2. Geografik qobiqning chegaralari. Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari


Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari


Download 26.86 Kb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi26.86 Kb.
#1625947
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu (2)

3. Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari. Geografik qobiq murakkab tizim bo’lib, juda uzoq vaqt davomida shakllanib hozirgi holatini olgan. Uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Geografik qobiq moddiy tarkibining va tuzilishining o’ziga hosiligi va hilma-hilligi. Geografik qobiqda moddalar uch agregat holatda uchraydi (qattiq, suyuq, gaz). Ularning fizik xossalari (zichlik, issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqlik sig’imi, yopishqoqlik, darzlanganlik darajasi, Quyosh nurlarini qaytarish xossasi va x.k) juda katta oraliqlarda o’zgaradi. Moddalarning ximik hossalari turlicha. Bundan tashqari geografik qobiqda moddalar tuzilishiga ko’ra noorganik, organik va aralash turlarga bo’linadi. Moddalarning har bir ajratilgan turi o’z navbatida yana yuzlab va minglab hillarga bo’linib ketadi. Tirik organizimlarning turlari esa 1,5 mln. dan 2 mln. gacha yetadi.
2. Geografik qobiqqa kelayotgan issiqlikning va uning o’zgarishining nihoyatda xilma-xilligi. Geografik qobiqqa issiqlik koinotdan va Yerning ichki qismidan keladi. Ular nihoyatda xilma-xildir. Ularning o’zgarishi ham turlicha. Issiqlik o’zgarishining turlari ichida uni organik modda sifatida to’planishi katta ahamiyatga ega.
3. Yerning sharsimonli Yer yuzasida issiqlikni notekis taqsimlanishiga sabab bo’ladi, bu esa geografik qobiqda muvozanatsizlikni keltirib chiqaradi. Mazkur muvozanatsizlikni kelib chiqishiga Yer yuzasida quruqlik va suvlikni, muzliklar, qor qoplamini, relyefni, murakkab taqsimlanishi ham keltirib chiqaradi.
4. Geografik qobiqning moddiy tizim sifatida rivojlanishi davomida uning tuzilishi murakkablasha borgan, undagi moddalarning turlari va issiqlik gradientlar orta borgan. Geografik qobiq rivojlanishining ma’lum bir bosqischida unda hayot vujudga kelgan. Hayot bu moddiy jism harakatining eng yuqori shaklidir.
5. Geografik qobiqning shakllanishi va rivojlanishida fazoviy omillarning ahamiyati ham ulkandir. Fazoviy omillarga quyidagilar kiradi: Yerning og’irligi, Yerdan Quyoshgacha bo’lgan masofa, Yerning o’z o’qi va Quyosh atrofida aylanish tezligi, magnitosferaning mavjudligi. Magnitosferaning mavjudligi Yer uchun qulay termodinamik sharoitni keltirib chiqaradi. Faqat Yerdagina juda murakkab moddiy tizmining vujudga kelishi uchun qulay sharoit vujudga kelgan.
6. Geografik qobiq mustaqil rivojlanish qobiliyatiga ega. Atmosferaning, okeanning, muzliklarning tarkibi va og’irligi, Yer yuzasida quruqlik va suvlikning taqsimlanishi, turli xil relyef shakllarining joylanishi va qiyofasi juda katta ahamiyatga ega. Chunki ular mustaqil o’lchamlarga ega. Yer yuzasi qanday tabiiy ofatlar natijasida tabiat o’zgarmasin ma’lum vaqt o’tishi bilan asta-sekin qayta tiklanadi.
7. Geografik qobiqning yaxlitligi va bir butunligi. Geografik qobiqqa modda va energiyaning xilma-xil harakati uning hamma qismlarini yaxlit bir butun tizimga bog’laydi. Mazkur tizimning bir qismini o’zgarishi uning boshqa hamma qismlarini o’zgarishiga olib keladi.
4. Geografik qobiqdagi moddalar va ularning xususiyatlari. Geografik qobiqning turli qismlarini kimyoviy tarkibi turlicha. Ammo Olamning bizga ma’lum bo’lgan qismining tarkibi deyarli bir xil, bu yerda atomlarning 93%ni vodorod atomi tashkil qiladi. Yerda esa vodorod va geliy nisbatan kam.
Geografik qobiqdagi moddalarning murakkab kimyoviy tarkibining asosiy sababi uning uzoq vaqt davomida rivojlanishidir. Bunda moddalar kimyoviy tarkibining shakllanishida Quyosh tizimi va Yerning vujudga kelish sharoiti, dastlabki mantiya moddasini gravitatsion va fizik-ximik tabaqalanishi (bu tabaqalanishda Yerning tashqi qobiqlari hosil bo’lgan), geografik qobiqning uzoq davr moboynida rivojlanishi (bunda Yer yuzasida alohida moddalar va elementlar to’planishi sodir bo’ladi) juda muhim ahamiyati ega bo’ladi. Natijada Yer po’stining hozirgi kimyoviy tarkibi shakllandi.
Yer yuzasida kislorod, temir, kremniy, alyuminiy, magniy, kaltsiy, natriy, uglerod, kaliy ko’proq tarqalgan.
Troposferada asosan azot (75-80%), kislorod (20%), karbonat angidrid (1-2%); biosferada kislorod (50-60%), karbonat angidrid (20%), vodorod (10%), azot (10%), litosferada kislorod (50%), karbonat angidrid (5%), vodorod (2,5%), azot (10%); gidrosferada kislorod (70%), karbonat angidrid (0,5%), vodorod (>10%), azot (0,1-0,2%), kremniy (0,2-03%) keng tarqalgan. Magmatik tog’ jinslari tarkibida kislorod (40-50%), karbonat angidrid (2-3%), vodorod (0,5-1%), azot (2-3%), kremniy (30-35%) mavjud3.

Download 26.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling