Tadqiqotning predmeti. Boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarni she’riy asarlarni ifodali o’qish va qo’llanilgan tasviriy ifoda vositalarni tahlil qilishga o’rganish ko’nikmalarini shakllantirish. 3-,4-sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlar misolida.
Tadqiqot ob’ekti sifatida 3-,4-sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarni o’rgatishda Qarshi shahridagi 19-maktabning 3-“B” va 4-“V” sinflarida olindi.
Tadqiqot metodlari. Mavzuga oid adabiyotlarni o’rganishga asoslangan nazariy amaliy tahlillar, o’quv qo’llanmalari va dars ishlanmalarini yaratishda sinab ko’rish. Bitiruv ishimizni yozish davomida metodist olimlardan K.Qosimova, Q.Abdullayeva, R.Mavlonoova, T.G’afforova, X.G’ulomova va B.Ma’qulovalarning metodik qo’llanmalarini o’rganib chiqib, ishimiz jarayonida ulardan foydalandik. Shuningdek, Qarshi shahridagi 19- sonli maktabning ilg’or boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ish tajribalaridan foydalandik.
Do'stlaringiz bilan baham: |