2. Golografiya prinspi va uning qo’llanilishi
Download 362.61 Kb. Pdf ko'rish
|
fizika2 mustqilish2 Sarvar
E
f k A Д Yuqori kuchlanish texnikasi materiallarining elektr pishiqligi yuqori, elektr nobudligi va elektr o‗tkazuvchanligi oz, namga chidamli bo‗lishi shart va ularda elektr nobudligi mumkin qadar kam bo‗lishi lozim. Past kuchlanishli texnikasida ishlatiladigan materiallarga turlicha talablar qo‗yiladi. Eng asosiy talablaridan biri shuki, vaqt o‗tishi bilan ularning xossalari o‗zgarmasligi lozim. Shuningdek, ular eskirmasligi lozim. Amaliyotda tovar sifatida qo‗llaniladigan izolyatsion mayetriallar klassifikatsiyasini ko‗rib chiqamiz. Organik elektr izolyatsion materiallar. Uglerod birikmalaridan tuzilgan moddalar izolyatsion material ravishida ko‗p ishlatiladi. Bunday organik dielektriklar suyuq, yopishqoq, mumsimon, qattiq bo‗lishi mumkin. Suyuq izolyatsion materiallar uch xil bo‗ladi: neft moyi; sintetik suyuqliklar; o‗simlik moylari. Neft moylaridan keng iste‘mol etiladigan – transformotor moyidir. Kabel va kondensator sanoatida ishlatiladigan neft moylari kabel va kondensator moyi deb aytiladi. Texnikada ishlatiladigan mumsimon dielektriklar oson eriydigan moddalardan iborat. Ular uncha pishiq bo‗lmasa ham namlikka yaxshi chidaydi. Asalari mumi, o‗simlik mumi, mumsimon moddalar shular jumlasidandir. Ular turli materiallarga shimdirish va mumlash uchun ishlatiladi. Tabiiy va sintetik smolalar ham dielektriklardir. Tabiiy smolalar ba‘zi hayvon yoki o‗simliklardan olinadi (shellak, kanifol, kopal). Polietilen, polistirol, organik shisha – sintetik smolalardir. Organik materiallardan yog‗och (tabiiy material), qog‗oz, karton, fibra va turli gazmollar (tekistil materiallar) tovar sifatida ishlab chiqarib ko‗p ishlatiladi. Texnikada va xalq xo‗jaligining turli tarmoqlarida plastik massalar (plastmassalar, plastiklar) keng ishlatiladi. Ular tashqi ta‘sir ostida qolip shaklini olishi mumkin. Natijada juda ham murakkab shakldagi buyumlarni presslab tayyorlasa bo‗ladi. Texnikada va turmushda kauchuk va unga yaqin moddalardan ishlangan materiallar ko‗p tarqalgan. Bu materiallar juda ham elastik bo‗ladi. Amaliyotda tovar sifatida ishlab chiqarilgan elektr izolyatsion materiallar – kabellar. Havo kirmaydigan – chiqmaydigan qilib izolyatsiyalangan bir yoki bir necha sim eshimi kabel deb ataladi. Kabellar elektr energiyasi uzatiladigan kuch kabeli, aloqa kabeli va radiochastota kabeli kabi turlarga bo‗linib, ular yer yoki suv ostidan elektr, telefon yoki telegraf liniyalarini o‗tkazish uchun ishlatiladi. Telefon orqali so‗zlashuvlarni, telegrammalarni, fototasvirlarni va boshqa axborotlarni uzatishga mo‗ljallangan kabel aloqa kabeli deyiladi. Aholi zich joylashgan joylarda, sanoat korxonalari territoriyalarida elektr uzatish liniyalari yer ostidan o‗tkaziladi. Bu maqsadda kabellardan foydalaniladi. Solishtirma elektr qarshiligi metallarnikiga nisbatan katta, dielektriklarnikiga nisbatan kichik bo‗lgan moddalar yarim o‗tkazgichlar deyiladi. Yarim o‗tkazgichning yadro bilan kuchsiziroq bog‗langan elektronlari tashqi temperatura, yorug‗lik yoki elektr maydon ta‘sirida yadrodan uzoqlashib, erkin elektronlarga aylanishi mumkin. Agar kristall holdagi yarim o‗tkazgichga boshqa valentli element qo‗shilib, uning kovalent bog‗lanishi buzilsa, masalan to‗rt valentli germaniy kristaliga besh valentli surma kiritilsa, ikkala elementning to‗rt juft valentli elektronlaridan kovalent bog‗lanishlar hosil bo‗lib, surmaning yadro bilan kuchsiz bog‗langan beshinchi elektroni erkin holatga o‗tadi. Natijada elektron o‗tkazuvchanlik paydo bo‗ladi. Biror elementga qo‗shilganda erkin elektronlar hosil qiluvchi element, masalan, surma donor deyiladi, donor qo‗shilgan element esa, n – tipli yarim o‗tkazgich deyiladi (1a- rasm). b) Endi, masalan, germaniyga oz miqdorda uch valentli element – indiy kiritaylik. Indiyning har bir atomi o‗zining tashqi elektronlari bilan, germaniyning uchta qo‗shni atomlari bilan mustahkam bog‗lanadi. Germaniyning to‗rtinchi atomi bilan bog‗lanish mustahkam bo‗lmaydi, chunki indiyda to‗rtinchi tashqi elektron yo‗q (1b-rasm). Shuning uchun kiritilgan indiyning har bir atomi yarim o‗tkazgichda bittadan teshik hosil qiladi. Natijada germaniy teshiklar bilan boyiydi. Unda aralashmali teshikli o‗tkazuvchanlik asosiy bo‗lib qoladi. Biror elementga qo‗shilganda teshik o‗tkazuvchanligi hosil qiluvchi element, masalan indiy akseptor deyiladi, akseptor qo‗shilgan element esa, p – tipli yarim Ge Ge Ge Ge Sb In Ge Ge Ge Ge 1-расм o‗tkazgich deyiladi. Agar germaniy, kremniy, selen kabi yarim o‗tkazgich kristalining bir tomoniga donorli, ikkinchi tomoniga akseptorli element kiritilsa ventil xususiyatiga ega bo‗lgan p – n tipli yarim o‗tkazgich hosil bo‗ladi. Bunday yarim o‗tkazgich tok manbaiga to‗g‗ri sxemada ulansa, p- n o‗tish qarshiligi juda kichik, teskari ulanganida esa, juda katta bo‗ladi. Yarim o‗tkazgichning bu muhim xususiyatidan elektrotexnika, elektronika va avtomatikada keng foydalaniladi. n- va p – tipli ikkita yarim o‗tkazgichni, masalan, germaniy bilan kremniyni bir-biriga payvandlab hosil qilgan ikki elektrodli, ventil xususiyatli asbob yarim o‗tkazgichli diod deyiladi. Bu elementlarning o‗zaro birikkan qismida ro‗y beradigan diffuziya hodisasi tufayli elektronlar n – tipli elementdan p – tipli element tomon, teshiklar esa p – tiplidan n – tipli tomon siljib, elektron va teshiklardan iborat yupqa qatlam hosil bo‗ladi. Bu qatlam paydo bo‗lishi bilan uning elektr maydoni ta‘sirida diffuziya jarayoni o‗z-o‗zidan to‗xtaydi. Shu sababli bunday qatlam berkituvchi qatlam yoki p-n o‗tish deb yuritiladi. 2a-rasmda p-n qatlamning tuzilishi, 2b-rasmda uning tok manbaiga to‗g‗ri, 2v-rasmda esa teskari ulanish sxemasi ko‗rsatilgan. p n A K A K a) + - - + + + + + + + - + - - - - - + + + + + + + - - - - - - + + + + + + - + - - - - - p - + n - + + - + - p - + n - + + - + - v) A – Anod; K – Katod. 2-rasm. Teskari ulanishda teshik va elektronlar tok manbaining turli qutblari tomon tortilishi sababli, to‗siq juda katta qarshilikka ega bo‗lib, undan o‗tadigan tok juda kichik, to‗g‗ri ulanishda esa, aksincha bo‗ladi. Demak, p-n qatlam bir tomonlama o‗tkazish, ya‘ni ventil xususiyatiga ega bo‗ladi. Shu sababli yarim o‗tkazgichli dioddan o‗zgaruvchan tokni o‗zgarmas tokka aylantirishda keng foydalaniladi. Elektr signallarini o‗zgartirish va kuchaytirish uchun xizmat qiladigan ikkita p-n qatlamli yarim o‗tkazgichli diodlardan iborat asbob tranzistor deyiladi. Tranzistor asosan germaniy va uning qarama-qarshi tomonlariga payvandlangan indiy elementlaridan hosil qilinadi. 3a-rasmda p-n-p tipli tranzistorning tuzilishi, 3b-rasmda uning ulanish sxemasi va 3v-rasmda shartli belgisi ko‗rsatilgan. Tranzistorning emitter va baza deb ataladigan elektrodlari, ya‘ni p-n qatlamdan iborat birinchi diodi tok manbaiga to‗g‗ri, kollektor va baza elektrodlari orasidagi ikkinchi diodi esa, teskari sxemalarda ulanadi. Tranzistorning kirishiga berilgan signal uning chiqishidan bir necha ming marta kuchaytirib olinishi mumkin. Hozirgi zamon texnikasida tranzistorlar nihoyatda keng qo‗llaniladi. Ular ilmiy sohada, sanoatda va turmushda ishlatiladigan qurilmalarning ko‗p elektr zanjirlarida elektron lampalarning o‗rnini bosadi. Bunday asboblar ishlatilgan ixcham radiopriyemniklarni odamlar ―tranzistorlar‖ deyishadi. Yarim o‗tkazgichli diodlar va triodlarning o‗lchamlari juda kichik bo‗lishi mumkin, ularni qizitish (cho‗g‗lantirish) kerak emas, tuzilishi sodda, mexanik jihatdan mustahkam, ishlash muddatlari uzoq. Shuning uchun elektron lampalar bilan muvoffaqiyatli bellasha oladi. Yarim o‗tkazgichlarning elektr qarshiligi temperaturaga ko‗p darajada bog‗liq. Yarim o‗tkazgichlarning bu xossasidan temperaturani o‗lchashda foydalaniladi. Bu asboblar termistorlar yoki termorezistorlar deb ataladi. Ko‗pchilik termistorlar 170570 K gacha oraliqdagi temperaturani o‗lchaydi. Biroq juda yuqori (≈ 1300 K) temperaturalarni va juda past (≈ 480 K) temperaturalarni o‗lchaydigan termistorlar ham bor. Emitter Baza Kollektor p – n – p 1 2 3 Download 362.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling