Mavzu: Dastgohlarni ta’mirlashda qo’llanadigan zarur metall kesish jihozlari, asboblar va moslamalar Reja: T


Download 148.85 Kb.
bet3/4
Sana01.03.2023
Hajmi148.85 Kb.
#1241409
1   2   3   4
Bog'liq
TJTFMI

Plashkalar - tashqi rezbalar kesish uchun qo’llanadi. Konstruktiv shakli jihatidan plashkalar aylana va yoyiladigan bo’ladi. Ta’mirlashda yoyiladigan plashkalar qo’llanadi. Ular yordamida sterjenlarda ham normal, ham kattalashtirilgan diametrdagi rezbalar kesish mumkin. Kattalashtirilgan diametrdagi tashqi rezbalar ta’mirlashda yig’iluvchi ichki rezba qisman yeilib, hali foydalanishga yaroqli bo’lganda qo’llanadi.
Razvyortkalash – yig’ishda teshiklarning talab qilingan birikishlarni olish maqsadida, yoki yig’iladigan detallar teshiklarining o’qlarini mutanosibligini ta’minlash uchun amalga oshiriladi.
Podshipniklarga babbit qoyish – metall kesish dastgohlari sirpanish podshipniklarini ta’mirlash uchun qo’rg’oshinli babbitlar va qo’rg’oshinli bronzalar qo’llanadi. Qo’rg’oshinli babbitlar qattiq kristallari bir tekis joylashtirilgan yumshoq asosdan tashkil topgan.
2. Tamirlashda slesarlik - yig’ish ishlari
Metall kesish dastgohlarini ta’mirlashda bajariladigan slesarlik-yig’ish ishlariga: jihozni ajratish; uzel va detalarni yuvish; yeilgan va shikastlangan detallarni ta’mirlash; mexanik va boshqa ishlov berishlardan so’ng detallarni moylash; uzel va dastgohni yig’ish, dastgohni aniqlikka, birlikka va mahsuldorlikka tekshirish va dastgohni poydevorga o’rnatish ishlari kiradi. Texnologik jihozni ta’mirlashda slesarlik ishlariga sarflanadigan vaqt ta’mirlashga ketadigan hamma vaqtning 90 % gacha qismini tashkil qiladi.
Metall kesish dastgohlarini ajratish. Ta’mirlashdan oldin metall kesish dastgohlarini oldindan belgilangan texnalogik jarayon bo’yicha slesarlik ajratish ishlari bajariladi. Bunday ishlar quyidagi ketma-ketlikda bajariladi: dastgoh elektrosetdan ajratiladi; cheklovchilar yechib olinadi; uzellarni briktiruvchi detallar yechib olinadi; uzelning mahkamlash detallari yechiladi; uzel dastgohdan yechib olinib, kranlar yordamida ajratish stendiga olib boriladi; uzel ajratib detallar yuviladi; defektlar vedomosti tuzilib, detallar uch guruhga ajratiladi: yaroqli-keyingi rejali ta’mirlashgacha ishlay oladigan detallar; qayta tiklanadigan detallar; qayta tiklanmaydigan braklashgan detallar. Brak detallar dastgoh ta’mirlanishi tugagandan so’ng maxsus ajratilgan joyda saqlanadi.
Dastgoh va mexanizmlarni ajratish sifatini ta’minlash uchun quyidagi ishlarini bajarish tavsiya etiladi: 1) asbob va moslamalar mahkamlash va boshqa detallarga mos bo’lishi kerak; 2) detallarga bolg’alarda zarb berishga yo’l qo’ymaslik kerak, bu detallarning deformatsiyalanishiga olib keladi, mort detallar esa sinishi mumkin; 3) detallarni o’rinishlarsiz, tirnashlar qoldirmasdan yechib olish; agar detal yechilishi qiyin bo’lsa katta kuchlar ta’sir qilmasdan sababini aniqlash kerak; 4) surish vintlari va boshqa vallarni ajratishda ularni egilishiga yo’l qo’ymasdan qo’shimcha tayanchlar qo’llash kerak; 5) ajratilgan uzelning har bir detal stellajda o’z o’rniga ega bo’lishi kerak; 6) mahkamlash detallarini mo’ljallangan alohida joyga qo’yish yoki maxsus belgilar qo’yib bitta yashikda yig’ish kerak; 7) yirik detallarni stend oldida maxsus qo’ygichlarga o’rnatish kerak; 8) ajratishda yechiladigan detallarni yig’ishda xatoliklarga yo’l qo’ymaslik uchun markalash maqsadga muvofiq.

Download 148.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling