2. Gidrosiklonlarning tuzilishi va ishlash prinsipi Gravitatsion gidravlik tasniflagich


Gravitatsion gidravlik tasniflagich


Download 24.66 Kb.
bet3/3
Sana31.01.2024
Hajmi24.66 Kb.
#1830059
1   2   3
Bog'liq
Ajratish dastgohlari mexanik va gidravlik-fayllar.org

Gravitatsion gidravlik tasniflagich – tasniflash uskunasi bo`lib, unda
dastlabki mahsulot silindrsimon, konussimon yoki piramidal ko`rinishdagi idishda
tindirish usuli yordamida sinflarga bo`linadi.
Gidravlik kamerali tasniflagich mahsulotlarni gravitatsiya usulida
boyitishdan avval (masalan, boyitish stollaridan) tayyorlovchi tasniflash uchun
keng qo`llaniladi. Tasniflagichlar to`rtta, oltita yoki sakkiz kameradan iborat
bo`lib, ularning har biri turli xildagi oqim tezligini ushlab turadi, bu esa bir nechta
teng tushuvchan sinfdagi mahsulot olishga erishish imkonini beradi.
Gidravlik kamerali tasniflagich (50-rasm) to`rtta kamera 1, dastlabki
mahsulotni berish nuqtasidan sliv yoqasi tomon o`lchami kattalashib boruvchi
spigot 5 dan iborat. Har bir kameraning pastki qismi kesilgan konus 9 ga o`tuvchi
silindrsimon zona 8, tasniflash quvuri 10, suv o`tkazish tarmog’iga ulangan suv
bosimi quvuri 11, sharikli klapan 13 bilan davriy ochib turiladigan cho`qqan
mahsulotni tirqish orqali bo`shatiladigan qabul qiluvchi idish 12 dan iborat.
Sharikli klapin ichi bo`sh val 6 ichi orqali o`tuvchi sterjen 14 ga
mahkamlangan. Yurituvchi val 3 yuritgich 4 orqali harakatlantirilganda har bir
qurtsimon reduktor 2 da joylashga mushtli mexanizm yordamida sterjen klapin
bilan davriy ko`tariladi va bo`shatuvchi teshikni ochadi. Kameraning bo`shatish
teshigini ochish davri turlicha bo`lib, odatda u katta sinf kameralarida tezroq va
mayda sinf kameralari uchun kamroq ochiladi.
Vertikal ichi bo`sh val 6 ning pastki uchida mahsulotni kamerada cho`kib
qolishini bartaraf qiluvchi va mahsulotni aralashtirib turuvchi aralashtirgich 7
mahkamlangan. Aralashtirgich va vertikal val harakatni gorizontal val 3 dan oladi.
Vertikal valning aylanish chastotasi 1,2 min -1
Tasniflagichning har bir kamerasidagi yuqoriga harakatlanuvchi oqim tezligi
bosim ostida beriladigan suv oqimini o`zgartirish orqali tartibga solinadi. Tartibga
solish suv ta`minoti tarmog’i quvuri bilan suv bosimi quvuri 11ulangan joyda
o`rnatilgan raqamli ko`rsatgichli ventil yordamida amalga oshiriladi.
Suv yuboriluvchi quvurdan tangentsial holatda yuboriladi. Natijada yuqoriga
harakatlanuvchi aylanma oqim hosil bo`ladi va u cho`kkan mahsulot orasidagi
mayin zarralarni o`zi bilan yuqoriga olib ketadi. Shuning evaziga cho`kkan
zarrachalarning mayin zarrachalardan tozalanish darajasi ortadi.
Yuqoriga harakatlanuvchi oqim tezligini o`zgartirib, har bir kameradan
chiqarilgan mahsulotning yirikligini tartibga solish mumkin. Cho`kkan mahsulotni
qabul qiluvchi kamera 12 dan chiqarib tashlash doimiy ravishda amalga oshiriladi.
Dastlabki bo`tana tasniflagich vannasining tor oxiriga yuborilishi natijasida
gorizontal oqim paydo bo`lib, u vannaning enli tomonidagi sliv yoqasidan chiqib
ketadi. Mahsulotning yirikligi bo`yicha tasniflanishi vannaning yuqori qismida
gorizontal oqimda sodir bo`lib, oqimning tezligi vanna kengligi yuklovchi qismdan
bo`shatuvchi qism tomon oshib borishi bilan kamayadi. Gorizontal oqim
tezligining pasayishiga qarab, cho`kadigan zarrachalarning o`lchami pasayadi.
Cho`kuvchi mahsulot piramidasimon kameraga tushadi va u yerda aylanuvchi
aralashtirgich yordamida to`xtovsiz aralashtirilib turiladi hamda qo`shimcha
beriladigan suv hosil qiladigan yuqoriga harakatlanuvchi oqim ta`siriga uchraydi.
Har bir bo`lmadagi yuvilgan qum fraktsiyasi konussimon qism orqali bir tekis
tushirib olinadi, mayin zarralar esa sliv bilan oqib chiqib ketadi.
Balandligi 2 m va suv yuzasi maydoni 3 m bo`lgan to`rt bo`linmali
tasniflagichning ish unumdorligi 25 t/soatni tashkil qiladi.
Gidravlik kamerali tasniflagich.
Gidravlik kamerali tasniflagichlarning birqancha turi sanoat miqyosida
ishlab chiqariladi: KG-4, KG -6, KG-8. Ularning mos holda 4, 6, 8 kameralari bor.
Kameralarning kengligi (rejada) mahsulotni yuklash qismidan sliv chegarasi tomon
kengayib boradi. Tasniflagich kamerasining uzunligi tasniflagichning o`lchamiga bog’liq holda 3,7 m dan 7,4 m gacha, balandligi -,8 m dan 4,2 m gacha bo`lishi mumkin.
O`lchami 2 mm dan kichik mahsulot uchun unumdorligi 15 dan 25 t/soat, suvning
sarfi 30÷160 l/min.
Gidravlik kamerali tasniflagichlarning afzalligi – tasniflash jarayonini
sozlash (tartibga solish) ning mumkinligi, cho`kkan mahsulotni avtomatik ravishda sharikli klapin yordamida bo`shatib turilishidan iborat.
 
http://fayllar.org
Download 24.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling