnikaning nazariy asoslari kabi fanlar, maxsus fanlar sifatida esa maxsus texnologiya, slesarlik ishi, tokarlik ishi, ishlab chiqarish ta’limi kabilar olinadi.

Ma’lumki, matematika mustaqil ravishda kasbga tayyorgarlikni etarli darajada amalga oshira olmaydi, uning boshqa fanlar bilan aloqasi kasbga tayyorlashni ma’lum darajada amalga oshirish uchun sharoit yaratishga imkon beradi. Matematikaning texnika bilan aloqalari, ko‘pincha, ishlab chiqarilgan matematik nazariyaning texnikaviy masalalarni hal qilishga qo‘llashdan iborat bo‘ladi. Matematikaning tatbiqlari juda turli-tumandir, uning tatbiq doirasi chegaralanmagan: olamdagi barcha hodisalar matematik yo‘l bilan o‘rganilishi mumkin. Bunda turlicha hodisalar uchun qo‘llaniladigan matematik qoidalar turlichadir. Bu shuni ko‘rsatadiki, matematikani o‘qitish jarayonida fanlararo aloqalarga va matematika kursining texnik xarakteriga alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir, shuning uchun yosh avlodni shunday o‘qitish kerakki, u o‘zgaruvchan muhitga erkin moslasha olsin, matematik, fizik, ximik, texnik adabiyotlar bilan mustaqil ishlash, ishlab chiqarishni tashkil etish qobiliyatlariga ega bo‘lsin. Ularga yangilanish va izlanish, zamonaviy mehnat qilish usullariga intilish ruhini singdirish zarur. Bu oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maktablar va kasb-hunar kollejlari uchun asosiy vazifa bo‘lib hisoblanishi kerak.

Kasb-hunar kollejlari matematika kursining asosiy kamchiliklaridan biri matematika fanini o‘rganish jarayonida o‘ziga-o‘zi «o‘ralashib» qolishi, ya’ni asosan “matematika” faninig o‘zini o‘rganishga ko‘proq e’tibor qaratilishidir. Boshqacha aytganda undan tashqariga chiqa olmaslikdir. Kasb-hunar kollejlarida matematika fanini o‘qitishga bunday yondashuv o‘quvchilar tomonidan matematik bilimlarni egallash jarayonini sustlashtiradi va ularning matematik bilimlarini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kasbiy faoliyat bilan shuullanuvchilarning deyarli barchasi uchun matematika o‘zining tatbiqisiz umuman mavjud emas.

O‘quv fanlarining umumiy tuzilmaviy elementlari o‘qitishda fanlararo aloqalarni kompleks ravishda amalga oshirishning ob’ektiv asosini yaratadi:


  • o‘rganishning ilmiy ob’ektlari, ma’lumotlar;

  • tushunchalar, qonunlar, nazariyalar;

  • dunyoqarash g‘oyalari;

  • tarixiy muammolar va fan yo‘llari;

  • metodologik asoslar va fan usullari;

  • bilishning umumlashgan yo‘llari;

  • o‘ziga xos ko‘nikma va malakalar;

  • fan tili;

  • bilimlarning g‘oyaviy-tarbiyaviy jihatlari.

O‘quv fanining avval ajratib ko‘rsatilgan ushbu elementlariga kasb-hunar kollejlari o‘quv dasturlari va darsliklaridagi ma’lum darajada kuchaytirilgan politexnik va amaliy bilimlarni ham qo‘shish zarur. I.YA Lerner, M.N Skatkin va hokazolar, o‘z ishlarida zamonaviy didaktika o‘qitish mazmunida fanni to‘liq aks ettirish tamoyilidan kelib chiqishini alohida ta’kidlab o‘tishgan: nazariya va usulning birligida, bilimlar tizimi sifatida, faoliyati sifatida, hamda uning jamiyat ongi va amaliyotining boshqa shakllari bilan munosabati tizimi sifatida.

Ilm - bu yangi bilimlarga ega bo‘lishga intilish va faoliyatning natijasidir. Binobarin, o‘quv fani - bu inson faoliyat sohasining aniq fanni o‘rganish jarayonidir. YA’ni o‘quvchilarda shakllanuvchi bilimlar, usullar va munosabatlar birligidir. O‘quv fanini abstrakt darajada bilimlarning umumlashgan modeli ko‘rinishida, o‘qitish faoliyatidan va jarayonidan «tortib olingan», alohida holda ko‘rib chiqish, undagi: ob’ekt, faoliyat yo‘llari, ahamiyatliligi to‘g‘risidagi bilimlar tarkibini ajratib olish imkonini beradi.

Insonning idrok qilish jarayonida axborotning quyidagi vazifalari ushbu bilimlar turining asosi bo‘lib xizmat qiladi .


  • ilmiy, ob’ektning mohiyatini ochib beruvchi, u to‘g‘rida sub’ektga ushbu ob’ekt borligini ko‘rsatish maqsadidagi etkaziladigan ilmiy bilimlar;

  • ob’ekt to‘g‘risidagi bilimlar bilish usullari qanday o‘rnatilganligini ko‘rsatuvchi;

  • daliliy-baholovchi, jamiyat mafkurasi, olimning dunyoqarashi, insonning ehtiyojlari nuqtai nazaridan ob’ekt to‘g‘risidagi bilimlarning muhim mohiyatini ochib beruvchi bilimlar, buning natijasida sub’ekt ushbu ob’ektni nima uchun o‘rganish lozimligini bilib oladi.

Majmuali (kompleks) topshiriqlarni soddadan murakkabga qarab rejalashtirish maqsadga muvofiqdir. Kompleks uy vazifalari sifatida o‘quvchilarga quyidagilarni yozib olishni tavsiya qilish mumkin:

  • har xil fanlar bo‘yicha o‘quvchilar o‘rgangan ilmiy tushuncha, qonun, formula va muhim ma’lumotlarni ta’riflash;

  • ular yordamida ko‘rib chiqilayotgan ob’ektlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash;

  • o‘rnatilgan qonuniyatlardan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan natijalarni aniqlash va hokazo.

Kasb-hunar kollejlarida kichik mutaxassislarni tayyorlashni takomillashtirishning muhim tarkibiy qismi o‘qitishning mazmuni va jarayonini fanlararo aloqalarni nazarda tutgan holda shakllantirish hisoblanadi. Fanlararo aloqalar turli fan o‘qituvchilari bilimlarining umumiy o‘quv-tarbiyaviy masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan tarzda umumlashtirilishi asosidagi yagona yondashuvni ta’minlashi kerak. Bu pedagoglar oldiga o‘quvchilarning bilimlarini yagona, yaxlit poydevor kabi shakllantirish, ularning bo‘lg‘usi muvaffaqiyati, kasbiy faoliyati uchun mustahkam asos bo‘lishini ta’minlash vazifasini qo‘yadi.

Bunda, umumta’lim va maxsus fanlarning davrlararo aloqalarining tavsifi kichik mutaxassislarni tayyorlash yo‘nalishining xususiyatiga bog‘liq. Masalan:



  • agronomiya yo‘nalishi uchun bu - kimyo va matematika fanlarining aloqalari;

  • mashinasozlik yo‘nalishi uchun bu - matematika va matematika;

  • iqtisodiyot yo‘nalishi uchun bu - matematika va informatika.

O‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonida fanlararo aloqalarni amalga oshirish muammolarining mohiyatini tadqiq etish kasb-hunar ta’limida fanlararo aloqalarni amalga oshirishning pedagogik shartlarini ifodalash imkonini berdi. Kasb-hunar ta’limida fanlararo aloqalarni amalga oshirishning pedagogik shartlari quyidagilarni ta’minlashdan iboratdir:

  • o‘qitish mazmunida ilmiylik va soddalik;

  • umumta’lim va kasbiy tayyorgarlik fanlarining umumiyligi;

  • kasbiy ta’limning politexnik tashkil etuvchisi muhimligi;

  • turli fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari va darsliklarning o‘zaro muvofiqligi;

  • o‘quv dasturlari mazmuni, o‘qitishning usul va vositalarining o‘zaro bog‘liqligi;

  • ta’lim jarayoniga umumlashtiruvchi darslar, seminarlar, ekskursiyalar, anjumanlar shaklida majmuali yondashish;

  • fanlararo o‘quv muammolarini jamoaviy hal etish usullari, o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishlariga mos keluvchi individual topshiriqlar bilan birga qo‘llash;

  • boshqa fanlar bo‘yicha darslarda shakllantirilgan tushunchalarni jalb etib aniq o‘quv materialini o‘rganish zarurligini nazarda tutuvchi, majmuali fanlararo aloqalar;

  • o‘quvchilarning bilish qobiliyatlarini, faolliklarini, qiziqishlarini, aqliy faoliyatlarini rivojlantirish, bilim sifatini yaxshilash.

Bu shartlar faqat fanlararo aloqalar yordami bilan hal etilishi mumkin, chunki ularning echimi quyidagilarga tayanadi:

  • tabiat to‘g‘risidagi umumiy bilimlar bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy-ilmiy sikldagi fanlarning umumiyligiga;

  • umumiy metodologiya va bilish usullariga (dialektik, tizimli-tuzilmali usullar, fizik-kimyoviy usullar, kuzatishlar, tajriba, tabiat to‘g‘risidagi fan tizimining umumiyligi, atamalar, belgilar, formulalar tili o‘lchov birliklarining umumiyligi);

  • umumiy muammolar majmui (tabiat muhofazasi, uning zahiralaridan samarali foydalanish, fazoni, dunyo okeanini, energetikani va boshqalarni o‘zlashtirish);

  • zamonaviy ishlab chiqarishda bilimlarni texnologik qo‘llash.

Ta’lim mazmuni va usullarining o‘zaro aloqalari, quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilsa, fanlararo aloqa o‘quvchilarning bilish faoliyatlari samaradoligini yanada oshirishning muhim didaktik sharti bo‘lishi mumkin:

  • barcha o‘quv fanlari mazmunini yanada chuqurroq va har tomonlama o‘zaro aloqada va o‘zaro muvofiqlikda ochib berish, o‘z navbatida, o‘quv axborotini izchil va muntazam o‘zlashtirishga imkon beradi;

  • o‘quvchilarning bilish faolligini yangi bilimlarni boshqa o‘quv fanlaridagi bilimlarini jalb qilish yordamida mashg‘ulotda va mustaqil ishni bajarish jarayonida rivojlantirish;

  • o‘quvchilarda yangi bilimlarni o‘zlashtirish, har xil fanlarni bilish va amaliy faoliyatlarida ulardan tezroq qo‘llanish qobiliyatlarini shakllantirish, bu aqlning mantiqiylik, o‘zgaruvchanlik, tanqid qilish, shuningdek taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, isbotlash, rad qilish ko‘nikmalarining muvaffaqiyatli rivojlanishiga ko‘mak beradi.


Download 98.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling