2. Gidrosiklonlarning tuzilishi va ishlash prinsipi Gravitatsion gidravlik tasniflagich
Download 24.66 Kb.
|
Ajratish dastgohlari mexanik va gidravlik-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mexanik spiralli tasniflagich
BO’TANALARNI FAZALARGA (QATTIQ VA SUYUQ) AJRATISH DASTGOHLARI: MEXANIK VA GIDRAVLIK SINFLAGICHLAR (KLASSIFIKATOR). REJA: 1. Mexanik (spiralli) klassifikatorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi 2. Gidrosiklonlarning tuzilishi va ishlash prinsipi 3. Gravitatsion gidravlik tasniflagich Tasniflagich - dastlabki mahsulotni elovchi yuza qo`llamagan holda ikki yoki undan ko`p o`lchamdagi sinflarga ajratish uchun qo`llaniladigan uskunadir. Olib boriladigan tasniflash jarayoni muallaq holdagi yirik va mayda zarrachalarni sokin yoki harakatdagi muhitda erkin bo`lmagan tushish tezliklari farqiga asoslangan. Tasniflagichda bo`tana turli o`lchamdagi ikki yoki undan ko`p mahsulot (fraktsiya)ga bo`linadi. Ikki mahsulotga bo`linganda, katta o`lchamdagi mahsulot qum fraktsiyasi, qisqacha qum deb ataladi va mayda mahsulot sliv deb ataladi. Uch yoki undan ko`p mahsulotga (fraksiyalarga) bo`linish ko`p mahsulotli tasniflagichlarda amalga oshiriladi. Ishlash usuli bo`yicha tasniflagichlar bo`linish gravitatsiya kuchlari ta`siri ostida kechadigan - gravitatsion (piramidali, konusli, elevatorli va skrebkali), va markazdan qochma kuchlar ta`siri ostida bo`linadigan - markazdan qochma (gidrosiklonlar, yoysimon g’alvirlar) ga bo`linadi. Tasniflagichlarning konstruktiv tuzilishiga qarab bo`tananing (yoki qo`shilgan suvning) harakati vertikal, gorizontal, klassifikatorning o`qi bo`ylab yoki spirali bo`ylab berilishi mumkin. Mexanik spiralli tasniflagich (48-rasm) qiya korita 1, koritaning ichiga o`rnatilgan bir yoki ikkita aylanuvchi spiral 3 bilan jihozlangan val 2 dan iborat. Ajralish gorizontal oqimda sodir bo`lib, yirik mahsulot – qumga va mayda mahsulot – slivga ajraladi. Dastlabki mahsulot tasniflagichning pastki qismidan koritaning yon devorida joylashgan qabul qiluvchi cho`ntak orqali yuboriladi. Yirik zarralar (qum) korita tubiga cho`kadi va aylanuvchi spiral bilan tasniflagichning yuqori qismiga bo`shatuvchi tirqish 4 tomon harakatlanadi. Mayin zarrachalar esa bo`tana ko`rinishida sliv yoqasida 5 dan oqib chiqib ketadi. Spiralli tasniflagichlar tuzilishining soddaligi va xizmat ko`rsatishning osonligi, ishlatilishdagi ishonchlilik va yuqori ish unumdorligi bilan ajralib turadi. Spiralning muntazam bir tekis va sokin aylanishi mahsulotni tasniflash uchun qulay sharoitni hosil qilib, yuqori zichlikdagi toza sliv olish imkonini beradi. Spiralli tasniflagichlarning ish unumdorligi ikkita mahsulot bilan aniqlanadi: sliv bo`yicha va qum bo`yicha. Sliv bo`yicha unumdorlik, t/sut, quyidagi empirik formula bilan aniqlanadi: yuqori sliv yoqasi (porog) ga ega tasniflagichlar uchun Spirali botgan tasniflagichlar uchun bu yerda m - tasniflagich spirallarining soni; k - sliv o`lchamiga bog’liq koeffitsient (yuqori sliv yoqasi (porog) ga ega tasniflagichlar uchun k 0,46÷1,95, spirali botgan tasniflagichlar uchun k 1 = 0,36÷2,9); k 2 - sliv zichligiga bog’liq koeffitsient (k 2 = 1,9 ÷ 1); D - spiral diametri, m. Qum bo`yicha unumdorligi, t/sut, quyidagi formula bilan aniqlanadi: 135 3 2 n D mk Q (5.13) bu yerda n - spiralning aylanish tezligi, min Ishlab chiqaruvchi zavodlar diametri 0,3 dan 3 m gacha va koritasining uzunligi 2,9 dan 15,1 m gacha bo`lgan spiralli tasniflagichlar ishlab chiqaradi. Download 24.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling