Mavzu: Dastgohlarni ta’mirlashda qo’llanadigan zarur metall kesish jihozlari, asboblar va moslamalar Reja: T
Download 148.85 Kb.
|
TJTFMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- M etch i k
- 3.4- r a s m . M et c hi knin g qism va e l e mentlar i
3.1-rasm. Elektroegov
Parmalash – teshik ochish uchun keng tarqalgan usullardan biri hisoblanadi. Bunda kesish asbobi sifatida parma qo’llnadi. Parmalar konstruksiyasi jihatidan qanotli (perovie), to’g’ri ariqchali, spiralli, chuqur teshiklar uchun, markazlovchi, maxsus va kombinasialangan turlarga bo’linadi. Parmalar asosan asbobsozlik po’latidan tayyorlanadi, bundan tashqari plastinkasi qattiq qotishmadan tayyorlangan parmalar ham qo’llanadi. parmaning ikki xil turdagi konstruksiyasi keltirilgan: konussimon va silindrik dumli. Parma quyidagi qismlardan: ishchi qism, qirqish qismi, dum, lapka, povadka va bo’yindan tashkil topgan. Vint ariqchasining enish burchagi 18-300 bo’ladi. . 3.2-rasm. Spiralsimon parma qismlari va elementlari Rezba kesish – ko’p hollarda konstruktiv shakli va og’irligi bo’yicha dastgohlarga o’rnatish mumkin bo’lmagan detallarda rezba kesish qo’lda metchiklar va plashkalr yordamida, ayrim hollarda grebenkalar, qirqichlar va rezba kesish kallaklari yordamida amalga oshiriladi. Metchik – deb teshiklarda rezba kesishga mo’ljallangan kesish asbobiga aytiladi, u kesish qirralarini tashkil etuvchi bo’ylama, to’g’ri yoki vintsimon ariqchalari bo’lgan vintdan iborat. Metchiklarni quyidagi asosiy turlarga: qo’lga mo’ljallangan (ruchnie), gayka uchun (gaeichnie), mashina uchun, plashka uchun (plashichnie), kalibrovka uchun (kalibrovichnie) rostlanadigan va o’zicha ochiladigan (yig’ma) (samootkrivaeshiesya) bo’lish mumkin. Metchiklarni tez kesar po’latlardan asosan P9 dan, legirlangan asbobsozlik po’lati 9XC va uglerodli asbobsozlik po’lati U12A dan tayyorlaydi. Rezba kesish jarayonini yengillashtirish uchun sovitish moylash suyuqliklari qo’llash kerak. Po’lat detal va zagatovkalarda rezba kesishda, asosan sulfofrezol va emulsiya, ko’l rang cho’yandan tayyorlangan zagatovkalarda – kerosin, kovkiy cho’yan zagatovkalarda rezba kesishda emulsiya qo’llanadi. Ichki rezbalar sifati oldindan parmalangan teshik diametriga bog’liq. Agar teshik diametri GOST da ko’rsatilganidan katta bo’lsa, kesish natijasida rezba noto’liq bo’ladi, kichik bo’’lganda esa metchik sinib ketishi mumkin. 3.4-rasm. Metchikning qism va elementlari Download 148.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling