2. Faoliyatning tuzilishi va turlari
Motiv va motivatsiya tavsifi
Download 0.49 Mb.
|
motivatsiya
Inson hulq-atvorida funksional jihatdan bog‘liq bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi va boshqaruvchi tomonlar mavjud. Psixologiyada inson hulq-atvoridagi qo‘zg‘atuvchi holatlarni tasvirlash va tushuntirish uchun qo‘llaniladigan tushunchalar orasida motivatsiya va motiv tushunchalari eng umumiy va asosiy bo‘lib hisoblanadi.[1] «Motivatsiya» atamasi «motiv» atamasiga qaraganda kengroq tushunchaga ega. «Motivatsiya» so‘zi hozirgi zamon psixologiyasida hulq-atvorni determinatsiyalovchi omillardir. Bunga, xususan, ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, intilishlar va boshqa ko‘pchilik) tizimini belgilovchi va hulq-atvor faolligini ma’lum darajada tutib turuvchi, rag‘batlantiruvchi jarayon xususiyati sifatida ikkilangan ma’noda qo‘llaniladi. Biz motivatsiya tushunchasini birinchi ma’noda qo‘llaymiz. SHunday qilib, motivatsiyani inson hulq-atvori, uning kelib chiqishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik xususiyatga ega bo‘lgan sabablar yig‘indisi sifatida belgilash mumkin.[1][3] LET'S STEP BACK NOW AND CONSIDER four perspectives psychologists have used in their attempt to understand motivated behaviors. Instinct theory (now replaced by the evolutionary perspective) focuses on genetically predisposed behaviors. Drive- reduction theory focuses on how our inner pushes and external pulls interact. Arousal theory focuses on finding the right level of stimulation. And Abraham Maslow's hier¬archy of needs describes how some of our needs take priority over others. Tashkilotchi psixologlarning ish beruvchilarni motivatsiyalash hamda bandliklarini ta’minlashga urinishlarida yordamini ko’rib chiqishdan oldin nega har qanday ishchi yuqori standart yoki qiyin maqsadga erishishi mumkinligini batafsil ko’rib chiqamiz. O’sish imkoni bo’lgan har qanday ishda muvaffaqiyatga intiluvchi siz bilgan odamni eslang. Endi undan kamroq harakat qilayotganni eslang. Psixolog Genri Myurrey(1938) birinchi odamning erishuv motivatsiyasini malaka va g’oyalarni egallash uchun, boshqaruv uchun, shuningdek tezda yuqori standartga erishish uchun ahamiyatli yutuqlarga intilishi sifatida ko’rsatgan. Ularning qat’iyligi va real vazifalarni amalga oshirishini kutishingiz mumkin, yuqori darajadagi motivatsiyali odamlar ko’p narsaga erishadi. Intellekt testi 1foizning yuqorisida bo’lgan 1528ta kaliforniyalik bolalar hayoti davomida o’rganilgan. Qirq yil o’tgach tadqiqotchilar ko’proq va kamroq kasbiy muvaffaqiyat qozonganlarni solishtirganida motivatsion farqlarni topishdi. O’sha muvaffaqiyatliroqlar izzattalab, quvvatga to’la va qat’iyatliroq edi.Bolaligida ularning faol mashg’ulotlari ko’p bo’lgan. Ulg’ayganida ko’p guruhlarda qatnashishgan va tomoshabindan ko’ra sport musobaqalarining ishtirokchisi bo’lgan ( Golmen,1980). Iqtidorli bolalar qobilyatli o’rganuvchilardir. Tajribali kattalar matonatli ijrochilardir. O’rta maktab va universitet talabalari birgalikda tadqiq qilinganda o’zlashtiish,davomat va obro’ uchun intizomlilik intellektdan ko’ra yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan. Buyumlar, g’oyalar va odamlarni egallash, yuqori standartga erishish uchun “Intizom iste’doddan ustun” degan xulosaga kelishdi tadqiqotchilar. Anjela Dakvort va Martin Seligman nima uchun qiz bolalar ular bilan bir xil iqtidordagi o’g’il bolalardan ko’ra maktabda yuqori baho olishini tushuntiradilar(2005,2006). Biroq intizom iqtidorni takomillashtiradi. Ularning 20-yillari boshida top-skripkachilar o’qituvchi bo’lish niyatidagi boshqa skripkachi talabalardan ikki marta ko’p – 10000soat jamg’arishgan(Erikson va b., 2001,2006,2007). Iqtisod bo’yicha Nobel mukofotini olgan psixolog Gerbert Saymon(1998)ning tadqiqotlaridan 10yil qoidasi deb nomlangan qoida yuzaga keldi: jahon ekpert-klasslari sohasi bo’yicha o’n yildan kam bo’lmagan vaqt ya’ni haftasiga qirq soat, yiliga ellik hafta ishlashgan.Katta olimlar, sportchilar va rassomlar o’rganilganida aniqlandiki ularning barchasi yuqori motivatsiyaga va shaxsiy intizomga ega, o’z maqsadiga erishish uchun kuniga soatlab vaqt sarflashga tayyor ( Blum,1985). Bu yorqin yulduzlar nafaqat o’zining noodatiy talanti, balki kundalik intizomi bilan ajralib turgan. Yuqori natija gallon(4,5litr) ter bilan bir choy qoshiq ilhomning aralashmasiday tuyuladi.[2][3] Human motivation aims not to eliminate arousal but to seek optimum levels of arousal. Having all our biological needs satisfied, we feel driven to experience stimu¬lation and we hunger for information. We are "infovores," say neuroscientists Irving Biederman and Edward Vessel (2006), after identifying brain mechanisms that re¬ward us for acquiring information. Lacking stimulation, we feel bored and look for a way to increase arousal to some optimum level. However, with too much stimulation comes stress, and we then look for a way to decrease arousal. Dakvort va Seligman qayd etganidek, o’ta omadli odamlarni o’zi qatori iqtidorli tengdoshlaridan jasorat – uzoq muddatli buyuk maqsadga nisbatan jo’shqin sadoqat ajratib turadi. Shunga qaramay intelligent qo’nq’iroqsifat egrilikdek namoyon bo’ladi,balki yutuq emas. Bu bizga muvaffaqiyat xom iste’doddan-da ko’p narsani qamrab olishini aytadi. Shuning uchun tashkilotchi psixologlar oddiy ishda ishlovchi oddiy odamlani jalb qilish va motivatsiyalash yo’llarini qidirmoqdalar. Hulq-atvorning paydo bo‘lishi, davomiyligi va barqarorligi, yo‘nalganlik va ko‘zlangan maqsadga erishilgandan so‘ng yakunlanishi, kelajakdagi voqealarga moyillik, alohida olingan hulq-atvor aktining mutanosibligi va mazmun jihatidan yaxlitligi, samaradorligini oshirish kabi tomonlari motivatsion jihatdan tushuntirishni talab etadi. «Nimaga?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «nima evaziga?», «qanday mohiyatga ega?» va boshqa shu turdagi savollarga javob izlash motivatsiyaga muvofiq amalga oshiriladi. Hulq-atvornining istalgan shakli ichki va tashqi sabablar bilan tushuntirilishi mumkin. Birinchi vaziyatda tushuntirishning boshlang‘ich va yakuniy holatlari sifatida sub’ekt hulq-atvorining psixologik xossalari, ikkinchisida – tashqi va faoliyat sharoitlari namoyon bo‘ladi. Birinchi vaziyatda motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, tilaklar, qiziqishlar va h.k.lar, ikkinchisida esa – yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan rag‘batlar haqida so‘z yuritiladi. Ba’zan inson hulq-atvorini ichdan belgilab beradigan barcha omillar shaxs dispozitsiyalari deb ataladi. U holda muvofiq ravishda dispozitsion va vaziyatli motivatsiyalar haqida hulq-atvorni determinatsiyalashning ichki va tashqi analoglari sifatida so‘z yuritiladi. SHuning uchun insonning istalgan harakati ikki tomonlama: dispozitsion va vaziyatli determinatsiya sifatida ko‘rib o‘tiladi. Dispozitsiyalar o‘z mohiyatiga ko‘ra motivlardir. Motiv motivatsiyadan farqli o‘laroq, – bu hulq-atvor sub’ektining o‘ziga tegishli bo‘lgan, uning ma’lum harakatlari amalga oshirishga ichkaridan undovchi barqaror shaxsiy xossasi. Motivni, shuningdek, umumlashtirilgan ko‘rinishda ko‘pchilik dispozitsiyalarni ifodalaydigan tushuncha sifatida belgilash mumkin. Mavjud bo‘lgan dispozitsiyalardan eng muhimi ehtiyojlar tushunchasi hisoblanadi. Ehtiyoj deb, inson yoki hayvonning ma’lum sharoitlarda ularga normal yashash va rivojlanishi uchun etishmovchilik holatiga aytiladi. Ehtiyoj shaxs holati sifatida muntazam ravishda insondagi organizm (shaxs) uchun etishmovchilik bilan bog‘liq bo‘lgan qoniqmaslik hissi bilan bog‘liq Inson ehtiyojlarining asosiy xususiyatlariga qondirish kuchi, paydo bo‘lishining davriyligi va usuli kiradi. SHaxsning ahamiyatli ehtiyoji, uning jisga bog‘liq mazmuni, ya’ni, ushbu ehtiyojni qondira oladigan moddiy va ma’naviy madaniyat ob’ektlarining yig‘indisidir. Ehtiyojdan keyingi motivatsion ahamiyatga ega bo‘lgan tushuncha – bu maqsad. Maqsad deb, faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan, dolzarb ehtiyoji qondiruvchi bevosita anglanuvchi natijaga aytiladi. Psixologik jihatdan maqsad ongning motivatsiyali qo‘zg‘atuvchi mazmuni, u inson tomonidan faoliyatining bevosita va yaqin kutilayotgan natijasi sifatida idrok qilinadi. Ko‘rib chiqilgan motivatsiyali hosilalardan dispozitsiyalar (motivlar), ehtiyojlar va maqsadlar inson motivatsion sohasining asosiy tashkil etuvchilari bo‘lib hisoblanadi. SHaxsning motivatsion sohasini rivojlanganlik nuqtai nazaridan kenglik, egiluvchanlik va ierarxiyalashtirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash mumkin. Motivatsion sohaning kengligi deyilganda, darajalarning har birida keltirilgan dispozitsiyalar, ehtiyoj va maqsadlar kabi motivatsion omillarning sifat jihatidan turli-tumanligi tushuniladi. Odamda turli xil motivlar, ehtiyoj va maqsadlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning motivatsion sohasi ham shunchalik rivojlangan hisoblanadi. Motivatsion sohaning egiluvchanligi motivatsiya jarayonini quyidagicha xarakterlaydi: yuqori darajadagi motivatsion maylning qondirilishi uchun quyi darajadagi turli xil motivatsion mayllar qanchalik ko‘proq qo‘llanilgan holatda motivatsion soha ham shunchalik darajada egiluvchan bo‘ladi. Masalan, bir individ uchun bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj faqat televidenie, radio va kino hisobiga qondirilsa, boshqasi uchun xuddi shunday ehtiyojni qondirish vositasi turli kitoblar, davriy matbuot, odamlar bilan muloqot hisoblanadi. Keyingi holatda motivatsion soha egiluvchanroq bo‘lib sanaladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling