2-fasl. 3- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning mavzu ko‘lami va mazmundorligi II bob
Darslikning 3-bo’limi “Kuz manzarasi va mehnat”
Download 63.27 Kb.
|
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KITOB O’QISH MAHORATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darslikning 4-bo’limi “Kumush qish” deb nomlanib
- Darslikning 5-bo’limi “Vatan himoyachilari”
Darslikning 3-bo’limi “Kuz manzarasi va mehnat” deb nomlanib, Yoldosh Sulaymonning “Kuz”, A.Obidjonning “So’nggi axborot” she’rlari o’rin olgan.
Yoldosh Sulaymonning “Kuz” she’rida kuz faslining tarovati, oltin misol barglarning daraxt shoxlarida tovlanishi, turli xil mevalarning g’arq pishgani, bog’u rog’larda, dala-adirlarda ish qizg’in pallaga yetgani, dehqon mehnatini samarasidan zavqlanib yetishtirgan mahsulotlarini xalqqa ulashishi nihoyatda ta’sirchan tasvirlangan. Bu she’rni o’qigan har bir kichkintoy qalbida kuz fasli haqidagi tushunchalari kengayishi bilan birga mehnatga muhabbati ortadi. Marvarid kuz Qildi ko’z-ko’z Bisotida borini. Bog’da hil-hil Sanab bo’lmas barini. Istasangiz Saylab-saylab Husaynidan uzasiz. Nok, shaftoli, Anjir boli Xuddi qaymoqni deysiz. Shunday go’zal Ehson tutgan o’zi kim? Dehqon og’am, dehqon tog’am, O’sha dehqon amakim. (55-bet) A.Obidjonning “So’nggi axborot” she’rida kuz faslida g’arq pishadigan bog va poliz mahsulotlarini yumoristik tarzda tasvirlab, o’quvchini yengil kulgiga undaydi. Shuningdek, kuz shamollari daraxt shoxidagi barcha mevalarni to’kilishini hosilni yig’ib-terib olinadigan davr ekanligiga ishora qiladi. She’rga diqqat qilsangiz, buning guvohi bo’lasiz. Bo’lib o’tdi qishloqqa Kecha zo’r shamol. Natijada ro’y berdi Anchayin kor-hol. Uzum boshi aylanib Bo’p qoldi kasal. Shoxdan yiqilib olma Yotibdi o’sal. Shamollatdi qornini Oshqovoq polvon Pachoq qildi burnini, Mulla baqlajon. Yumala borib. Uyg’onibdi qovunning Boshini yorib. Darslikning 4-bo’limi “Kumush qish” deb nomlanib, bunda qish faslining o’ziga xos xususiyatlari Z.Diyorning “Birinchi qor”, O.Xolmirzayevning “Qish zavqi”, D.Komiljonovaning “Yangi yil archasida”, Q.Hikmatning “Ayamajiz” she’rlarida yorqin ifodalanfan. Shuningdek, qish faslida muhim sana hisoblangan Konstitutsiyamizga bag’ishlab S.Barnoyevning “Bosh kitob” she’ri diqqatga sazovordir. Ozod erkinlikning Ramzi- bu kitob. Haq-huquqimiz. Yo’limiz yoritar Misoli oftob. Nazarimda, xuddi ana shu betakror o’xshatishlari she’rga jon baxsh etadi, yosh kitobxon ko’z o’ngida Ona-tabiatning jonli, mukammal manzarasini yaratadi, tabiatning har bir sahifasi: jumladan dov-daraxt uyquga cho’mgan, hamma yoq oppoq qor bilan qoplangan, issiq uyda o’tirib o’qiyotgan kitobingdagi tasviriyoq etingni junjiktirib yuboradigan qahraton qish ham yosh kitobxon ko’z o’ngida o’zgacha qiyofada aks etadi, yashirin go’zalligini namoyon qiladi, G’afur G’ulom aytmoqchi: “biz uchun qadrdon qish”ga aylanadi. Zafar Diyorning “Birinchi qor”she’rida ana shu turfalik o’z aksini topgandek guyo: Oppoq tiniq Oppoq qor. O’ynab tushar osmondan. Qor qo’ynida o’ynoqlab Yurar yoshlar shod-xandon. Darslikning 5-bo’limi “Vatan himoyachilari” deb nomlanib, unda M.A’zamning “O’zbekiston posbonlari”, K.Turdiyevaning ‘Dunyoni saqlar bolalar”, H.Rahmatning “Botir askarcha”, A.Nosirovning “Istiqlolga sharaf-shon”, P.mo’minning “O’ktam avlod” she’rlari o’rin olgan. Bu she’rlarning g’oyaviy mazmuni va maqsadi bir mavzuga qaratilgan. Ya’ni, Vatanni tashqi g’ayritabiiy kuchlardan saqlash, doimo ogoh bo’lib yashash, askarlik burchi va askarlikka havasmand o’glonlar orzusi badiiy ifodalangan. Masalan, Miraziz A’zamning “O’zbekiston posbonlari” she’ri o’qigan bolani hayajonga soladi. Harbiylikka ahd qildik. Turli harbiy fanlarni O’rganmoqqa shahd qildik. Yoki Habib Rahmatning “Botir askarcha” she’ri nihoyatda ta’sirli bo’lib, o’quvchi-yoshlar qalbida Vatanga sadoqatli bo’lish, xalqqa xizmat qilish tuyg’usi shakllanadi. -Dada, askar akam Qadam tashlar gurs,gurs,gurs, Vatanimga, xalqimga Sodiqman, deb bergan so’z. -Shundaymi? -Shunday! -Vatanimni, xalqimni Ko’z qoramdek saqlayman. Askar akamga o’xshab El ishonchin oqlayman. -Shundaymi? -Shunday!
Download 63.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling