2. Funksiyalarni interpolyatsiyalash


Funksiyalarni interpolyatsiyalash


Download 177.65 Kb.
bet2/5
Sana10.11.2020
Hajmi177.65 Kb.
#143154
1   2   3   4   5
Bog'liq
Calculus 7-maruza 06.05.20

2. Funksiyalarni interpolyatsiyalash



f(х) funksiya [а, b] oraliqda aniqlangan boʻlsin, ushbu oraliqda f(х) va (х) funksiyalarning yaqinligi ta’minlangan boʻlsin. Berilgan kesmada

ax0 < x1 < x2 < … < xn  b

shart boʻyicha nuqtalar toʻplami tanlanadiki, ularni tugunlar deb ataladi. Tugunlarning soni (6.1) tenglikdagi parametrlar soniga teng. Bu tugunlarda f(х) funksiyaning qiymatlari ma’lum, ya’ni yi = f(xi),

Interpolyatsiya masalasi (6.1) ga mos koʻphadlarni tanlashga olib kelinadi:

, (6.2)

Bunda сk koeffitsiyentlar haqiqiy sonlardan iborat boʻlib, quyidagi qoida asosida topiladi:



, (6.3)

Bunday koʻphadga interpolyatsion koʻphad deyiladi.

(6.3) shart qoʻllanadigan (6.2) amaliyotga global interpolyatsiya deyiladi. Agar (6.2) koʻphad f(х) funksiyaning aniqlanish sohasi boʻlgan [а, b] kesmaning faqat alohida qismlari uchun, ya’ni m < n boʻlgan m ta interpolyatsion tugun uchun qurilsa, u holda interpolyatsiyani lokal interpolyatsiya deyiladi.

Tanlangan nuqtalar toʻplamidagi tugunlar turlicha boʻlganligi uchun (6.3) sistemaning determinanti quyidagi koʻrinishda boʻladi:



|G|  0, (6.4)

(6.3) sistema yagona yechimga ega, ya’ni (6.2) koʻphadning koeffitsiyentlari bir qiymatli aniqlanadi.

Koʻrish mumkinki, (6.3) shart f(х) va F(х) funksiyalarning yaqinligini ta’minlaydi, ya’ni interpolyatsiya tugunlarida f(х) va F(х) funksiyalarning qiymatlari ustma-ust tushadi.

Agar (6.2) va (6.3) shartlar funksiya qiymatlarini x<x0 va x>xn boʻlgan hol uchun hisoblashda qoʻllansa, bunday yaqinlashishga ekstropolyatsiya deyiladi.



Download 177.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling