Mavzu: Dastgohlarni ta’mirlashda qo’llanadigan zarur metall kesish jihozlari, asboblar va moslamalar
Reja:
Ta’mirlashda qo’llanadigan slesarlik ishlarining asosiy turlari
Ta’mirlashda slesarlik - yig’ish ishlari
Ta’mirlashda slesarlik-yig’ish ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi
Ta’mirlashda qo’llanadigan slesarlik ishlarining asosiy turlari Ta’mirlashda slesarlik ishlarining quyidagi asosiy turlari qo’llaniladi:
Razmetka – operatsiyasining mazmuni detal yoki zagatovka yuzasiga
maxsus asboblar yordamida chiziqchalar va kerner nuqtalar qo’yishdan iborat..
Razmetkadan oldin yuzani tayyorlash kerak. Odatda razmetka qilinishi kerak bo’lgan ishlov berilgan yuzalar edkogo natriy yoki kaustik soda (1L suvga 100 gr) aralashmasi yordamida moysizlantiriladi, keyin mis kuporosi qoplanadi.
Egovlash – deb kerakli bo’lgan geometrik shakl aniqligi va yuza tozaligini berish uchun detaldan metall qatlamini egov yordamida olib tashlashga aytiladi. Bu jarayon shponkalar tayyorlash, ariqchalarni egovlash, faskalarni ochish, moylabchalarni (zausenes) tozalash va h.k. uchun qo’llanadi. Detallarni egovlashda homaki ishlov berish katta tishli egovlarda, toza ishlov berish mayda tishli egovlarda, o’ta toza ishlov berish esa barxat egovlarda amalga oshiriladi. Mehnat mahsuldorligini oshirish uchun maxsus egovlash dastgohlari va mexanizatsiyalashtirilgan asboblar qo’llanadi.
Ta’mirlash ishlarida katta tekisliklarni egovlash uchun pnevmatik egov qo’llanadi (3.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |