2. Geografik qobiqning chegaralari. Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari


Download 26.86 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi26.86 Kb.
#1625947
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu (2)

2. Geografik qobiqning chegaralari. Geografik qobiq tushunchasini paydo bo’lganligiga ancha vaqt bo’lgan bo’lsada, ammo uning aniq chegaralari haqida xamon bir fikr yo’q.
Geografik qobiqning yuqorigi va pastki chegaralari haqida olimlar orasida turlicha fikrlar mavjud. A.A.Grigorev geografik qobiqning yuqori chegarasini 20-25 km. yuqorida joylashgan ozon qatlamidan o’tkazadi. Ozon qatlami Quyoshdan kelayotgan zararli nurlarni ushlab qoladi, undan pastda atmosferani quruqlik va okeanlar bilan o’zaro ta’sirida havo harakatlari kuzatiladi. Ozon qatlamidan yuqorida esa bunday harakatlar kuzatilmaydi. A.A.Grigorev fikricha geografik qobiqning quyi chegarasi Moxorovich chizig’idan sal pastroqdan o’tadi. Yopishqoqligi yuqori bo’lgan Yer po’sti ostidagi qatlam bilan Yer po’stini o’zaro ta’siri Yer yuzasi relyefini shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Quruqlikda geografik qobiqning quyi chegarasi 30-40 km (Yer yuzasidan) chuqurlikdan o’tadi, okeanlar tubida esa 5-8 km chuqurlikdan o’tadi.
S.V. Kalesnik geografik qobiqni juda tor ma’noda tushunadi. U geografik qobiqni yuqori chegarasini 20-25 km. balandlikdan quyi chegarasini esa qalinligi 500-800 m. bo’lgan gepergenez zonasining quyi qismidan o’tkazgan. Mazkur zonada chuqurdagi mineral moddalar tashqi ekzogen kuchlar ta’sirida o’zgaradi. A.G.Isachenko geografik qobiqqa troposferani, gidrosferani va litosferaning 5-6 km. chuqurlikkacha bo’lgan yuqori qismini kiritadi (mazkur chuqurlikda cho’kindi jinslar o’z xususiyatlarini saqlab qoldadi). I.M Zabelin ham geografik qobiqni xudi shunday chegarada ajratishni ma’qullaydi, ammo geografik qobiqning quyi chegarasini hayot va suv tarqalgan chuqurlikdan o’tkazishini taklif qiladi.
D.L.Armand bo’yicha geografik qobiqning yuqori chegarasi tropopauzagacha, quyi chegarasi esa Yer po’stining ostigacha cho’zilgan. F.N.Mil’kov ham ushbu fikriga qo’shiladi va mazkur fikrini quyidagicha isbotlaydi:
- Yer iqlimini hosil qiladigan troposferadagi havo massalarining xossalari Yer yuzasini ta’sirida shakllanadi;
- Yer po’sti landshaftlarning litogen asosini tashkil qiladi.
Mana shu chegarada geografik qobiqning qalinligi quruqlikda 80 km. gacha, o’rta okean suv osti tog’larida esa 20-25 km. ni tashkil qiladi.
Hozirgi paytda geografik qobiqning chegaralarini aniqlashda V.N.Solntsevning fikri kengroq tarqalmoqda. Uning fikricha geografik qobiqda moddalar murakkab ierarxik tuzilishiga ega: mayda atomlardan tortib yirik jismlargacha mavjud2.

Download 26.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling